calendar 11 Apr 13:59
eye 63
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ramazon hayiti munosabati bilan 426 nafar mahbus afv etildi

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Muborak Ramazon hayitini nishonlash arafasida “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati maelum qildi.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 426 nafar shaxs afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 135 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 200 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan, 26 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirilgan. Shuningdek, 65 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirilgan.

Afv etilganlarning 11 nafarini chet el fuqarolari, 50 nafarini ayol, 13 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 157 nafarini yoshlar (shulardan, 3 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 5 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Ramazon oyidagi "Qadr kechasi" munosabati bilan 356 nafar mahbusni afv etgan edi.

Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:53
 
25
0
xs.uz

Ulugʻ daryo

Koʻz oʻngimizdagi oʻzgarishlar1Qashqadaryo...Qadimiy Qashqa vohasining Shimoli-Sharqidan to Janubi-Gʻarbiga qadar choʻzilgan; togʻ-u toshlar, oʻr-u qirlar, dasht-u dalalar quchogʻida shamshirdek yaltirab yotgan joʻshqin daryo.Ilk qudratni Hisor tizma togʻlarining qorli choʻqqilaridan olguvchi bu nahri nodir Hazratiboshir qishlogʻiga yetganida Jinnidaryo, Tanxozdaryo, Langardaryo, Uradaryo, Qumdaryo, Huzordaryoga, yanayam quyiroqqa enganidan keyin esa Shoʻrobsoy, Makridsoy, Oyoqchiso

27 Jan 00:53
 
28
0
xs.uz

Bilasizmi: yovvoyi hayvonlarni noqonuniy saqlasangiz, qancha jarima toʻlaysiz?

Endilikda yovvoyi hayvonlarni noqonuniy saqlaganlik uchun qariyb 19 million soʻm miqdorida jarima belgilanishi mumkin. Yuz bergan holatga qarab jarima miqdori BHMning 5 baravaridan 50 baravarigacha belgilanadi.Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-1019-son, 16.01.2025-y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.Unga koʻra, yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi ha

31 Jan 15:20
 
22
0
xs.uz

Intiluvchan yigit qay tariqa niyatiga yetdi?

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Vobkentdagi kasb-hunar kollejini tugatgan Abdurahmon Ahmedov zarurat yuzasidan savdo doʻkonlariga kirar ekan, peshtaxtalar xorijiy mahsulotlar bilan toʻlaligini koʻrib, oʻz-oʻziga 'Nahotki, bolalar oʻyinchoqlari, qoʻyingki, oddiy paypoqni ham oʻzimizda ishlab chiqarish imkoni boʻlmasa?' deya savol berardi.Unda shu tariqa qishloqda paypoq ishlab chiqaradigan chogʻroq korxona ochish niyati tugʻildi. Maqsad-ku yaxshi. Ammo uni roʻyobga chiqarish anoyi ish

31 Jan 15:20
 
26
0
xs.uz

Farosatida nuqsoni borlarni jazolash orqali jamiyatni oʻzgarishiga hissa qoʻshmoqchimiz — Alisher Qodirov

Alisher Qodirov uni haqorat qilayotganlarni javobgarlikka torttirmoqchi. Deputat 23-yanvar kuni oʻzining Telegram kanalida qoldirgan xabari tufayli keng jamoatchilikning eʼtirozlariga sabab boʻlgan edi.'Gaz qimmat resurs, 1 kub gazdan 10 ga yaqin yuqori qiymatli, eksportbop mahsulot ishlab chiqarish, xorijga sotish va uning puliga millionlab qorakoʻzlarimizga ish oʻrni yaratish mumkin. Tilla qatori milliardlab kub gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oq