calendar 05 Feb 10:06
eye 72
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Senat AQSH-Meksika chegarasidagi noqonuniy migratsiyaga qarshi 20,23 millard ajratmoqchi

image

AQSH Senati tomonidan Ukraina va Isroilga yordam ko‘rsatish, shuningdek, AQSH-Meksika chegarasi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha taqdim etilgan paketli bitimlarda 20,23 milliard dollar ajratish ko‘zda tutilgan. Buni Kongressning yuqori palatasi tomonidan belgilangan ehtiyojlar uchun qo‘shimcha byudjet xarajatlari to‘g‘risida tayyorlangan qonun loyihasi matni tasdiqlaydi. Hujjatni kecha, 4 fevral kuni Senatning mablag‘lar qo‘mitasi raisi Pet Myurrey e’lon qildi.

“118,28 milliard dollarlik qo‘shimcha milliy xavfsizlik xarajatlari paketi mavjud operatsion ehtiyojlarni qondirish va mamlakatimiz chegaralarida imkoniyatlarni kengaytirish, paketga kiritilgan yangi chegara siyosatini qo‘llab-quvvatlash va fentanil hamda boshqa giyohvand moddalar oqimini to‘xtatish uchun 20,23 milliard dollarni o‘z ichiga oladi”, deyilgan matnda. 

Tashabbus chegarani noqonuniy kesib o‘tgan xorijliklar soni ma’lum darajaga yetsa, migrantlar uchun samarali tarzda chegarani yopish mexanizmini o‘z ichiga oladi.  

“Noqonuniy muhojirlar tomonidan chegarani kesib o‘tishlarning o‘rtacha soni bir hafta ichida kuniga 4000 dan 5000 gacha bo‘lsa, favqulodda chegara vakolatlari qo‘llanilishi mumkin va agar yetti kunlik o‘rtacha miqdor 5000 dan oshsa, chaqirilishi kerak”, deyiladi qonun loyihasida. 

Senatorlar, shuningdek, muhojirlarning boshpana olishini qiyinlashtirishni taklif qilgan. 

Biroq Vakillar palatasida Oq uy ishtirokida senatorlar tomonidan kelishilgan qonun loyihasi taqdiri noaniq. Qolaversa, Kongress quyi palatasida ko‘pchilikni tashkil qiluvchi AQSHning muxolif Respublikachilar partiyasi qonunchilari qonun loyihasini hozirgi ko‘rinishida qo‘llab-quvvatlamaydi, deb gumon qilish uchun barcha asoslar bor. Vakillar palatasi spikeri, respublikachi Mayk Jonson yaqinda aynan shu nuqtai nazardan gapirdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Jul 09:27
 
44
0
qalampir.uz

Rossiya va Eron Kaspiy dengizida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

Rossiya va Eron Kaspiy dengizida qo‘shma mashg‘ulotlarni boshladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.   Mashqlarda Kaspiy flotiliyasining SB-45 qutqaruv kemasi ishtirok etmoqda. “Shartli ravishda shikastlangan kemaga yordam berish, suvda bo‘lgan ekipajni qidirish va qutqarish, shuningdek favqulodda kemani tortib olish ko‘nikmalari ishlab chiqilmoqda”, deyiladi xabarda. Shuningdek, SB-45 kemalar va qirg‘oq inshootlaridagi yong‘inlarni o‘chi

26 Jul 10:21
 
43
0
xs.uz

Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiya rahbari bilan nimalarni muhokama qildi?

Suriyalik siyosatchining Kremldagi aniq missiyasi haqida deyarli maʼlumotlar mavjud emas. Ammo bu uchrashuv ikki davlat oʻrtasidagi ittifoqchilikni koʻrsatib berishi mumkin. Bu haqda 'Deutsche Welle' nashri xabar berdi.Qayd etilishicha, uchrashuvda Asad Yaqin Sharq boʻylab mojarolar kuchayib borayotganidan xavotir bildirgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu keskinlashuvni alohida taʼkidlab, bunday holatlarning Suriyaga bevosita taʼsirini qayd etgan. Bashar Asad ham bugungi kundagi glob

15 Jul 22:11
 
224
0
qalampir.uz

“Hizbulloh” Isroilning harbiy bazasiga hujum qildi

“Hizbulloh” Isroilning Livan bilan chegarasi yaqinidagi “Branit” harbiy bazasiga raketa hujumi uyushtirdi. Bu haqda NNA xabar berdi. Axborot agentligiga ko‘ra, Isroil harbiy-havo kuchlari mamlakat janubiy hududlari ustidan past balandlikda uchib, Livan havo hududini buzgan. Shuningdek, isroillik uchuvchilar Livan uzra ovoz to‘sig‘ini buzib, portlashlarga o‘xshagan kuchli ovoz keltirib chiqargani xabar qilingan. Ma’lumot uchun, Livan-Isroil chegarasi yaq

17 Jul 19:58
 
85
0
qalampir.uz

Ukraina Rossiyaning to‘rtta viloyatiga dron bilan hujum qildi

Bugun, 17 iyulga o‘tar kechasi Ukraina Rossiya hududiga dronlar yordamida yana hujum qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.  Tunda havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaning beshta dronini – Bryansk viloyatida ikkita, Voronej viloyatida ikkita va Belgorod viloyatida yana bitta dronni urib tushirgan. Bryansk viloyati gubernatori Aleksandr Bogomazning ma’lum qilishicha, viloyatning Suraj tumanida ikkita dron yo‘q qilingan, qurbonlar va vayronalar yo‘q.&n