calendar 06 Feb 11:17
eye 62
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Microsoft rossiyalik xakerlarni kompaniya rahbarlarining elektron xatlarini o‘g‘irlashda aybladi

image

Midnight Blizzard guruhi (Nobelium nomi bilan ham tanilgan) xakerlar Microsoft rahbarlari, kiberxavfsizlik xodimlari, yuridik bo‘limlar va boshqa bo‘limlarning elektron pochta akkauntlariga kirishga erishdi. Bu haqda Microsoft blogida aytildi. 

Qayd etilishicha, hujum joriy yilning 12 yanvar kuni aniqlangan. Korporatsiya xakerlikni davlat hujumi deb atagan va Midnight Blizzard xakerlariga Rossiya hukumati homiylik qilganini aytgan.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, xakerlar 2023 yilning noyabrida Microsoft korporativ elektron pochta akkauntlarining juda kichik qismiga kirishgan.

Ular elektron pochta xabarlari va ularga biriktirilgan hujjatlarni o‘g‘irlashgan. Microsoft surishtiruvi shuni ko‘rsatdiki, xakerlar Midnight Blizzard bilan bog‘liq ma’lumotlarni elektron pochta orqali qidirgan.

Kompaniyaning qayd etishicha, hujum korporatsiya mahsulotlari yoki xizmatlarining zaifligi tufayli sodir bo‘lmagan.

Microsoft'ning ma’lum qilishicha, xakerlar foydalanuvchi xizmatlari, manba kodlari yoki sun’iy intellekt tizimlariga kirish imkoniga ega bo‘lgani haqida hech qanday dalil yo‘q.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 14:03
 
37
0
qalampir.uz

Tarixiy missiya: Xitoy Oyda tuproq yig‘ish uchun zondni ishga tushirdi

Xitoy tarixda birinchi marta Oyning narigi tomonidan tuproq namunalarini yig‘ib, ularni Yerga qaytaradigan uchuvchisiz kosmik kemani uchirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. Xitoyning eng katta raketasi Xaynan janubidagi Venchan sun’iy yo‘ldoshini uchirish markazidan og‘irligi 8 tonnadan ortiq bo‘lgan “Chan’e-6” zondi olib uchirildi. Zond raketadan ajralib chiqqach, Oy orbitasiga yetib borish uchun to‘rt-besh kun kerak bo‘ladi. “

02 Jul 15:07
 
32
0
qalampir.uz

Neuralink'ga ikkinchi ko‘ngillining miyasiga chip o‘rnatishga ruxsat berildi

Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi AQSH oziq-ovqat va farmatsevtika idorasidan (FDA) ikkinchi ko‘ngillining miyasiga kompyuter bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa qilish uchun chip o‘rnatishga ruxsat oldi. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri xabar berdi. Mask X ijtimoiy tarmog‘ida kompaniya allaqachon miya chipining ikkinchi oluvchisi bo‘lishni istagan har bir kishidan arizalarni qabul qila boshlaganini yozdi. “Bu bizning kibernetik miya impl

15 Jul 12:02
 
26
0
qalampir.uz

Kelajakda telefonlar bo‘lmaydi, faqat Neuralink – Ilon Mask

Amerikalik ishbilarmon, milliarder SpaceX va Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask kelajakda insoniyat an’anaviy smartfonlardan voz kechib, miyaga o‘rnatilgan implantlardan foydalanishini bashorat qildi. Bu haqda kecha, 17 iyun kuni X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. “Kelajakda telefonlar bo‘lmaydi, faqat Neuralink”, deb yozadi milliarder . Gap shundaki, Neuralink Maskning miya kompyuter interfeyslarini ishlab chiquvchi kompaniyalaridan biri bo‘lib, kompaniyaning

30 May 22:47
 
33
0
qalampir.uz

Olimlar suvaraklar armiyasini sinovdan o‘tkazdi

Singapurlik olimlar kiber suvaraklar armiyasini taqdim etdi. Bu haqda “Independent” nashri xabar berdi.  Singapurdagi Nanyang texnologik universiteti tadqiqotchilari suvaraklarga buyruqlar berib, ularning harakatlarini masofadan boshqarish mumkinligini sinab ko‘rdi. Natijada kiber suvaraklar armiyasi vujudga keldi. Dastlabki sinovlar cho‘l yerlarida amalga oshirildi. Tajriba davomida olimlar bir nechta mavjud muammolarni hal qilish uchun kiber suvaraklar uchun yangi na