Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlarning jangovar shayligi va jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida “Fidoyi xodima” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilardan ularning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash yuzasidan 100 metr masofaga yugurish va kompleks mashqlarni bajarish, “Makarov” to‘pponchasini to‘liqsiz qismlarga ajratish, yig‘ish hamda amaliy o‘q otish mashg‘ulotlari, test sinovlari qabul qilindi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra faxrli 1-o‘rinni viloyat IIB JXX HPB VEIHYOK markazi tarbiyachisi, katta serjant Muhayyo Norqulova qo‘lga kiritdi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni esa Kitob tumani IIB JXX HPB XQMB katta inspektori, mayor Dilabza Sevinova va viloyat IIB JXX HPB VEIHYOK markazi boshlig‘i, mayor Gulmira Turdiboyeva band etdi.
G‘olib tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadi.
Zarina KENJAYEVA,
podpolkovnik.
Qashqadaryo viloyati.
Xokkeychilarimiz debyut o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi
Quvonarlisi, ilk bor dunyo birinchiliklarida maydonga chiqqan yigitlarimiz Kuvaytni yirik 13:3 hisobida mag'lub etishdi.
Endilikda sportchilarga sport pasporti elektron shaklda berilishi yo‘lga qo‘yiladi
Endilikda, sport pasportini berish davlat xizmatini ko'rsatishda sportchilarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida sport pasportining amal qilish muddati cheklanmagan holda 'ERP-Sport' yagona elektron boshqaruv tizimi orqali elektron shaklda berilishi yo'lga qo'yiladi.Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 18 dekabrdagi PQ-443-son qarori talablariga muvofiq, sport pasportini amal qilish muddati cheklanmagan holda 'ERP-Sport' yagona elektron boshqaruv tizimi orqali el
«Olimpiada — 2036»: da’vogarlar ko‘p, ammo mezbonlik kimga nasib etadi?
Rasmiy manbalarning xabariga ko'ra, Hindiston Dehli hamda Agra shaharlarini asosiy nomzod sifatida ko'rsatib, ularning infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratayotir. Shu bilan birga, Turkiya davlati ham Olimpiadani o'tkazish istagini bildirgan. Misr esa Qohira yaqinida maxsus Olimpiya shaharchasi qurishni rejalashtirmoqda.Janubiy Koreya, Qatar, Germaniya, Meksika va Vengriya ham eng yirik sport anjumani mezbonligi uchun kurashyapti. Yakuniy qarorni Xalqaro Olimpiya qo'mitasi keyi
Zaif ko‘ruvchi va ko‘zi ojizlar o‘rtasida mamlakat chempionati o‘tkazilmoqda
O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi xabarlariga ko'ra, ushbu musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan kelgan jami 72 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Ayni paytda mamlakat chempionatida Samarqand viloyati jamoasi a'zolari yetakchilik qilishmoqda.Shuningdek, Toshkent shahri hamda Surxondaryo viloyatidan tashrif buyurgan ishtirokchilar ham sovrinli o'rinlar uchun da'vogarlik qilishmoqda.