calendar 07 Feb 10:05
eye 144
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Umraga ketib qaytolmaganlar

image

Bir necha kundan buyon ijtimoiy tarmoqlar Umra ziyoratiga borib, qaytib kela olmayotganini aytgan ziyoratchilarning videolari bilan to‘ldi. Kimdir odamlarni safarga yuborgan “Gulbahor airways” tur firmasini ayblasa, yana kimdir vaqtida aviareyslarni yo‘lga qo‘ymagan “Ponorama airways” xususiy aviakompaniyasini qoralamoqda. Xo‘sh, bu norozilik nimadan kelib chiqdi? QALAMPIR.UZ holatni o‘rgandi.

Deyarli 10 kundan buyon “Gulbahor airways” turistik firmasi eshigida, vaqtini kutish bilan o‘tkazayotganlar orasida yaqinlari hali Umra safaridan qaytmagan yoki allaqachon safarga ketish uchun to‘lov qilganlar ham bor.

Odamlarning aytishicha, Umra safariga borish uchun 750 dollardan 1000 dollargacha tur paketlar sotilgan. Uning ichiga borish-kelish, mehmonxona, Madina shahrida 2, Makkada 3 mahal ovqatlanish kiritilgan.

“Biz 24 yanvar kuni 14 kunga Umra ziyoratiga ketishimiz kerak edi. Hali ham keta olmadik. 9 mln 875 ming so‘m pul to‘laganmiz. Birinchi reyslar qoldirilishini havo yomonligi sababli deb aytishgandi, ana endi o‘zingiz ko‘rib turibsiz”, deydi mijozlardan biri.

QALAMPIR.UZ ixtiyoridagi ma’lumotlarga ko‘ra, tur kompaniya ziyoratchilarni Madina va Makka shaharlariga borib kelishlari uchun “Panorama airways” kompaniyasi bilan hamkorlik qilgan. Kompaniya reyslarida uzilishlar bo‘lgani sababli ziyoratchilar vaqtida O‘zbekistonga olib kelinmagan. Buning ortidan noroziliklar paydo bo‘lganidan keyin 24 yanvardan hozirgacha Umra safariga borishi kerak bo‘lgan barcha reyslar to‘xtatilgan.

Guvohlarga ko‘ra, MCHJ safar uchun olingan pullarni 25-30 kishiga qaytarishga muvaffaq bo‘lgan. Fuqarolar yaqinlari Umra safaridan kelolmaganini aytib, huquq-tartibot idoralariga murojaat qilganidan so‘ng, ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma qilgan “Gulbahor airways” MCHJ ofisi yopib qo‘yilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning aytishicha, ayni damda mazkur MCHJning ishi o‘rganilmoqda.

"Hozirda Transport prokuraturasi tomonidan hususiy aviakompaniya mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida “Gulbahor airways” MCHJning faoliyati ham o‘rganilmoqda"deydi Bosh prokuratura vakili.

Odamlarning aytishiga ko‘ra, Umraga borib, qaytib kelolmaganlar ko‘chaga tashlab qo‘yilmagan. Ularning mehmonxonada yashashi va 3 mahal ovqati “Gulbahor airways” turistik firmasi tomonidan qoplab berilgan. Shuningdek, holatga munosabat bildirgan Turizm qo‘mitasi ham ziyoratchilar “Gulbahor airways” MCHJ faoliyatidan norozi bo‘lmaganini aytmoqda.

Qayd etilishicha, “Gulbahor airways” MCHJ tomonidan Umra tadbirlarini tashkil etishda ziyoratchilarga noqulaylik tug‘dirilganligi holati o‘rganilib, mazkur holat yuzasidan tegishli qonuniy choralar ko‘rilgan.

“Hozirda ziyoratchilar mehmonxonaga joylashtirilganligini ma’lum qilamiz. Amalga oshirilgan ishlar davomida ziyoratchilar tomonidan “Gulbahor airways” MCHJga e’tirozi yo‘qligi bildirilgan. Shuningdek, “Gulbahor airways” MCHJ Qo‘mitaning Toshkent shahar turizm boshqarmasi tomonidan litsenziya talablari va shartlariga amal qilinishi yuzasidan qat’iy ogohlantirildi”, deyiladi qo‘mita xabarida.

QALAMPIR.UZ bilan gaplashgan bir nechta turistik kompaniya vakillarining aytishicha, ular orasida aynan “Panorama airways” aviakompaniyasi bilan shartnoma tuzgan va aviaqatnovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmagani uchun shartnomani bekor qilganlar ham bor.

Yuqorida aytganimizdek, holat huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘rganilmoqda va yaqin kunlarda natijasi bo‘yicha aniq ma’lumotlar beriladi. Voqealar rivojini QALAMPIR.UZ’da kuzating.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Jul 16:14
 
93
0
qalampir.uz

Bolaga maishiy zo‘ravonlik qilganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda

Bugun, 16 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining navbatdagi yig‘ilishida oilaviy (maishiy) zo‘ravonliklardan himoyalash choralari kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqildi. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, amaldagi normada er-xotin

29 Jul 14:15
 
54
0
qalampir.uz

Test javoblarini va’da qilgan firibgar ushlandi

Toshkent shahrida OTMga kirishda topshiriladigan test javoblarini va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. Sergeli tumani IIO FMB navbatchilik qismi xabariga ko‘ra, noma’lum shaxs 23 yoshli J.I.ning ishonchiga kirib, Toshkentdagi oliygohlarning biridagi test savollariga to‘g‘ri javoblar ro‘yxatini topib berishni va’da qilgan. Jabrlanuvchi uning hisob raqamiga 885 096 so‘m o‘tkazgan. Shundan keyin, u umuman aloqa

26 Jul 11:34
 
63
0
xs.uz

Hunarmandlarga imtiyoz va imkoniyat yaratib berilmoqda

Raqamlarga murojaat qiladigan boʻlsak, 2018-2022-yillarda viloyatdagi hunarmandlarga 2091 ta loyiha uchun 71,1 milliard soʻm imtiyozli kredit berilgan. Shundan, Ishtixon tumanida 2022-2023-yillarda 198 nafar hunarmandga 7,5 milliard soʻm, Nurobod tumanida 80 nafar hunarmandga 2,2 milliard soʻm imtiyozli kredit ajratilgan. 2022-yilda 'Usta-shogird' maktabini yaratish va 7762 ta shogird biriktirilgan boʻlsa, hozirda bu koʻrsatkich 24 mingdan ortdi.' Viloyat mahallabay ishlash boshqarmasi tom

12 Jul 18:58
 
121
0
xs.uz

Samarqandda somonli maydon va “Matiz” yonib ketdi

Maʼlum qilinishicha, hodisa bugun, 12-iyul kuni soat 16:28 da Samarqand tumani Yangi ariq MFY hududida sodir boʻlgan. Viloyat FVBga Fuqaro J.O. boshqaruvidagi 'Matiz' rusumli avtomobil hamda yoʻl yoqasidagi 'I.A.S.' fermer xoʻjaligiga qarashli somon qoldiqlar mavjud maydonda yongʻin sodir boʻlganligi haqida xabar kelib tushgan.Chaqiruvga koʻra, voqea joyiga 2 ta Yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 16:37 da yetib borib, alanga soat 17:18 da oʻchirilgan.'Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va h