calendar 07 Mar 20:07
eye 63
comments 0
comments Manba: postda.uz

OILA MUSTAHKAM, TINCH BO‘LSA...

image

Asli Xatirchi tumanida tug‘ilib voyaga yetgan Azim Shodiyev o‘quvchilik davridayoq huquqiy mavzuda maqolalar yoza boshladi. Keyinroq bilimlarini Navoiy davlat peda­gogika instituti tarix-huquq yo‘nalishida o‘qib, yanada boyitdi. U mana to‘rt yildirki, Karmana tumani «Varq» mahallasida profilaktika inspektori lavozimida xizmat qilmoqda.

Mazkur mahallada o‘zbek, tojik, rus va tatar millat vakillari ahil-inoq yashashadi. Hududning osoyishtaligiga mas’ul katta leytenant Azim Shodiyev kunning qaysi vaqtida bo‘lmasin, mahalla ahlining muammolarini hal etishdan, og‘irini yengil qilishdan erinmaydi.

– Oila mustahkam, tinch bo‘lsa, jamiyat ham osoyishta, farovon bo‘ladi. Shu bois oilalar tinchligiga alohida e’tibor qaratamiz. Avvalo nizo chiqqan oilaning turmush sharoitini, ijtimoiy ahvolini o‘rganamiz, ishsiz oila a’zolari bandligini ta’minlaymiz, – deydi katta leytenant Azim Shodiyev.

Mahallaning Birdamlik ko‘chasida joylashgan 187-uyning peshtoqida Vatanimizning Davlat bayrog‘i hilpirab turadi. Boisi, bu xonadonda lavhamiz qahramoni istiqomat qiladi.

– Azimjon erta-yu kech mahallamiz ahlining tashvishi bilan yashaydi. U farzandlarimiz, nabiralarimizni to‘g‘ri yo‘lga boshlash borasida jon kuydiradi. Inspektorimizning xizmatidan ko‘nglimiz to‘q. Har doim uning haqiga duo­damiz, – deydi mahallaning piri badavlat nuroniylaridan Axtam bobo Sultonov.

– O‘tgan yili birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz natijasida huquqbuzarliklar nisbatan kamaydi. Hududda jinoiy holatlarni keskin kamaytirish uchun uning tub ildizi, sabablarini mahalla ahli bilan birga tahlil etyapmiz, – deydi katta leytenant A. Shodiyev.

 

Mahliyo XOLOVA,

o‘z muxbirimiz.

Navoiy viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:55
 
46
0
postda.uz

Sohasining bilimdoni

Sherzodbek Nuriddinov Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlagach, Andijon viloyati teleradiokompaniyasida maxsus muxbir boʻlib ishlay boshladi. U Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarida xizmat qilib qaytganidan soʻng oʻz faoliyatini viloyat televideniyesida davom ettirdi. 2017-yilda ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilinib, Jamoatchilik bilan aloqalar tashkiliy boʻlimi guruh inspektori sifatida xizmat olib bordi. Oradan maʼlum vaqt oʻtgach, leytenant Sh. Nuriddinov viloyat IIB matbuot x

10 May 13:30
 
23
0
postda.uz

SEKTOR RAHBARI MONOMARKAZDA

Qashqadaryo viloyati 3-sektori rahbari, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Abduvohid Ismoilov Qarshi shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida bo‘lib, bu yerda yaratilgan sharoitlar, kasbga tayyorlash, xorijiy tillar, raqamli texnologiyalar va tadbirkorlikni o‘rgatish o‘quv kurslari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, hunar o‘rganayotgan yoshlar bilan suhbatlashdi. Yoshlarga hunar o‘rganish davomida har bir dars mashg‘ulotini qunt bilan o

10 May 13:30
 
34
0
postda.uz

QO‘ShALOQ TADBIR

IIV Qorovul qo‘shinlariga qarashli 7535-harbiy qismda yigitlik burchini o‘tab, Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatilayotgan askarlar orasida test sinovlarini a'lo baholarga topshirgan, xizmati davomida yuqori natijalarga erishgan harbiy xizmatchilarga tavsiyanomalar berish hamda kuzatuv tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tadbirda qism komandiri so‘zga chiqib, muddatli harbiy xizmatchilarga Vatan himoyasi, el tinchligi yo‘lida bedor o‘tkazgan tunlari, o‘z burchlarini sharaf bilan ado etganlikla

11 Apr 14:01
 
37
0
xs.uz

Xitoyning CNNC kompaniyasi bilan hamkorlikda uran ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda

Temur Eshboyev/'Xalq soʻzi'. Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib, soʻnggi yillarda har ikki tomon manfaatlariga xizmat qiluvchi togʻ-kon sanoati va geologiya-qidiruv sohasida ham yangi-yangi istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.Xususan, 'Navoiyuran' davlat korxonasi va Xitoyning Milliy yadro korporatsiyasi bilan yoʻlga qoʻygan oʻzaro hamkorlik aloqalari mamlakatimizda uran sanoati rivojida yana bir muhim qadam boʻlishi kutilmoqda.Xitoyn