Ravon yoʻlda kelajak sari qoʻyilgan qadamlar ham zalvorli boʻladi
Tan olish kerak, yaqin oʻtmishda ham ichki yoʻllarning ahvoli abgor edi. Zero, 2007-yilga qadar Andijon viloyatida ichki yoʻllarga umuman eʼtibor qaratilmagan. Aholi turmush sharoitini yaxshilashga doir saʼy-harakatlar natijasida 2016-yilga qadar 1000 kilometrdan iborat koʻchalarda taʼmirlash ishlari bajarildi. Shunda ham bu kabi jarayonni tumanlar miqyosida koʻrishning imkoni boʻlmagan. 2017-yilga qadar bitta tumanda nari borsa 5-6 kilometr yoʻl asfaltlangan, xolos. Soʻnggi yillarda inson qadr-qimmatiga boʻlgan eʼtibor tufayli bu yoʻnalishdagi ishlar koʻlami keskin ortdi. Natijada 2023-yilning oʻzida 1123 kilometr ichki yoʻllarda taʼmirlash ishlari olib borildi.
' Mahallamiz tashkil topganiga 20-yildan oshdi, ' deydi Andijon tumanidagi T. Mirzayev nomli koʻchada istiqomat qiluvchi Abdullajon Abdurahimov. ' Bizning koʻcha shundoqqina dala bilan yonma-yon boʻlgani sababli asfalt tugul shagʻallanib qolsa ham mayli edi, deya orzu qilardik. Oʻtgan yili koʻchamizni betonlash ishlari amalga oshirilgach, armonimiz ortda qoldi. Eng chekka hududlarda ham shunday xayrli ishlar yoʻlga qoʻyilganligi xalqimiz uchun barcha sharoitlar yaratilayotganligi ifodasidir.
Abdullajon ota kabi mahalladoshlarning koʻzini quvnatgan beton yoʻl Andijon viloyatida dastlab, 2022-yilda paydo boʻlgandi. Oʻshanda sinov tariqasida Andijon shahridagi Shifokorlar koʻchasida 500 metrdan iborat yoʻlda betonlash ishlari tashkil etildi. Uning hatto ogʻir hajmli yuk mashinalariga ham chidamliligi isbotlangach, asta-sekin ommalashtirila boshlandi. Bunga sabab nima? Ana shu savol bilan 'Andijon mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati davlat unitar korxonasi bosh muhandisi Farhodbek Qayumovga yuzlandik.
'
' 1 kilometr uzunlikda, kengligi 4,5 metrli koʻchani asfalt qilish uchun 600 mln. soʻm mablagʻ sarflanadi, ' deya tahlil qiladi mutaxassis suhbat chogʻida. ' Ushbu loyihada asfalt oʻrniga sementdan foydalanilsa 527 mln. soʻm mablagʻ ishlatiladi. Natijada 73 mln. soʻmni tejab qolish imkoni yaratiladi. Bu masalaning bir jihati. Ikkinchidan, ushbu uslubdagi yoʻlning chidamlilik muddati bir necha barobarga ortadi. Yaʼni, 15-20 sm. qalinlikdagi beton qorishmasi asfaltga nisbatan besh-olti barobar chidamliroqdir. Amalga tadbiq etilayotgan yangi tajriba nafaqat, mablagʻni iqtisod qilmoqda, balki ish koʻlamini ham oshirmoqda. Masalan, 800 kilometr yoʻlni asfalt qilish uchun 480 mlrd. soʻm mablagʻ sarflash oʻrniga 422 mlrd. soʻm evaziga beton qorishmali yoʻl barpo etish orqali 58 mlrd soʻmni iqtisod qilish mumkin. Bu esa yana 110 kilometr yoʻlni taʼmirlash imkonini beradi. Bugungi kunda viloyatda 10 883 kilometrdan iborat ichki yoʻl mavjud boʻlib, shundan 1123 kilometr qismi 2023-yilda taʼmirlandi. Joriy yilda 949,9 kilometrdan iborat koʻchalarda taʼmirlash va rekonstruksiya qilish ishlari bajariladi.
Shuni alohida eʼtirof etish joizki, bir paytlar qarovsizlikdan abgor holatga kelib qolgan ichki yoʻllar endilikda eʼtibordan chetda qolayotgani yoʻq. Bu albatta, odamlarning ogʻirini yengil, uzogʻini yaqin qilmoqda. Zero, ravon yoʻlda kelajak sari qoʻyilgan qadamlar ham zalvorli boʻladi.
Saminjon HUSANOV, 'Xalq soʻzi'.
Oʻzbekistonning Pokistondagi yangi elchisi tayinlandi
Alisher Toʻxtayev Oʻzbekistonning Pokistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. U ushbu lavozimda 2021-2024-yillarda ishlagan Oybek Usmonovning oʻrnini egalladi.Toʻxtayev tayinlovdan oldin Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining maslahatchisi boʻlib ishlagan.Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi Toshkent davlat yuridik universiteti) tugatgach, Tashqi ishlar vazirligi, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Prezident Administratsiyasida masʼuliyatli lavozi
Ayrim tovarlar va xizmatlar boʻyicha QQS imtiyozlari bekor qilinadi
Shavkat Mirziyoyevning 'Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining soliq va bojxona imtiyozlarini berishni nazarda tutuvchi ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida'gi Farmoni qabul qilindi.Maʼlum qilinishicha, 2025-yil 1-yanvardan yoʻlovchilarni yagona tariflar boʻyicha tashish xizmatlarini koʻrsatish aylanmasi hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari yagona ishtirokchisi hisob
Oʻzboshimchalik noqonuniy yer egalariga qimmatga tushadi
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda yer maydonlaridan foydalanish, ulardagi binolarni barpo etish, chegaralarini belgilash borasida maʼlum tartiblar ishlab chiqilgan boʻlsa-da, joylarda bu qoidalarga rioya etmaydiganlar hanuz uchrab turibdi. Buloqboshi tumanidagi 'Nur zamin' MFYda yashovchi Abdumannob Sodiqov oʻzi istiqomat qilayotgan hovliga yondosh hududda boʻlgan, tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydonini oʻzboshimchalik bilan egallab olgan va bino qurgan. Shu tumanning 'Qum
Fargʻonada ikki maktab oʻquvchisini 27 ming voltli tok urdi
Qayd etilishicha, holat 17-sentyabr kuni soat 13:00 atrofida Uchkoʻprik tumanidagi Qaqir temiryoʻl bekatida sodir boʻlgan. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, Buvayda tumaniga qarashli 1-sonli maktabning 2 nafar 10-sinf va 1 nafar 8-sinf oʻquvchilari temiryoʻl izlarini belgilanmagan joyidan kesib oʻtib, taqiqlangan hududga kirgan.Soʻngra ular selfi tushishish uchun bekatdagi bugʻdoy tashuvchi vagonning ustiga chiqqan vaqtlarida ehtiyotsizlik oqibatida ulardan ik