calendar 11 Apr 13:56
eye 92
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Moskvadagi reyddan keyin 800 dan ortiq migrant deportatsiya qilindi

image

Moskvada noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash bo‘yicha o‘tkazilgan reyd davomida politsiya 6 mingdan ortiq qoidabuzarliklarni aniqlab, 800 dan ortiq noqonuniy migrantni Rossiyadan chiqarib yuborishga qaror qildi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Politsiyaning aniqlik kiritishicha, reyd davomida xavfsizlik kuchlari tomonidan uy-joy sektori, ulgurji va chakana savdo, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, qurilish va boshqa ob’ektlardagi 10 mingdan ortiq ob’ekt ko‘zdan kechirilgan. Natijada 6 mingdan ortiq migratsiya qonunchiligi buzilishi aniqlanib, Ma’muriy Kodeksning 18.8-moddasi (xorijiy fuqaroning kirish qoidalarini buzishi) bo‘yicha 4,5 mingdan ortiq, 18.9-moddasi (xorijiy fuqaroning mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzishi) bo‘yicha 500 dan ortiq, 18.10-moddasi (chet el fuqarosi tomonidan noqonuniy ishga joylashish) bo‘yicha 350 dan ortiq bayonnomalar tuzilgan.

“502 ish beruvchi Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 18.15-moddasiga asosan javobgarlikka tortildi. Shuningdek, davom etayotgan tadbir doirasida IIB xodimlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan 22 nafar shaxs aniqlandi. 836 nafar chet el fuqarosini Rossiya Federatsiyasidan ma’muriy chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, deyiladi IIV xabarida.

Shuningdek, surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan noqonuniy migratsiyani tashkil etish bo‘yicha 192 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Shundan 14 tasi noqonuniy migratsiyani tashkil etish, 110 tasi migrantlarni soxta ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish, 68 tasi hujjatlarni qalbakilashtirish bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, 2 aprel kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ichki ishlar vazirligi kollegiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida noqonuniy migratsiyaga chek qo‘yish masalalariga e’tibor qaratish bo‘yicha topshiriq bergandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:45
 
136
0
xs.uz

Misrdan Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi

Misr hukumati tomonidan Oʻzbekistonga insonparvarlik yordami sifatida gepatit Chtml5-dom-document-internal-entity2-39-endga qarshi dori vositasining 2025-yildagi ilk partiyasi yetkazildi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, ushbu insonparvarlik loyihasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekistonda C gepatitini 100 foiz davolash boʻyicha tashabbusi ijrosi doirasida amalga oshirilgan.Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonasi va Misr Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbar

08 Jun 02:27
 
27
0
xs.uz

Tramp 12 davlat fuqarolarini AQSHga kirishini taqiqladi. Ular qaysi davlatlar?

AQSH prezidenti Donald Tramp 12 davlat fuqarolarini AQSHga kirishini toʻliq va yana yetti davlat, jumladan Turkmaniston fuqarolarini qisman taqiqladi.Respublikachi bunday taqiqni oʻzining birinchi prezidentlik muddati davrida ham kiritgan edi, ammo hozir roʻyxatga KXDR va Suriya kiritilmagan.Oq uy saytida chop etilgan press-relizga koʻra, Afgʻoniston, Myanma, Chad, Kongo Respublikasi, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Gaiti, Eron, Liviya, Somali, Sudan va Yaman fuqarolariga toʻliq taqiq qoʻyi

04 Jun 02:45
 
47
0
xs.uz

Isroil soʻnggi 8 kun ichida yordam markazlariga borgan 102 nafar falastinlikning html5-dom-document-internal-entity1-quot-endyostigʻini quritdihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end

Maʼlum qilinishicha, Isroil kuchlari ochlikdan azob chekayotgan falastinliklarni Gʻazo gumanitar jamgʻarmasi tomonidan boshqariladigan yordam markazlariga jalb qilgan. Ushbu markazlarga borgan falastinliklar Isroil askarlari tomonidan hujumga uchragan.Mazkur hujumlar oqibatda soʻnggi 8 kun ichida 102 nafar falastinlik halok boʻlgan. Yana koʻplab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga joylashtirilgan.Gʻazo sogʻliqni saqlash vazirligi bergan maʼlumotlariga koʻra, Rafa

15 Jun 10:46
 
52
0
xs.uz

Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?

Dunyo siyosatining bugungi murakkab manzarasida Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar eng xavfli va tahlikali mintaqaviy mojarolardan biri sifatida kun tartibida turibdi.2024'2025-yillarda sodir boʻlgan bevosita havo hujumlari, dronlar orqali amalga oshirilgan zarbalar va har ikki davlat rahbarlarining keskin bayonotlari ' bu qarama-qarshilik endilikda faqat diplomatik yoʻl bilan hal boʻlmasligini koʻrsatayotgandek.Eron va Isroil oʻrtasidagi keskinliklar nafaqat Yaqin Sharq mintaqasidagi