calendar 10 May 13:30
eye 37
comments 0
comments Manba: postda.uz

Kasb fidoyisi: Uning ham hissasi bor

image

Mirobod tumani IIOFMB 3-sonli IIB navbatchilik qismi katta inspektor navbatchisi, kapitan Farruh Xudoyqulov xizmat vazifasini bajarayotgan chogʻda telefon jiringladi. Shu payt taxminan soat 17:51 lar atrofi edi. “Zaminobod” mahallasi Qizil Arvat koʻchasida istiqomat qiluvchi P.J. ismli ayol uyida ishlagan usta isitish katyolini oʻgʻirlab ketganligi toʻgʻrisida xabar berdi.

Xodim zudlik bilan voqea joyiga tergov-tezkor guruhini yoʻnaltiradi. Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida gumonlanuvchi qoʻlga olinadi, jinoyat “issiq izida” fosh etiladi. Qahramonimiz shunga oʻxshagan koʻplab huquqbuzarlik va jinoyatlarning ochilishida oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.

U 1989-yilda tavallud topgan. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan. Ichki ishlar organlaridagi faoliyatini esa 2018-yilda Mirobod tumanidagi “Tong yulduzi” mahallasida profilaktika inspektorligidan boshagan. Hozirgi vazifasida 2022-yildan buyon faoliyat olib bormoqda. Oilali, ikki nafar farzandi bor.

Sarvar SOBIROV,

oʻz muxbirimiz.

Toshkent shahri .


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 16:17
 
18
0
xs.uz

Birvarakayiga dollar yevro va rubl kursi pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'9,03'soʻmga tushdi va'12 778,00'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'36,76'soʻmga tushib,'14'012,35'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'1,47'soʻmga pastlab,'131,58'soʻmni tashkil qildi.

09 Oct 12:40
 
23
0
xs.uz

Fuqarolar kredit olishni oʻz-oʻziga taqiqlashi mumkin boʻladi

Kredit-axborot tahliliy markazi portalida fuqarolar tomonidan oʻziga oʻzi kredit olishni taqiqlash imkoni joriy qilindi. Bu oʻzgalar nomiga kredit oluvchi kiberjinoyatchilardan himoyalanish imkonini beradi.Mazkur xizmat yoqib qoʻyilsa, hech kim (kredit-moliya tashkilotlari) fuqaroning kredit tarixi bilan bogʻliq maʼlumotlarini ololmaydi. Natijada kredit tashkilotlari fuqaroning kredit tarixini onlayn oʻrgana olmaydi va kredit ajratish imkonsiz boʻlib qoladi.Xizmatdan foydalanish uchun Kr

25 Sep 13:14
 
27
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'7,44'soʻmga oshdi va'12 754,83'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'44,08'soʻmga koʻtarilib,'14'202,50'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,06'soʻmga pastlab,'137,21'soʻmni tashkil qildi.

20 Sep 00:22
 
40
0
xs.uz

“Mikrokreditbank” ATBning 94 nafar boshqaruv xodimi 96 ta tadbirkorlik subyektida taʼsischi sifatida roʻyxatdan oʻtgani maʼlum boʻldi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va tashkilotlar xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish holatlari yuzasidan navbatdagi oʻrganishlar oʻtkazildi.'Mikrokreditbank' ATB, 'Biznesni rivojlantirish banki' ATB hamda 'Turonbank' ATB va ularning tizim tashkilotlari oʻrganilganda ularning 148 nafar boshqaruv xodimi 155 ta tadbirkorlik subyektida taʼsischilik asosida faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlandi.Jumladan, 'Mikrokr