calendar 08 Feb 21:40
eye 74
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Baxti Tashkentskiy”ga yana bir ayblov qo‘yildi

image

Jinoyat olamida “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevga yangi ayblov qo‘yildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga huquq-tartibot organlaridagi manbasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda o‘tgan yil oxirida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida o‘tkazilgan  “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davomida qo‘lga olingan Baxtiyor Qudratullayevga  yana bir ayblov qo‘yilgan. 

Manbaga ko‘ra, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 242-moddasi (Jinoiy uyushma tashkil etish) bo‘yicha ayblov e’lon qilingan. Qo‘llanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi esa o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Agar Baxtiyor Qudratullayevga qo‘yilgan qo‘shimcha ayblov o‘z isbotini topsa, u 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Mar 08:54
 
40
0
xs.uz

Xorijiy hamkorlar Shavkat Mirziyoyevni Navroʻz bayrami munosabati bilan samimiy tabriklamoqda

Xorijiy hamkorlar oʻz maktublarida yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, barqaror rivojlanish, doʻstlik, totuvlik va yaxshi qoʻshnichilik muhitini yuqori baholamoqda. Tinchliksevar va pragmatik tashqi siyosat tufayli Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi tobora ortib borayotgani alohida taʼkidlanib, Yangi Oʻzbekistonga ravnaq tilaklari izhor etilgan.Oʻzbekiston Respublikasi PrezidentiShavkat Mirziyoyev Janobi OliylarigaAssalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu.Navr

22 Mar 08:54
 
62
0
xs.uz

22-mart kuni qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi

'Oʻzgidromet' 22-mart kuni qanday ob-havo kuzatilishini'maʼlum qildi.Toshkent'shahrida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi 25-27 daraja iliq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.Buxoro'va'Nav

16 Apr 09:11
 
26
0
xs.uz

Qarshida 585 quti noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shaharida 105 million soʻmlik noqonuniy tamaki mahsulotlarining savdoga chiqarilishi oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Qarshi shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.T. 'Epica' rusumli avtomashinasida fuqaro R.K.ning tegishli xorijda ishlab chiqarilgan, aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda muomalaga

18 Apr 11:07
 
33
0
xs.uz

Prezident Andijonda taʼziyali xonadonga kirib oʻtdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buloqboshi tumanida yigʻilish oʻtkazganidan soʻng yoʻlda keta turib, taʼziyali xonadonga koʻzi tushdi.Bu xonadonda oilaning tabarruk onaxoni ' Mamlakatxon aya Davronovaning vafot etgani munosabati bilan marosim boʻlayotgan edi.Davlat rahbari taʼziyada qatnashib, xonadon egalaridan koʻngil soʻradi, chuqur hamdardligini bildirib, sabr-toqat va bardosh tiladi.