calendar 14 May 14:34
eye 65
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Samarqandda 5 yashar bola kamyob kasallikdan vafot etdi

image

Bugun, 13 may kuni Samarqand viloyatida o‘tkir osti sklerozlashgan panensefalit kasalligiga chalingan 5 yoshli bola – Azimjonov Umarbek vafot etdi. Bu haqda bolaning ota-onasi QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Xabar berishlaricha, bolakay 2019 yilning may oyida Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida sog‘lom holatda dunyoga kelgan. 2024 yilning fevral oyida qizamiq asorati tufayli kelib chiquvchi o‘tkir osti sklerozlashgan panensefalit (SSPE) xastaligiga chalingan.

Ma’lumot o‘rnida, SSPE qizamiq yoki qizilcha kasalligidan qolgan asoratlar tufayli yuzaga keladigan miya kasalligidir. Bemorda to‘xtovsiz sudurgi, mushaklar tortishishi yoki bo‘shashishi kuzatiladi. Uning oldini olishning yagona samarali usuli qizamiqqa qarshi emlashdir. O‘zbekistonda bolalar 1 yoshdan qizamiqqa qarshi emlanadi, ammo ko‘p hollarda bolalar 1 yoshga to‘lmasidan qizamiq kasaliga chalinmoqda. Shu boisdan, O‘zbekistonda SSPE'ga chalinish holati so‘nggi yillarda avj olgan (Bu haqda keyinroq QALAMPIR.UZ’ning maxsus reportajini tomosha qiling).

QALAMPIR.UZ saytiga kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda SSPE bilan kasallangan bolalar soni 100 ga yaqinlashgan. AQSH va G‘arbiy Yevropada esa bolalarni qizamiqqa qarshi erta emlash (2 oyligida emlanadi) tufayli SSPE kasalligi juda kam uchraydi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 13:56
 
58
0
qalampir.uz

Samarqandda Labo maktab o‘quvchisini urib yubordi. Bola vafot etdi (video)

Samarqand viloyatida Labo haydovchisi maktab o‘quvchisini urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. Qayd etilishicha, voqea 23 iyul kuni soat 14:00 atrofida “Saxovat” MFY hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda sodir bo‘lgan. Labo rusumli avtomashina haydovchisi yo‘lning qatnov qismidan harakatlanib kelayotgan voyaga yetmagan velosipedchini urib yuborib, YTH sodir etgan.  Oqibatda velosipedchi tan jaroha

11 Aug 03:43
 
21
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozogʻiston Respublikasiga davlat tashrifi va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammiti doirasidagi tadbirlar yakunlandi.Tashrif dasturiga muvofiq, Ostona shahrida Oʻzbekiston va Qozogʻiston yetakchilari tor doirada uchrashuv va Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisini oʻtkazdilar. Ikki tomonlama hujjatlar toʻplami qabul qilindi. Qoʻshma loyihalarni ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi.Qozogʻiston Prezidenti Qas

26 Jul 10:21
 
35
0
xs.uz

Aralash saylov tizimi – siyosiy partiyalar faolligining oʻziga xos drayveri

MushohadaJamiyatimizda mafkuraviy xilmaxillik, koʻp fikrlilik shakllanib borayotgani sababli siyosiy partiyalar oʻrtasida ham oʻziga xos bahs-munozaralar kechmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 5 ta siyosiy partiya boʻlib, ular tomonidan samarali ishlar olib borilyapti. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 22-avgustda yurtimizda faoliyat koʻrsatayotgan siyosiy partiyalar rahbarlari bilan uchrashuvda 'Har qanday siyosiy partiya zamon bilan hamnafas boʻlib, uning oʻtkir talablari

19 Aug 07:03
 
21
0
xs.uz

Sanepidqoʻmita Oʻzbekistonda maymunchechak virusiga qarshi choralar koʻrilayotganini bildirdi

Unga koʻra, Oʻzbekistonda kasallikka chalinganlikda gumon qilinadigan holatlarda laboratoriya tashxislanishini oʻtkazish uchun bojxonalardagi va virusologiya ilmiy tekshirish institutidagi virusologiya mutaxassislari qayta tayyorgarlikdan oʻtkazilgan. Shuningdek, maymun chechagi kasalligini tashxislash uchun zarur boʻladigan diagnostika va test sistemalarini olib kelish yuzasidan ishlar yoʻlga qoʻyilgan.'Bizda 2023-yilda berilgan test sistemasi ham mavjud. Undan foydalanish yuzasidan maʼ