calendar 05 Feb 17:02
eye 49
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Farmatsevtika bint, spirt, shprits, analgin va sitramondan ortmayapti – Prezident

image

O‘zbekiston farmatsevtikasida ishlab chiqarish bint, spirt, shprits, analgin va sitramondan ortmayapti. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 5 fevral kuni o‘tkazilayotgan 2024 yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida gapirdi.

Qayd etilishicha, mamlakatda farmatsevtika bozori hajmi 2 milliard dollarga yetgan. Lekin, bu bozorda mahalliy mahsulotlar ulushi fizik hajmda 40-45 foiz bo‘lsa-da, pul qiymatida 20 foizdan oshmaydi.

Oddiy qilib aytganda, o‘zimizda ishlab chiqarish bint, spirt, shprits, analgin va sitramondan nariga o‘tmayapti. Dorilarni yashirin aylanmasi bo‘yicha yetarli choralar ko‘rilmayapti.

Yig‘ilishda dori vositalaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirish ishlari sustligi ko‘rsatib o‘tildi.

“Ayniqsa, antibiotik qabul qilish ustidan nazorat umuman yo‘q. Protokollarga amal qilmasdan, “pul ishlash” uchun farm-kompaniyalar foydasiga retsept yozilyapti. Bundan xalqimizni sog‘lig‘i ham, cho‘ntagi ham zarar ko‘ryapti”, deydi Prezident.

Yig‘ilishda kasalga aniq tashxis qo‘yish va davolashda vrachlarning aksariyatida texnologik karta mavjud emasligi, ayrim protokollar esa eskirgani ko‘rsatib o‘tildi. Poliklinika va shifoxonalarda xalq tabobati xonalari va fitobarlar tashkil qilish o‘z holiga tashlab qo‘yilgan.

Shu munosabat bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning Loyiha ofisiga xorijiy ekspertlarni jalb qilib, 300 ta klinik protokol va standartlarni xalqaro mezonlarga moslashtirish topshirildi.

Oilaviy shifokorlarga kasalligi yengil bo‘lgan bemorlarni dori bilan emas, immunitetni ko‘taradigan tabiiy vositalar, jismoniy mashq va fitoterapiya bilan davolashni o‘rgatish muhimligi ta’kidlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 14:01
 
50
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Gruziya oʻrtasidagi parlamentlararo aloqalar yanada mustahkamlanadi

Kecha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilovning Gruziya Parlamenti Raisi Shalva Papuashvili boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.Muloqot chogʻida delegatsiya aʼzolariga 'Oʻzbekiston ' 2030' strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar, uning doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiya normalarini roʻyobga chiqarish borasidagi saʼy-harakatlar hamda Qon

14 May 14:34
 
8
0
qalampir.uz

Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida 4 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda poytaxt IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi. Kecha, 13 may kuni soat 18:00 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida Matiz, Lacetti, Spark va Isuzu rusumli avtomashinalar to‘qnashgan. Ushbu YTH oqibatida 2 nafar fuqaro tan jarohati olgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlar

15 May 16:23
 
10
0
qalampir.uz

Qashqadaryoda erkak tanish ayolining yalang‘och rasmlarini tarqatmaslik uchun pul so‘radi   

Qashqadaryoda kirakash erkak sevgilisining yalang‘och rasm va videolarini tarqatib yubormaslik uchun 2 million 800 ming so‘m so‘radi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand shahrida yashovchi 27 yoshli (ayol) G.S. murojaat qilib, noma’lum shaxs uning yalang‘och holdagi video va foto tasvirlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yubormaslik evaziga 2,8 million so‘m talab qilayotganini aytgan. Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘

15 May 17:41
 
4
0
qalampir.uz

Surxondaryoda ayiq otib o‘ldirildi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda aholi yashaydigan hududga kelib qolgan ayiq otib o‘ldirilgani haqida xabar tarqaldi. Bunga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, joriy yilning 15 may kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi “Jannatmakon” MFY hududiga kutilmaganda ayiq kelib qolgan. Yirtqich hayvon aholi turar joylariga kirib, insonlar hayotiga xavf tug‘dirgan. Ayiqni zararsizlantirish jarayonida yir