calendar 11 Apr 13:56
eye 67
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Turkiya Isroilga 54 turdagi tovarlarni eksport qilishni to‘xtatdi

image

Turkiya Sanoat va savdo vazirligi G‘azo sektorida harbiy harakatlar to‘xtatilib, anklav aholisining gumanitar yordamdan foydalanishini ta’minlagunga qadar Isroilga 54 toifadagi tovarlar eksportiga cheklovlar joriy qildi. Eksport cheklovlari bugun, 9 aprel kunidan kuchga kirdi. Bu haqda Turkiyaning “Hurriyet” gazetasi xabar berdi.

Cheklovlar turli po‘lat va alyuminiy mahsulotlari, elektr kabellari, bo‘yoqlar, laklar, aviatsiya yoqilg‘isi, moylar, ayrim turdagi o‘g‘itlar va sanoat uskunalari eksportiga taalluqlidir. Ro‘yxatga metall buyumlar, optik tolali kabellar, qurilish materiallari ham kiritilgan.

Belgilangan cheklovlar G‘azo sektorida o‘t ochish to‘xtagunga qadar amal qiladi. Vazirlikning bildirishicha, Isroilning anklavdagi harakatlari bilan bog‘liq holda BMTning uchta rezolyutsiyasi va Xalqaro sudning bir qarori qabul qilingan, ular majburiydir.

Isroil Tashqi ishlar vaziri Israel Kats esa Turkiyani yahudiy davlati bilan savdo kelishuvlarini buzayotganlikda, mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni esa HAMAS harakati uchun iqtisodiy manfaatlarni qurbon qilishda aybladi.

Isroil Tashqi ishlar vaziri “Turkiyaga sarmoya kiritishni to‘xtatish” va “Turkiyadan mahsulot olib kirilishiga yo‘l qo‘ymaslik” masalalari bo‘yicha Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi bir qator tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatishga ko‘rsatma berganini ma’lum qildi va Amerika Kongressidagi “do‘stlari”dan Isroilni boykot qilish bo‘yicha qonunlarning buzilishini o‘rganish va Turkiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashni so‘radi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

28 May 15:27
 
19
0
qalampir.uz

G‘arb Putinning Xitoyga tashrifidan keyin vahima ichida – OAV

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Xitoyga tashrifidan so‘ng G‘arb ommaviy axborot vositalari vahima ichida, Rossiya Federatsiyasi va XXR o‘rtasida ittifoq tuzish istiqbollari haqida qo‘rquvga to‘la. Tashqi siyosat sharhlovchisi Jeyms Vudxisen “Spiked” gazetasida chop etilgan maqolasida bunga e’tibor qaratgan.  “G‘arb Xitoy va Rossiya o‘rtasida ittifoq tuzish istiqbolidan vahimaga tushib qoldi. O‘tgan haftadan beri Rossiya Prezidenti Vladimir Puti

19 Jun 16:07
 
34
0
qalampir.uz

Migratsiya siyosatini kuchaytiramiz – Germaniya kansleri 

Germaniya kansleri Olaf Shols mamlakatning oltita hududiy rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi. Vittenberg shahrida o‘tgan uchrashuvda kansler noqonuniy migratsiya masalalarini muhokama qilgan. O‘tgan yili migratsiya to‘g‘risida uzoq muddatga mo‘ljallangan qarorlar qabul qilinganini aytgan Shols ularning yaqin orada kuchga kirishini eslatgan. “Biz migratsiya siyosatini kuchaytirish uchun olib borilayotgan tendensiyalarni

11 Jul 15:12
 
61
0
xs.uz

Isroilning Gʻazodagi maktabga qilgan hujumi oqibatida 29 kishi halok boʻldi

Isroil havo kuchlarining Gʻazo janubidagi maktab yaqinidagi qochqinlar lageriga uyushtirgan hujumi oqibatida kamida 29 falastinlik halok boʻldi. Oʻnlab odamlar yaralangan.Xabarlarga koʻra, Xon Yunisning sharqiy qishloqlaridan koʻchirilgan odamlar yashaydigan Al-Avda maktabi hududiga zarba yoʻllangan.Voqea guvohlarining soʻzlariga koʻra, hujum keng koʻlamli vayronagarchilik, ayollar va bolalarning oʻlimiga olib kelgan. Oʻsha paytda bozor va turar-joy binolari joylashgan hudud atrofida

26 Jul 10:19
 
6
0
qalampir.uz

Qirg‘izistonda firma nomlarida diniy so‘zlarni ishlatish taqiqlandi

Qirg‘izistonda firma nomlarida diniy so‘zlardan foydalanish taqiqlandi. Tegishli qonun Prezident Sadir Japarov tomonidan imzolandi.  Bunday qonun qabul qilinishining sababi firibgarlar investorlarning pullarini jalb qilish maqsadida shirkat nomlarida diniy atamalar ishlatgan. Taqiqlash ustavida asosiy maqsad daromad olishdan iborat bo‘lmagan diniy notijorat tashkilotlarga, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan yuridik shaxslarga