calendar 07 Feb 10:29
eye 46
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

To‘qayev bosh qo‘riqchisini vazir etib tayinladi 

image

2022 yildan beri Qozog‘iston Prezidentining xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilib kelayotgan Chingiz Arinov mamlakatda hukumat iste’foga chiqishi va yangi hukumat shakillantira boshlangani fonida Favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Oqorda matbuot xizmati xabar berdi.

“Chingiz Sayranovich Arinov Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlansin”, deyiladi davlat rahbari farmonida.

Bungacha Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari lavozimini Sirim Sharipxonov egallab kelgan.

Ma’lumot uchun, Chingiz Arinov 1983 yil 29 oktyabrda Olmaotada tug‘ilgan. U Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universitetini tamomlagan.

Arinov ilgari Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmasida ishlamagan. U 2006 yildan 2022 yilgacha Qozog‘iston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatida turli ofitser va boshqaruv lavozimlarida xizmat qilgan. Keyinchalik u Qozog‘iston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati rahbarining o‘rinbosari – Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti xavfsizlik xizmati rahbari bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 fevral kuni Qozog‘iston hukumati iste’foga chiqqan edi. 2022 yilning yanvaridan beri Bosh vazir lavozimida ishlab kelayotgan Alixon Smailov hukumat iste’foga chiqqanidan so‘ng Qozog‘iston xalqiga murojaat qilib, o‘z faoliyati natijalarini sarhisob qildi. Uning o‘rnini esa “Amanat” partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Oljas Bektenov egalladi. Bektenov Prezident Administratsiyasi rahbari edi. U Bosh vazir bo‘lgach, uning o‘rnini Oybek Dadeboyev egalladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:08
 
37
0
qalampir.uz

Ikki davlatda hukumat iste’foga chiqdi

Senegal va Bolgariyada hukumat iste’foga chiqdi. Bu haqda ikkala davlatning ham mahalliy nashrlari xabar berdi. “6 mart kuni Senegal Prezidenti Makki Sal chorshanba kuni hukumatni tarqatib yubordi va Ichki ishlar vaziri Sidiki Kabani mamlakatning yangi Bosh vaziri etib tayinladi”, deyiladi xabarda. Fransuz manbalarining qayd etishicha, Senegal Konstitutsiyaviy sudi mamlakatda prezidentlik saylovlari mamlakatning amaldagi rahbari Makki Salning vakolat muddat

11 Apr 13:55
 
30
0
postda.uz

ДЎСТЛИК – ҚУДРАТЛИ КУЧ!

Кунлардан бирида бўрилар тўдасининг қари бошчиси ўзига ворис тайинламоқчи бўлибди. У энг жасур ва кучли бўрини ёнига чақириб:– Мен анча қариб қолдим, шунинг учун сени тўданинг янги йўлбошчиси этиб эълон қилмоқчиман. Лекин аввал бунга муносиб эканингни исбот қилишинг кер

07 Mar 20:08
 
39
0
qalampir.uz

Ochlikdan o‘layotgan G‘azo bolalari (fotoreportaj)

BMT rasmiylari G‘azo sektorining shimolida bolalarning to‘yib ovqatlanmaslik darajasi ayniqsa yuqoriligi va anklav janubidagidan qariyb uch baravar ko‘pligini bildirdi.  Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining G‘azo va G‘arbiy Sohil bo‘yicha vakili Richard Piperkornning aytishicha, anklav shimolida ikki yoshgacha bo‘lgan har olti boladan biri o‘tkir to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda. “Bu yanvar oyida qayd etilgan. Bugun vaziyat bundan ham bat

07 Mar 20:07
 
56
0
postda.uz

ОЛОВЛИ ЙИЛЛАРНИ ЭСЛАБ

Афғонистон. Ушбу давлат номини эшитган ҳар бир инсон кӯз олдида беихтиёр узоқ йилларга чӯзилган урушлар, унинг оқибатида вайрон бӯлган қишлоқ ва шаҳарлар, тартибсизлик, оч-наҳорликдан қийналаётган аҳоли намоён бӯлади. Дарҳақиқат, бир пайтлари тинч яшаб келаётган юр