Mini-futbol boʻyicha Oʻzbekiston Notarial palatasi kubogi turnirining gʻolibi aniqlandi

Bu yil toʻrtinchi bor oʻtkazilgan musobaqaning hududiy bosqichlarida jamoalar 4 ta ' 'A', 'V', 'D', 'S' guruhlariga boʻlingan holda oʻzaro bellashdi. Hududiy bosqichlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan Surxondaryo, Namangan, Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahri notariuslaridan tashkil topgan jamoalar finalda oʻzaro bellashdi.
Qurʼaga koʻra, final bosqichi oʻyinlarini Xorazm va Namangan viloyati jamoalari boshlab berdi. Qizgʻin va hujumlarga boy oʻtgan bahsning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida Xorazm viloyati notariuslariga omad kulib boqdi ' 3:2.
Final yoʻllanmasi uchun kechgan ikkinchi bahsda Toshkent shahri hamda Surxondaryo viloyati jamoalari oʻzaro kuch sinashdi. Unda 3:2 hisob bilan poytaxtlik notariuslar gʻalaba qozonishdi.
Shu tariqa Surxondaryo va Namangan viloyatlari jamoalari uchinchi oʻrin uchun oʻzaro bellashadigan boʻldi. Oʻyinda 7:2 hisobida namanganlik notariuslar gʻalabaga erishdi.
Xorazm viloyati va Toshkent shahar notariuslari oʻrtasida boʻlib oʻtgan final bahsining asosiy vaqtida gʻolib aniqlanmadi ' 2:2. Penaltilar seriyasida Xorazm viloyati notariuslari 4:3 hisobida gʻalaba qozonishdi va Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi kubogi sohibiga aylanishdi.
Havaskor futbolchilarni Adliya vazirligi notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar boshqarmasi boshligʻi Maʼsum Hotamov, Oʻzbekiston Notarial palatasi rahbariyati qutladilar.
' Ushbu sport bayramlari notariuslar orasida muntazam oʻtkazib kelinishidan maqsad Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi 'Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Farmoni ijrosini taʼminlash, notariuslar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, doʻstona munosabatlarni kuchaytirishdan iborat, ' dedi taqdirlash marosimida soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palata raisi Dilshod Ashurov.
Yakunda gʻoliblikka erishgan va sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan jamoalarga Notarial palata kubogi, diplom, medallar hamda qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.
Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas
Xokkeychilarimiz debyut o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi
Quvonarlisi, ilk bor dunyo birinchiliklarida maydonga chiqqan yigitlarimiz Kuvaytni yirik 13:3 hisobida mag'lub etishdi.
Endilikda sportchilarga sport pasporti elektron shaklda berilishi yo‘lga qo‘yiladi
Endilikda, sport pasportini berish davlat xizmatini ko'rsatishda sportchilarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida sport pasportining amal qilish muddati cheklanmagan holda 'ERP-Sport' yagona elektron boshqaruv tizimi orqali elektron shaklda berilishi yo'lga qo'yiladi.Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 18 dekabrdagi PQ-443-son qarori talablariga muvofiq, sport pasportini amal qilish muddati cheklanmagan holda 'ERP-Sport' yagona elektron boshqaruv tizimi orqali el
«Olimpiada — 2036»: da’vogarlar ko‘p, ammo mezbonlik kimga nasib etadi?
Rasmiy manbalarning xabariga ko'ra, Hindiston Dehli hamda Agra shaharlarini asosiy nomzod sifatida ko'rsatib, ularning infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratayotir. Shu bilan birga, Turkiya davlati ham Olimpiadani o'tkazish istagini bildirgan. Misr esa Qohira yaqinida maxsus Olimpiya shaharchasi qurishni rejalashtirmoqda.Janubiy Koreya, Qatar, Germaniya, Meksika va Vengriya ham eng yirik sport anjumani mezbonligi uchun kurashyapti. Yakuniy qarorni Xalqaro Olimpiya qo'mitasi keyi