calendar 07 Mar 20:13
eye 107
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toyloqlik mirishkorlar koʻchatchilik orqasidan yiliga 200 million soʻm daromad olmoqda

image
Abdulaziz Yoʻldoshev/'Xalq soʻzi'. Toyloq tumanidagi Talliota mahallasining drayveri asosan koʻchatchilik boʻlib, aholi tomorqachilikdan daromad olishadi. Ushbu mahallada 'Bir mahalla, bir mahsulot' tamoyili yoʻlga qoʻyilgan.

Xususan, talliotalik Saidamirxon Oqilov, Saidakbar Ahrorovlar koʻchatchilikning hadisini olgan mirishkor dehqonlardan. Ular 20-yildan buyon koʻchatchilik bilan shugʻullanishadi. Mehnati ortidan bir yilda 150-200 million soʻm daromad oladi.

Ayni kunda Saidamirxon Oqilov 10 sotix tomorqasida tashkil etilgan issiqxonada karam koʻchatlari yetishtirmoqda.

' Karamdan boʻshagan issiqxonada pomidor, bulgʻor qalampiri, baqlajon, gulkaram kabi sabzavot koʻchatlari yetishtiramiz, ' deydi S. Oqilov. ' Yerni boqsang u seni boqadi. Mana shu mehnatimizni orqasidan bolalarni katta qilyapmiz, oʻqityapmiz, oʻy-joy, toʻylar qilyapmiz. Harakatimizga yarashi daromad olyapmiz.

Shu oʻrinda aytish kerakki, Samarqand viloyatdagi 631.4 ming ta aholi tomorqalarining 69.6 ming gektar ekin maydonida almashlab ekish orqali jami 121.9 ming gektar, shundan 57.7 ming gektar erta bahorgi, 34.8 ming gektar takroriy hamda 29.4 ming gektar tuqsonbosti usulida ekinlar ekildi. Natijada, oʻtgan yil yakuni bilan 2 million 263 ming tonna mahsulot yetishtirildi.

Viloyat boʻyicha 75.6 ming aholi tomorqalarida plenka ostida toʻqsonbosti va ertaki ekinlar yetishtirilishi yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek, yil davomida uch marta hosil olishga imkon beradigan 12.4 ming ixcham issiqxonalar tashkil etildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
57
0
xs.uz

Chet elliklar Oʻzbekistonga qanday maqsadlar bilan tashrif buyurmoqda?

Unga koʻra, yanvar oyida jami 678,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda yurtimizga kelishgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 158,5 ming nafarga yoki 30,5 % ga koʻproq.Xorijliklarning 461 277 nafari qarindoshlarini yoʻqlash, 88 336 nafari xizmat yuzasidan, 75 392 nafari sayyohlik maqsadida, 41 196 nafari tijorat uchun, 8 966 nafari davolanish uchun boʻlsa, 3 508 nafari oʻqish maqsadlari bilan Oʻzbekistonga kelishgan.

20 Mar 12:50
 
65
0
postda.uz

IZLANUVCHAN INSPEKTOR

– Hududimizdagi mahalliy aholi asosan dehqonchilik, hunarmandchilik va tikuvchilik bilan shug‘ullanishadi. Yil boshidan buyon hali voyaga yetmagan 6 nafar maktab bitiruvchilari bilan suhbatlashib, ularni ishga joylashtirdik. Maqsad yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etgan holda ular o‘rtasida jinoyatchilik­ning oldini olishga qaratilgan, – deydi leytenant Sh. Komiljonov. Sh. Komiljonov sportga ham alohida mehr qo‘ygan bo‘lib, qo‘l jangi bilan 6 yildan

20 Mar 12:54
 
50
0
xs.uz

Barcha xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan qiymati arzonladi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 20-mart kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 9,17 soʻmga tushib, 12 926,51 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 72,09 soʻmga pasayib, 14 092,48 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 2,80 soʻmga tushdi va 156,00 soʻmni tashkil qildi.

20 Mar 12:50
 
46
0
postda.uz

“ҚУРАМА”ДА САЙЁР ҚАБУЛ

Миришкор тумани ИИБ бошлиғи, подполковник Ғайрат Ҳайдаров “Қурама” маҳалласида сайёр қабул ўтказди. Унда маҳалла фуқаролари томонидан турли масалаларга доир мурожаатлар тингланди. Шундан 5 та мурожаат жойида ҳал этилган бўлса, муддат талаб қилувчи мурожаатлар ижроси н