Bugun, 13 may kuni "Hizbulloh" harakatining Livan janubidan tankga qarshi raketalar orqali Isroilga bergan zarbasi oqibatida 4 nafar askar jarohat oldi. Bu haqda "The Times of Israel" nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu hujumda yaralangan sionist askarlari shifoxonaga joylashtirilgan. Ulardan uch nafarining ahvoli yaxshi, biriniki esa og‘irligi aytilmoqda. "Hizbulloh" ham ushbu hujumni tasdiqlagan.
Nashrning yozishicha, harakat mamlakat hududiga uchuvchisiz uchoqlar yordamida ham zarba bergan. Ayni paytda ushbu hujum qaytarilgan.
Ma’lumot uchun, Livan qurolli guruhi G‘azodagi Falastin xalqiga birdamlik sifatida 8 oktyabrdan beri SAXALga qarshi kurash olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant Livan janubidagi “Hizbulloh” qo‘mondonlarining yarmi yo‘q qilinganini ma’lum qilgandi.