calendar 05 Feb 17:52
eye 78
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

To‘qayev hukumatga iste’fo berdi

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev respublika hukumati iste’fosini qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

“Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasiga muvofiq qaror qilaman: Qozog‘iston Respublikasi hukumati iste’fosi qabul qilinsin, Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri vazifasi vaqtincha Roman Vasilevich Sklyar zimmasiga yuklansin”, deyiladi Prezident qarorida.

Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasi a’zolariga hukumatning yangi tarkibi tasdiqlangunga qadar o‘z vazifalarini bajarishni davom ettirish topshirildi. Mazkur Farmon imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq To‘qayev prezidentlikda qolish uchun Konstitutsiyani o‘zgartirmasligini aytgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 May 14:33
 
13
0
qalampir.uz

Litvada amaldagi davlat rahbari va Bosh vazir prezidentlik uchun kurashadi

Kecha, 12 may kuni Litvada prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Uning natijalari saylovlar ikkinchi bosqichda ham davom etishini ko‘rsatdi. Bu haqda “Delfi” xabar berdi. Bugun, 13 may o‘tar kechasi ma’lum bo‘lishicha, amaldagi davlat rahbari Gitanas Nauseda va Bosh vazir Ingrida Shimonite ikkinchi bosqichda o‘tish huquqini qo‘lga kiritgan. Ko‘pchilik ovozlarni sanab chiqish natijalariga ko‘ra, Nauseda 44,54 %, Simonit esa 19,94% ovoz olga

14 May 14:33
 
7
0
qalampir.uz

Shimoliy Makedoniyaning birinchi ayol Prezidenti rasman o‘z lavozimiga kirishdi

Shimoliy Makedoniyada 8 may kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozongan Gordana Silyanovska Davkova kecha, 12 may kuni mamlakat Prezidenti lavozimini egalladi. Bu haqda MRT 1 telekanali xabar berdi. Shimoliy Makedoniya Assambleyasida Silyanovska Davkovaning qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda sud va ijro hokimiyati organlarining yuqori martabali vakillari, diniy arboblar va xorijiy elchilar ishtirok etdi. Silyanovska yig‘ili

14 May 14:33
 
11
0
qalampir.uz

Belgoroddagi ko‘p qavatli uyning qulashi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Ukraina Qurolli kuchlari hujumi oqibatida Belgoroddagi o‘n qavatli pod’ezd qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 15 nafarga yetdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi. “Qutqaruvchilar Belgorodda vayronalar ostidan 15-qurbonni olib chiqdi”, deyiladi xabarda. FVVning ma’lum qilishicha, soat 6:30da Belgorodda qidiruv-qutqaruv va vayronalarni tozalash ishlari yakunlangan. Qurbonlar orasida ikki bola bor. Mutaxassislar 17 kishini qutqarishga

14 May 14:33
 
4
0
qalampir.uz

G‘azodagi Isroil agressiyasi qurbonlari soni 35 mingdan oshdi

Isroilning G‘azo sektorida 2023 yil 7 oktyabrdan beri davom etayotgan tajovuzi oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 35 ming 34 nafarga yetdi, yana 78 ming 755 kishi yaralandi. Bu haqda G‘azo sektoridagi Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi. Qayd etilishicha, so‘nggi 24 soat ichida anklavning yana 63 nafar fuqarosi halok bo‘lgan, 114 nafari jarohatlangan. Ta’kidlanishicha, halok bo‘lganlarning jasadlari hamon vayron bo‘lgan binolar ostida va yo‘l ch