Tugʻma karlikni davolash boʻyicha olamshumul natijaga erishildi

Klinik sinovlar maktabgacha taʼlim yoshidagi 6 nafar tugʻma karlik nuqsoni bor bolada oʻtkazildi. Buning uchun yangi preparat quloqqa inyeksiya orqali yuborildi. Maʼlum muddat oʻtgach, olti bemordan besh nafarida eshitish hamda nutq funksiyalari tiklandi.
Olimlar olti oydan koʻproq vaqt davomida barcha bolalar ahvoli va salomatligini kuzatib borishdi. Ijobiy xulosaga kelingach, tadqiqot natijalari keng jamoatchilikka maʼlum qilindi.
Ularning qayd etishicha, yaratilgan dori quloqqa kiritilishi bilanoq eshitish qobiliyati bir zumda tiklanib qolmaydi. Muolajaning yaqqol natijalari inyeksiyadan toʻrt hafta oʻtib sezila boshlaydi.
Avval jonivorlar, soʻng insonlarda oʻtkazilgan sinovlar muvaffaqiyatli kechganiga qaramay, mutaxassislar yangi davolash usulini dunyo boʻylab ommaviy qoʻllash uchun hali biroz erta, degan xulosada.
Chunki gen terapiyasining xavfsizligi va samaradorligiga toʻliq ishonch hosil qilish uchun yana ayrim qoʻshimcha tadqiqot hamda kuzatuvlarga ehtiyoj bor. Shu bois u dastlabki bosqichda bir necha mamlakatdagina tibbiy amaliyotga tatbiq etilishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda dunyo boʻyicha 26 million kishi tugʻma karlikdan aziyat chekmoqda. Bunday tashxis qoʻyilgan bolalar miyasi normal rivojlana olmaydi. Hozirgacha mazkur nuqsonni bartaraf etishda koxlear implantlaridan boshqa samarali davolash usuli mavjud emas. Yangi kashfiyot natijalarini esa vaqt koʻrsatadi.
Trampning tahdidi quruq gapdan boshqa narsa emas — Putin
AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina masalasida Putin bilan muzokara oʻtkazish taklifini ilgari surmoqda. Agar Putin ushbu taklifni rad qilsa Tramp Rossiyaga iqtisodiy bosimni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda, deb yozadi 'The Wall Street Journal' nashri.Xabarga koʻra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Trampning bu tahdidini quruq gapdan boshqa narsa emas, deb hisoblaydi.'Urush mamlakat resurslari va ishchi kuchini quritgan boʻlsada, Kreml sanksiyalarni muvaffaqiyatli yengib chiqdi va Moskva
Toshkentdan deyarli 12 baravar katta aysberg Buyuk Britaniyaga tegishli oroli bilan toʻqnashishi mumkin
Dunyodagi eng katta A23a aysbergi deyarli 40-yillik harakatsizlikdan soʻng 2024-yilning noyabr oyida ochiq okean uzra suza boshlagan edi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, trillion tonnalik aysberg Atlantika okeani janubida joylashgan Buyuk Britaniyaning dengizorti oroli ' Janubiy Jorjiya bilan toʻqnashishi mumkin. Bu haqida 'France 24' nashri xabar berdi.Aysbergning okeandagi harakati tahlil qilinganida uning Buyuk Britaniya oroli tomon siljiyotgani aniqlangan.Okeanograf olimlar ushbu holatni di
“Qiyomat kuni” soati millari oldinga surildi
Global tahdidlar darajasini ifodalovchi 'Qiyomat kuni' soati millari 'yadroviy tun' boshlanishiga 89 soniya (23:58:31) qolganini koʻrsatmoqda. Yangilangan soat taqdimoti 28-yanvar kuni tashkilotning 'Bulletin of the Atomic Scientists' jurnali tomonidan efirga uzatildi.Amerika jurnali ushbu soat orqali 1947-yildan buyon har yili yadroviy xavfsizlik, iqlim oʻzgarishlari, texnologiyalar taraqqiyoti va biologik tahdidlar bilan bogʻliq xatarlardan ogohlantirib keladi. Soat millarini oʻzgartirish
Mudofaa va ichki ishlar vazirlari qatnashgan choʻmilish tadbirida 7 kishi vafot etdi – Hindiston
Hindistonda millionlab odamlarning bir vaqtda choʻmilishi oqibatida kamida 7 kishi vafot etdi. Bu mamlakatda oʻtkazilayotgan 'Kumbh Mela' festivalida fojia yuz berdi, deb xabar bermoqda 'NBS News' nashri.Xabarda aytilishicha, 29-yanvar kuni festival ishtirokchilari choʻmilish tadbirini oʻtkazmoqchi boʻlishgan. Millionlab odamlarning bir vaqtda choʻmilishga urinishi oqibatida ommaviy tiqilinch yuzaga keldi. Natijada 7 kishi vafot etib, oʻnga yaqin inson jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan