Yaponiyada Space One xususiy kompaniyasi tomonidan birinchi sun’iy yo‘ldosh uchirilishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda mamlakat mahalliy nashrlari xabar berdi.
Bugun, 13 mart kuni Yaponiya g‘arbidagi Vakayama prefekturasidagi xususiy Space Port Kii uchirish maydonida 18 metrlik Kairos raketasi uchirilganidan ko‘p o‘tmay portlagan. Raketa parchalari uchish joyiga yaqin tushgan va kuchli yong‘in chiqqan.
"Birinchi Kairos raketasining uchirilishi amalga oshirildi, ammo biz parvozni to‘xtatish choralarini ko‘rdik", deya tushuntirish bergan Space One kompaniyasi.
Missiyaning muvaffaqiyatsizligi sabablarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning yanvar oyida Shimoliy Koreya yangi turdagi “Pulxvasal-3-31” qanotli strategik raketasini ilk sinovdan o‘tkazgandi.