calendar 04 Feb 17:01
eye 73
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Usik va Fyuri o‘rtasidagi jang bekor qilindi. Jalolov ham ringga chiqmaydi

image

Joriy yilning 17 fevral kunida Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda super og‘ir vazn toifasidagi jangchilar britaniyalik Tayson Fyuri va ukrainalik Aleksandr Usik o‘rtasidagi mutlaq chempionlik uchun jang o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Jangga 2 hafta qolganida Fyuri qoshidan jiddiy jarohati borligini ma’lum qildi.

Dastlab, tashkilotchilar jang kuni Usikka boshqa raqib topib berish borasida ish olib borishlari ma’lum bo‘ldi, biroq biroz vaqt o‘tib turnir butunlay bekor qilindi.

Shunday qilib, o‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov chernogoriyalik Dilan Prashovichga qarshi jang qilmaydi. 

Qayd etish joiz, bu Usik-Fyuri jangining 2-marta bekor qilinishi hisoblanadi. Tomonlarning 1-to‘qnashuvi oldidan ham aynan Fyuri jarohati bois ringga ko‘tarila olmasligini aytgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
27
0
qalampir.uz

Ajiotaj boshlandi. “Real” marketingi Mbappe futbolkalari sotuvida muammoga duch kelmoqda

Mbappe nomi yozilgan futbolkalarga talab shunchalik ko‘paydiki, “Real Madrid”ning marketing tizimi yetkazib berish kechikishi haqida muxlislarni oldindan ogohlantirmoqda. Bu haqda “Marca” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, kechikishlar to‘rt haftadan olti haftagacha bo‘lishi mumkin. “Real Madrid” mutasaddilari Mbappe nomi tushirilgan futbolkalarga bunchalik katta talab bo‘lishini kutmagan. Bunday holat faqat 2009 yilda Krishtianu Ronaldu “Mancheste

02 Jun 10:48
 
16
0
qalampir.uz

Maxachev va Pore tarozi marosimida qatnashdi (video)

UFC 302 turniri ertaga, 2 iyun kuni AQSHning Nyuark shahrida bo‘lib o‘tadi, markaziy jang rossiyalik Islom Maxachev va amerikalik Dastin Pore o‘rtasida yengil vazn toifasida chempionlik kamari uchun o‘tkaziladi.  Rasmiy vazn o‘lchash marosimi kecha, 31 may kuni bo‘lib o‘tdi. Maxachev va Pore tarozida bir xil vazn ko‘rsatdi – 70,3 kg. Tomonlar o‘rtasidagi ikkinchi sterdaun nisbatan vazmin ruhda kechdi.  32 yoshli Maxachev so‘nggi bor 2023 yil oktya

11 Jun 13:05
 
27
0
qalampir.uz

Bugun O‘zbekiston Eron bilan o‘ynaydi

Bugun, 11 iyun kuni futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda Eron bilan kuch sinashadi. Saralashning 2-raundida o‘tkaziladigan ushbu bahs “E” guruhida g‘olib jamoani aniqlab beradi. Hozirda O‘zbekistonda ham, Eron hisobida ham 13 ochko mavjud. Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki bahs Toshkentda o‘tkazilgan bo‘lib, o‘yinda 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etilgan. “Oq bo‘rilar” Eronga

28 Jun 11:25
 
26
0
qalampir.uz

Gruziya terma jamoasiga 10 million dollar mukofot berildi

Gruziya terma jamoasi futbolchilari Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan Yevropa chempionatining pley-off bosqichiga chiqqani uchun va’da qilingan 30 million dollar pul mukofotidan 10 million dollarini olib ulgurdi. Bu haqda Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze ma’lum qildi. “Guruhdan chiqish uchun belgilangan dastlabki 30 million dollar allaqachon terma jamoaga o‘tkazildi va terma jamoa futbolchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda biz ularga navbatdagi o‘yindagi g‘alaba