calendar 11 Apr 13:56
eye 38
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Pentagon Ilon Maskning kompaniyasiga Ukrainaga internet yetkazib berishi uchun 23 million dollar to‘ladi

image

AQSH Mudofaa vazirligi Kiyevga Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa terminallarini yetkazib berish uchun Ilon Maskga tegishli SpaceX kompaniyasiga 23 million dollar to‘lagan. Bu haqda amerikalik rasmiyga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.


Avval xabar qilinmagan summaga tuzilgan shartnoma 2023 yilning iyunidan 2024 yilning mayigacha amal qiladi. Agentlik suhbatdoshi uni uzaytirish rejalashtirilayotganiga aniqlik kiritmadi.

“Bloomberg”ning yozishicha, 23 million dollar miqdori SpaceX’ning AQSH milliy xavfsizligi bilan bog‘liq boshqa loyihalardan oladigan daromadiga nisbatan ancha kam.

2023 yil dekabr oyida Ukraina Raqamli transformatsiyalar vaziri Mixail Fedorov mamlakatda Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimining 47 mingga yaqin terminallari ishlayotganini ma’lum qildi. Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov esa mamlakat Qurolli kuchlari butun front chizig‘i bo‘ylab Starlink tizimlaridan foydalanayotganini aytgan. Starlink taqdim etgan aloqa vositalaridan Ukraina harbiylari uchuvchisiz samolyotlarni boshqarishda foydalanadi.

SpaceX egasi Ilon Mask bir necha bor Ukrainadagi mojaroni diplomatik yo‘llar bilan hal etish tarafdori bo‘lgan, buning uchun Kiyevda tanqid qilingan. Xususan, 2023 yilda Amerika ommaviy axborot vositalarida tadbirkor 2022 yilda Qrim orqali Ukrainaning Starlink tarmog‘iga kirishini to‘xtatgani haqidagi ma’lumot e’lon qilinganidan keyin janjal avj oldi. Keyinchalik, “El Pais” gazetasi tahlilchilari Ukraina hukumati Starlink’ga muqobillarni qidirayotgani haqida fikr bildirdi, ammo ular bu tizimdan voz kecholmasligini tan oldi. Tahlilchilar Starlink tizimi Ukraina Qurolli kuchlari uchun zarur, agar aloqa xizmati ishlamay qolsa, Ukraina mudofaasi qulashi mumkin, degan xulosaga keldi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 09:10
 
10
0
qalampir.uz

Rossiya Xarkovdagi to‘rtta qishloqni egallab olganini e’lon qildi

Rossiya Xarkov viloyatidagi Gatishe, Krasnoye, Moroxovets va Oleynikovo qishloqlari nazoratga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi bugun, 12 may kuni ma’lum qildi.  Qayd etilishicha, Rossiya armiyasi Ukrainaning Volchansk, Degtyarniy va Kazache Lopani yaqinidagi pozitsiyalariga zarbalar bergan. Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy joriy haftada mintaqadagi vaziyat sezilarli darajada yomonlashganini tasdiqladi.  “Hozirda chegara hududlarida

11 May 16:45
 
19
0
qalampir.uz

Isroil G‘azoda xalqaro qonunlarni buzgan bo‘lishi mumkin – AQSH

Qo‘shma Shtatlar Isroil G‘azo sektorida Amerika qurollarini qo‘llash orqali xalqaro qonunlarni buzgan bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti e’lon qilgan hisobotda aytiladi.  "Isroil xalqaro huquqiy me’yorlarga to‘g‘ri kelmaydigan tarzda qurol ishlatgan, deyishga asos bor", deyiladi hisobotda. Shu bilan birga, hisobotda yakuniy xulosalar mavjud emasligi qayd etilgan. "G‘azo sektoridagi mojaroning tabiati alohida hol

11 Apr 20:33
 
69
0
qalampir.uz

Rossiya Ukrainaning to‘rt viloyatidagi energetika ob’ektlariga zarba berdi

Bugun, 11 aprelga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Xarkov, Zaporoje, Lvov va Kiyev viloyatlaridagi energetika infratuzilmasiga hujum qildi. Bu haqda Ukraina Energetika vaziri German Galushenko o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi. Kiyev viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Ruslan Kravchenkoning aytishicha, Rossiyaning 40 dan ortiq raketa va 40 ta droni uchirilishi oqibatida Kiyev viloyatidagi muhim infratuzilma ob’ektida yong‘in sodir bo‘lgan. Ene

10 May 13:30
 
22
0
qalampir.uz

Rafahga hujum sabab AQSH Isroilga uch mingdan ortiq bomba yetkazib berishni to‘xtatdi

AQSH hukumati aprel oyining oxiri – may oyining boshida Isroilga 3,5 ming bomba yetkazib berishni to‘xtatdi. Bu haqda bugun, 8 may kuni manbalariga tayanib, “The New York Times” xabar berdi. Manbalarga ko‘ra, AQSH Prezidenti Jo Bayden 1,8 ming 2000 funtlik bomba va 1,7 ming 500 funtlik bomba yetkazib berishni G‘azo sektori janubidagi milliondan ortiq tinch aholi yashaydigan Rafah shahriga hujumda qo‘llanilishi mumkinligidan qo‘rqib, to‘xtatib qo‘ygan. NYT manba