calendar 10 May 13:31
eye 41
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mahmud Murodovning UFC'dan ketishi sabablari ochiqlandi

image

O‘zbekistonlik sobiq UFC jangchisi Mahmud Murodov oxirgi janglarini bekor qilgani bois tashkilotdan chetlatilgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, promoushen tomonidan Murodovga beriladigan gonorar tashkilotning ko‘p yillik a’zolariga va mashhur jangchilarga to‘lanadi. Oxirgi paytlarda Murodov mashhurroq jangchilarga qarshi bahslarni turli sabablarga ko‘ra bekor qilavergani bois, tashkilot uni a’zolikdan chetlatgan, biroq Murodov promoushenda yaxshigina nomga ega bo‘lgani uchun keyinchalik UFC uni yana o‘z jangchilari qatoriga qo‘shishi mumkin.

Qayd etilishicha, Murodov keyinchalik yana UFC'ga qabul qilinsa, uning gonorari hozirgiday mo‘maygina bo‘lmasligi ehtimoli yuqori, chunki tashkilot unga dastlab nomdor sportchilarga qarshi jang bermasligi mumkin.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli Mahmud Murodov 2019 yilda UFC'ga qo‘shilgan. U tashkilotda jami 7 ta jang o‘tkazib, to‘qnashuvlardan 4 tasida g‘alaba qozongan, 2 ta bahsda esa imkoniyatni boy bergan. Murodov ishtirokidagi 1 ta jang esa o‘tkazilmagan, deb qayd etilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Aug 07:04
 
29
0
xs.uz

Messi maydonga tushmagan oʻyinda “Inter Mayami” AQSH liga kubogini tark etdi

MLSning amaldagi chempioni 'Kolambus Kryu' va Lionel Messi yetakchiligidagi 'Inter Mayami' oʻrtasidagi Liga kubogi 1/8 finali oʻyini yakunlandi. Uchrashuv 3:2 hisobida mezbonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa, 'Kolambus Kryu' turnirning chorak finaliga chiqdi.Oʻyinda mezbonlar hujumchisi Diyego Rossi dubl qayd etdi. Yana bir golni Kristian Ramires kiritdi. 'Inter Mayami' safida Matias Roxas va Diyego Gomes gol urdi, urugvaylik hujumchi Luis Suares esa golli uzatmani amalga oshird

11 Jul 15:12
 
79
0
xs.uz

Shaxmatda yangi “Magnus Karlsen” paydo boʻldi

Britaniyalik toʻqqiz yoshli Itan Pang shaxmatda aql bovar qilmaydigan marraga erishdi. U 2200 reyting toʻsigʻini bosib oʻtib, 'CM' unvonini qoʻlga kiritgan eng yosh oʻyinchiga aylandi. Bu haqda 'Chess.com' xabar berdi.'Westminster Under School' talabasi Itanning shaxmat olamidagi tez oʻsishi bor-yoʻgʻi uchta turnirda 334 reyting ochkosi toʻplaganligi bilan qoʻsha oldi. Itanning soʻnggi muvaffaqiyati iyun oyida EACU okrugi jamoasi chempionatida 3/4 ball toʻplash va 2493 reytingli IM

29 Jul 15:38
 
41
0
xs.uz

Ruslan Abdullayev meksikalik bokschiga imkoniyat qoldirmadi

Qayd etish kerakki, boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Ruslan Abdullayev ham Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli start oldi.-63,5 kg vazn toifasida ilk jangini oʻtkazgan Abdullayev meksikalik Migel Ramiresni katta ustunlik bilan magʻlub etdi. Shu tariqa sportchimiz chorak finalga yoʻl oldi. Endi u 1-avgust kuni yarim final yoʻllanmasi uchun ringga koʻtariladi.Avvalroq, oʻzbekistonlik sportchilar juftligi akademik eshkak eshish boʻyicha finalda ishtirok eta