calendar 10 May 13:32
eye 47
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mushakbozlik bo‘ladi

image

Bugun, 9 may kuni Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkentdagi "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida mushakbozlik uyushtiriladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mushakbozlik bugun soat 21:00da tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq, 8 may kuni poytaxtdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida joylashgan “Matonat madhiyasi” monumentiga hamda 9 may kuni Xotira maydonida joylashgan “Motamsaro ona” monumentiga, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlaridagi “Motamsaro ona” monumentlari poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimlari o‘tkazilishi ma’lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 8 may kuni Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaga hissa qo‘shgan barcha urush va front orti mehnat faxriylariga ehtirom ko‘rsatish maqsadida Toshkent shahrining asosiy ko‘chalarida Mudofaa vazirligi qo‘shinlari harbiy bo‘linmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari tashkil etilishi aytilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
2
0
qalampir.uz

FVV quyosh urishidan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi kunlar keskin isib ketishi sababli yuz berishi mumkin bo‘lgan quyosh urishi holatlaridan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Ma’lumki, ob-havoning keskin isib ketishi ayniqsa bolalar, qariyalar va bemorlarga og‘ir ta’sir qiladi. Hatto sog‘lom odamlar ham ba’zi bir qoidalarga rioya etishlariga to‘g‘ri keladi. Quyosh urishi ochiq havoda to‘g‘ri tushadigan quyosh nurlari ostida sodir bo‘ladi, lekin issiq ta’sir qilgandan so‘ng 6-8

11 Jun 18:07
 
66
0
qalampir.uz

Toshkentdagi avtoservisda yong‘in bo‘ldi (video)

Bugun, 11 iyun kuni Toshkent shahridagi avtoservisda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar FVB xabar berdi. Bildirilishicha, soat 13:24 da Toshkent shahrining Sergeli tumani 6a-dahasidagi avtosalon oldida joylashgan avtoservisda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:33 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:44 da qurshab olingan va soat 13:51 da o‘chirilgan. Yong‘in

23 Jul 10:46
 
23
0
xs.uz

Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari eʼlon qilindi

Maʼlum qilinishicha, 7-iyul kuni oʻtkazilgan 1-bosqich imtihon natijalarini Kembrij taʼlim tashkiloti rejalashtirilgan vaqtdan oldinroq eʼlon qildi. Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali koʻrish mumkin: presidential-schools-pre-selection-results-July-2024Shuningdek, 'portal.piima.uz' saytining 'Qabul 2024' boʻlimi 'Natijalar' oynasidan 'Prezident maktabi natijalari' boʻlimida ID raqamni kiritish orqali ham natijalarni b

22 Jul 18:27
 
27
0
qalampir.uz

Dollarning rasmiy kursi pastladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 23 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 17,00 so‘mga pastladi va 12 593,04 so‘mni tashkil qildi. Shu bilan birga, Yevro kursi ham 4,64 so‘mga arzonlab, 13 716,34 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa, aksincha, 0,54 so‘mga yuqorilab, 143,82 so‘mni tashkil etdi.