calendar 09 Feb 12:55
eye 89
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Endi O‘zbekistonda bolalarga ham himoya orderi beriladi

image

Endilikda bolalarni turli zo‘ravonliklardan himoya qilish maqsadida ularga himoya orderi beriladi. Bu haqda parlamentning quyi palatasi ma’lum qildi.

Ushbu amaliyot Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan “Bolalarni zo‘ravonliklarning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida ko‘rsatib o‘tilgan. Unda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, bolalarni zo‘ravonlikdan asrashga mas’ul davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek, ularning vakolatlari belgilangan. 

Bundan tashqari, loyihada bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishda ota-onalarning yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning ishtiroki, ularning majburiyatlari, ta’lim tashkilotlarida bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilmaslik qayd etilgan. 

Bildirilishicha, mazkur loyihani ishlab chiqishda Germaniya, Fransiya, Daniya, Singapur, Vengriya, Bolgariya, Albaniya, Gruziya kabi davlatlarning tajribasi o‘rganilgan. 

Hozirda qonun loyihasi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Adliya vazirligining "Bolalarni zo‘ravonliklarning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun loyihasida himoya ordenining berilish tartibi ko‘rsatib o‘tilgani aytilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Feb 00:20
 
38
0
xs.uz

Prezident Kuvaytdan Toshkentga qaytgach, Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-fevral kuni Kuvaytdan Toshkentga qaytgach, shaharsozlik sohasidagi xalqaro tadbirlarda ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi, taniqli siyosatchi, Turkiya Respublikasining sobiq Bosh vaziri Binali Yildirimni'qabul qildi.Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.Koʻp qirrali

09 Mar 06:33
 
10
0
xs.uz

Prezidentga sanoat uchun muhim minerallar bo‘yicha axborot berildi

Yurtimiz hududida volfram, molibden, magniy, litiy, germaniy, grafit, vanadiy va titan kabi 30 dan ortiq sanoat uchun muhim minerallar mavjud. Lekin ilgari bu imkoniyat to'la yuzaga chiqarilmagan. Qazilmalarni qidirish, texnogen chiqindilarni qayta ishlab, foydali moddalarni ajratib olish va ulardan mahsulot tayyorlashga investitsiya kiritilmagan edi.So'nggi yillarda tashkiliy asos yaratilib, yuqori qo'shilgan qiymatli mahsulotlar olish bo'yicha ishlar boshlandi. Taqdimotda tog'-kon sanoati va g

19 Feb 00:20
 
35
0
xs.uz

Sirdaryo viloyati FVB boshligʻiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Sirdaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻiga yangi oʻrinbosar tayinlandi. Bu haqda FVV axborot xizmati'xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrugʻi bilan podpolkovnik Gazixoʻjayev Asror Shavkatovich Sirdaryo viloyati FVB boshligʻining Profilaktika boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.Tayinlovga qadar podpolkovnik Gazixoʻjayev Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Guliston shahar FVB boshligʻi lavozimida faol

26 Feb 17:05
 
28
0
xs.uz

Pokiston Bosh vazirini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

26-fevral kuni Toshkent shahridagi Xalqaro kongress markazida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharifni rasmiy kutib olishga bag'ishlangan tantanali marosim bo'lib o'tdi.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, shohsupaga taklif etdi. Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etdi.Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o'tib, rasmiy delegatsiyalar a'zolarini bir-biriga ta