calendar 07 Mar 20:13
eye 40
comments 0
comments Manba: xs.uz

Jo Bayden Isroilni Gʻazo sektorida zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirdi

image
AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati Isroil hukumatini Gʻazo sektorida vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatish va mahalliy aholiga insonparvarlik yordamini koʻpaytirishga chaqiruvlarini kuchaytirdi. Bu haqda Amerikaning 'The Hill' gazetasi yozmoqda.

'Soʻnggi kunlarda Bayden ham, vitse-prezident Xarris ham zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirishdi', deb taʼkidlaydi nashr.

Qayd etilishicha, ikki davlat rasmiylari oʻrtasida Falastin mojarosi va xususan, insonparvarlik yordamini taqsimlash tabiati boʻyicha qarama-qarshiliklar kuchaymoqda.

Oldinroq, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus Gʻazo sektorida halok boʻlganlar soni 30 mingdan oshgani, halok boʻlganlarning aksariyati ayollar va bolalar ekanligini maʼlum qilgandi.

'Gʻazoda halok boʻlganlar soni 30 mingdan oshdi, ularning aksariyati ayollar va bolalar', ' deydi JSST rahbari.

Uning qoʻshimcha qilishicha, yana 70 ming kishi tan jarohati olgan. JSST rahbari halok boʻlganlar va jarohatlanganlar haqida maʼlumot manbalarini ochiqlamagan.

Falastinning BMTdagi doimiy kuzatuvchisi Riyod Mansur Xavfsizlik kengashining qurolli mojarolarda tinch aholini himoya qilishga bagʻishlangan yigʻilishida hozirda Gʻazoda ocharchilik hukm surmoqda va u Isroilning davom etayotgan 'jinoiy tajovuz'i tufayli kundan-kunga kuchayib borayotganini taʼkidladi.

'Biz bir zum toʻxtab, bu aslida nimani anglatishini oʻylab koʻrishimiz kerak', deydi Riyod Mansur.

Shu oʻrinda u Isroilni Gʻazoda yashovchi 2,3 million falastinlikni jamoaviy jazolash uchun ataylab yaratilgan 'bu insoniy va gumanitar falokatning meʼmori' deb aybladi.

Riyod Mansur xalqaro hamjamiyatning harakatsizligidan xavotir bildirib, 'bu halokatli ocharchilik va genotsidning sodir boʻlishiga va uzoq vaqt davom etishiga yoʻl qoʻyilgani nafaqat hamma uchun, balki Xavfsizlik Kengashi uchun ham uyatdir', dedi.

Gʻazo sektoridagi vaziyat 2023-yilning 7-oktyabr kuni keskinlashdi. Bunga Falastinning HAMAS harakatining harbiy qanoti tomonidan eʼlon qilingan 'Al-Aqso toʻfoni' operatsiyasi doirasida Isroil hududiga yuzlab raketalar uchirilgani sabab boʻldi. Shundan soʻng tashkilot jangchilari Isroil janubidagi chegara hududlariga kirib, u yerda ham harbiy, ham tinch aholiga qarata oʻt ochgan, shuningdek, 200 dan ortiq odamni garovga olgan.

Isroil rasmiylarining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, ushbu hujum oqibatida taxminan 1,2 ming kishi halok boʻlgan, bu raqam tinch aholi, askarlar, chet el fuqarolarini oʻz ichiga oladi. Shuningdek, 5 mingdan ortiq kishi jarohat olgan.

Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari Gʻazo sektorida HAMASga qarshi 'Temir qilichlar' operatsiyasini boshladi. Bir necha kun ichida isroillik harbiylar Gʻazo bilan chegara yaqinidagi barcha aholi punktlarini nazorat ostiga oldi va chiziqdagi nishonlarga, jumladan, tinch aholiga havo hujumlarini boshladi. Oʻtgan yilning oktyabr oyining oxirida Isroilning anklavdagi operatsiyasining quruqlik bosqichi boshlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 May 13:30
 
25
0
qalampir.uz

Odam savdosida gumonlanayotgan o‘zbekistonlik Istanbulda qo‘lga olindi

Joriy yilning 6 may kuni O‘zbekiston va Turkiya IIV hamkorligida amalga oshirilgan tezkor tadbir natijasida firibgarlik va odam savdosi jinoyatini sodir etishda ayblanayotgan, 1979 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan Ozod Sa’dullayevich Rahimov Istanbul shahrining Fatix tumanida qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi Ma’lumot uchun, Ozod Rahimov Samarqand viloyatida fuqarolarning ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li

23 Apr 03:36
 
30
0
xs.uz

Ukraina TIV Yevropani boʻshashmaslikka chaqirdi

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Yevropa Ittifoqi siyosatchilariga AQSH Kongressi Vakillar palatasining Kiyevga yordam ajratish toʻgʻrisidagi qarori tufayli boʻshashmaslik kerakligini aytdi.Shu yilning 20-aprel kuni AQSH Kongressi Vakillar palatasi koʻpchilik ovoz bilan Ukrainaga salkam 61 milliard dollar ajratish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini qabul qildi.'Biz hammamiz AQSH Kongressi Vakillar palatasining qarorini olqishlaymizhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end Lekin

12 May 15:23
 
19
0
qalampir.uz

Erdo‘g‘an AQSHga safari nega qoldirilganini tushuntirdi

Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘anning AQSHga tashrif va Amerika yetakchisi Jo Bayden bilan uchrashuv tig‘iz taqvim tufayli bo‘lib o‘tmadi. Bu haqda u kecha, 11 may kuni Gretsiyaning “Kathimerini” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi. “Bizning tashrifimiz ikki tomonning jadvallari bir-biriga mos kelmagani sababli qoldirildi. Ma’lumki, yaqinda Qo‘shma Shtatlarda saylovlar bo‘lib o‘tadi va shuning uchun janob Baydenning jadvali yanada gavjum

23 Apr 03:36
 
37
0
xs.uz

Xitoyda toshqinlar tufayli 50 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi

Yomgʻir Shaoguan, Guanchjou, Xeyuan, Chjaoqin, Tsinyuan, Meychjou va Xuychjou hududlariga taʼsir koʻrsatgan. Suv toshqinlari uylarga zarar yetkazgan, yoʻllarning yopilishi hamda koʻchkilarga sabab boʻlgan.Viloyat boʻylab 53 741 kishi evakuatsiya qilingan. Shundan 12 256 kishi tezlashtirilgan tartibda evakuatsiya qilinib, xavfsiz joylarga joylashtirilgan.11 kishi bedarak yoʻqolganlar roʻyxatida ekanligi aniqlangan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.