Katta serjant Baxtiyorjon Musulmanovda harbiy xizmatchi bo‘lish orzusi bolalikdan yo‘ldosh. Amakisi Shavkat Xoliqovning chorak asr harbiy xizmatchi bo‘lgani va uyga formada kelishi uning orzusiga sabab bo‘ldi. Baxtiyorjon G‘uzor tumanidagi o‘rta maktabni bitirib, yigitlik burchini IIV Qorovul qo‘shinlariga qarashli poytaxtimizda joylashgan 7534-harbiy qismda o‘tadi.
Uning o‘z ishiga bo‘lgan mas’uliyati va qiziqishini sezgan harbiy qism rahbariyati muddatli harbiy xizmatni tugatgan Baxtiyorjonga shartnoma asosida xizmatni davom ettirishni taklif qildi. Shu tariqa, mazkur harbiy qism 2-batalyonida shartnoma asosida vzvod nazoratchisi lavozimida faoliyatini boshladi.
O‘tgan davr mobaynida tinimsiz izlanib, sohaga oid bilim va ko‘nikmasini oshirdi. Ustozi, katta serjant Qahramon Xidirovdan kasb sir-asrorlarini o‘rgandi. Qarshi shahridagi 7533-harbiy qism 3-batalyon nazoratchisi lavozimida xizmatni davom ettirgan B. Musulmanov Toshkent avtomobil yo‘llari texnikumida sirtdan tahsil olishga ham ulgurdi.
IIV Qorovul qo‘shinlariga qarashli Buxoro viloyatidagi 7536-harbiy qism saf bo‘linmasi boshlig‘i, leytenant Umrzoq Eshonqulov hamda 7533-harbiy qism mas’ul ijrochisi, kichik serjant Pahlavon Sayfullayevlar uni ustoz sifatida qadrlashadi. Mana chorak asrdirki, yurtga va kasbiga sadoqat bilan xizmat qilib kelayotgan Baxtiyorjon turmush o‘rtog‘i Rayhonaxon bilan o‘g‘li Quvonchbek tarbiyasida ham sobitqadam.
– Ustoz sifatida yoshlarning bilim va malakasini oshirishga munosib hissa qo‘shmoqda, – deydi ushbu harbiy qism komandirining birinchi o‘rinbosari – shtab boshlig‘i, mayor Boburjon Ismoilov. – Bundan tashqari, barcha tadbirlarda faol ishtirok etish bilan birga, boshqalarni ham bunga jalb etadi.
O‘z vazifasini yaxshi bilishi, tirishqoqligi, hamkasblariga doimo ko‘maklashishi bilan jamoada obro‘ topgan.
Sardorbek TURSUNPO‘LATOV,
kichik serjant.
Qashqadaryo viloyati.
“100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
Ayni kunlarda Namangan viloyatida 64-Xalqaro gullar festivali boʻlib oʻtmoqda. 'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi vodiy viloyatlariga'qilgan xizmat safari chogʻida gullar shahrida oʻtkazilayotgan mazkur festivalda boʻldi.Joriy yilning 25-may kunidan 29-iyun kuniga qadar davom etishi rejalashtirilgan ushbu Xalqaro festivalda Namangan shahridagi bogʻ va xiyobonlar 100 milliondan ortiq gullar bilan bezatilib, mehmonlarga mutaxassislar ishtirokida mahorat saboqlari be
Oʻzbekiston Buyuk Britaniya bilan JST boʻyicha muzokaralarni yakunladi
Oʻzbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayoni yuzasidan Buyuk Britaniya bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda Prezidentning JST masalalari boʻyicha maxsus vakili Azizbek Oʻrunov'maʼlum qildi.Oʻrunovning qayd etishicha, kelishuv oʻtgan oy oxirida Londonda boʻlib oʻtgan uchrashuv natijasi boʻlib, ichki tasdiqlash tartib-qoidalaridan oʻtgan. Uni imzolash 12-iyun kuni Jenevada Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi boʻyicha ishchi guruhning 10-yigʻilishi d
Andijonda 100 ming dollar imtiyozli kredit olib berishini aytgan shaxs ushlandi
Qayd etilishicha, Departamentning Hazorasp tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro T.J. fuqaro O.B.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki Xorazm viloyati tijorat banklarida ishlovchi tanishlari orqali 1,5 mlrd soʻm imtiyozli kredit ajratilishida yordam berishi evaziga 150 mln soʻm pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.Andijon viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro U.O. fuqaro B.M.ga goʻyoki Andijon shahar bank xizmat
Dollar kursi oshishda davom etmoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'22,74 soʻmga'oshdi va'12 857,35 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'10,55 soʻmga'koʻtarildi va'14 672,81 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,8 soʻmga'oshib,'163,45 soʻmni'tashkil etdi.