calendar 10 May 13:30
eye 64
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda uyushtirilgan avtopoygada bir kishi halok bo‘ldi

image

Kecha, 9 may kuni soat 17:00 larda Toshkent shahrining Sergeli tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.

Hodisa tumanning Qumariq ko‘chasida joylashgan Avtotuning ustaxonasi qarshisida sodir bo‘lgan. 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi Kia rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, 1997 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari  tufayli shifoxonaga olib borilganda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa mazkur yo‘l-transport hodisasi tasvirlangan videolar tarqalmoqda. Unda ikkita avtomobil poyga uyushtirib, yuqori tezlikda harakatlanib ketayotganini, mashinalardan biri bir erkakni urib yuborganini ko‘rish mumkin.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

28 Feb 01:19
 
26
0
xs.uz

Gʻarb Trampning Yevropani vayron qilishidan qoʻrqmoqda

AQSH prezidenti Donald Tramp tashqi siyosati bilan Yevropani vayron qiladi. Bu haqda 'The New York Times' xalqaro munosabatlar boʻyicha ekspertlarga tayanib yozmoqda.'Tramp Ukrainadan boshlab Yevropani yoʻq qilish niyatida ekanligiga shubha yoʻq. Oʻta oʻngchilarning kuchayishi Yevropa Ittifoqini yoʻq qilish maqsadiga erishishda muhim rol oʻynaydi', deydi Italiyaning 'Istituto Affari Internazionali' tahlil markazi direktori Natali Tocci.Ekspertning fikricha, Trampning intilishlariga sabab,

06 Mar 16:12
 
23
0
xs.uz

2050-yilga borib 2,5 milliard nafar yoshlar eshitish qobiliyatini yoʻqotishi mumkin

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili B.Berdiklichevning maʼlum qilishicha, keyingi 25-yil davomida 2,5 milliard nafarga yaqin yoshlar maʼlum darajada eshitish qobiliyatidan aziyat chekishi taxmin qilinmoqda. Bu haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlum qildi.Xabarda aytilishicha, eshitish qobiliyatining yomonlashuvi haddan ortiq baland tovushli musiqa tinglash ortidan kelib chiqishi mumkin.'Haddan ortiq baland tovush quloqni qomatga keltirishi maʼlum. Xuddi shunday, mu

06 Mar 16:12
 
31
0
xs.uz

Zelenskiy keyingi hafta Tramp bilan uchrashishni reja qilmoqda, biroq endi yolgʻiz bormoqchi emas

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron hamda Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy kelasi haftada Tramp bilan uchrashish uchun AQShga borishni reja qilishmoqda. Bu haqida 'The Kiyiv Independent' nashri maʼlumot berdi.Nashrning xabar berishicha, ushbu tashrifning asosiy maqsadi 'umumiy front' sifatida harakat qilish hamda Ukrainadagi urushni tugatish boʻyicha qoʻshma rejani taqdim etishdan iborat hisoblanadi.Maʼlumotlarga koʻra, Starmer hamda Makron Yevr

09 Mar 06:34
 
17
0
xs.uz

Quchoqlashish, suratga tushish... Yevropa Ittifoqi davlatlari favqulodda sammitda Zelenskiyga nimalarni vaʼda qildi?

Yevropa Ittifoqi (YI) davlatlari Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilish uchun yana bir bor yigʻilishdi, biroq deyarli barcha vaqtlarini mudofaa qobiliyatini qanday mustahkamlashni muhokama qilishga sarflashdi. 'Politico' jurnalistlarining xabar berishicha, Kiyevga yordam berish uchun AQSH va ayniqsa, uning razvedkasi oʻrnini bosa oladimi, degan savolga Yevropa yetakchilari oʻlik sukut bilan javob berishgan. Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Yevropa Ittifoqida pul yoʻqligini aytib, shuning uch