calendar 04 Feb 10:31
eye 71
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda foiz evaziga pul berib, qarzdorlarning uy-joylarini tortib olgan shaxs ushlandi

image

Toshkentda foiz evaziga pul berib, qarzdorlarning uy-joylarini tortib olish bilan shug‘ullangan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik), 168-moddasi (Firibgarlik) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida 1993 yilda tug‘ilgan Tohirjon Abdumalikov Abdug‘appor o‘g‘li jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlangan. Unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. 

O‘tkazilgan tergov harakatari davomida aniqlanishicha, ushbu shaxs fuqarolarga foiz evaziga pul berib, qarz olgan shaxsning nomida bo‘lgan turarjoy va transport vositalarini garov evaziga o‘zining nomiga rasmiylashtirib olgan. Fuqarolar belgilangan muddatda qarz va foizlarini bermagan taqdirda uy-joydan oilasi bilan chiqarib yuborish va transport vositasini tortib olish bilan shug‘ullanib kelgan. Vaholanki, garovga qo‘yilgan mulk miqdori foiz evaziga berilgan pul mablag‘idan 3-4 barobar ko‘p bo‘lgan.

“Hurmatli fuqarolar agar siz ushbu shaxsdan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxsning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 Telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, deyiladi murojaatda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda manzil-koloniyadagi mahkum yana jinoyat sodir etgani aniqlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 15:40
 
271
0
xs.uz

Gaz “zapravka”lar uchun qoʻshimcha talablar belgilandi

Hujjatga koʻra, 2024-yil 1-sentyabrdan neft, gaz (shu jumladan, siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazi) va gaz kondensatini qazib olish va qayta ishlash uchun litsenziya olishda koʻrsatiladigan texnologik jarayonlar va texnologik uskunalarning holati texnik jihatdan tartibga solinadi.Yangi AGTKSHlar qurish uchun tabiiy gaz tarmoqlariga ulanish boʻyicha texnik shartlar va litsenziya faqat Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Energetika vazirligining taqdimnomasiga koʻra beril

15 Jul 20:48
 
150
0
qalampir.uz

Toshkentda erkak ayolini pichoqlab o‘ldirdi

Toshkentda erkak ayolini rashk sabab pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 10 iyul kuni soat taxminan 22:00 larda 1977 yilda tug‘ilgan S.E. Yangihayot tumani “Chortoq” MFYda joylashgan xususiy korxonaga qarashli novvoyxonada shar’iy nikohidagi turmush o‘rtog‘i D.M. bilan janjallashib qolgan. U ayolni qasddan o‘ldirish maqsadida badanining turli qismlariga

15 Jul 12:03
 
54
0
xs.uz

Jizzaxda ayiq ikki kishiga tashlanib, ularni oʻldirgani aytildi

Maʼlum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlarga sabab boʻlayotgan ushbu holat aslida Rossiyaning Baykalorti oʻlkasida sodir boʻlgani aniqlandi. Bu haqida Rossiya Federatsiyasi Amur viloyatining Hayvonot dunyosini muhofaza qilish boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan rasmiy munosabat bildirilgan.Ekologiya boshqarmasiga koʻra, bu kabi notoʻgʻri maʼlumotlarga ishonmaslikni soʻradi va qonunchilikda yolgʻon xabarlar tarqatgan shaxslar javobgarlikka tortilishi mumkin.

26 Jul 10:20
 
31
0
xs.uz

Firibgarlar “bir dumalab” kadastr xodimiga aylanib oldi

Maʼlum boʻlishicha, Kadastrlar palatasi Denov tumani filiali muhandisi Oʻ.N. fuqaro A.N.ning ishonchiga kirib, uning akasiga tegishli uy-joyning kadastr hujjatlarini 2 ming AQSH dollari evaziga rasmiylashtirib berishini aytib, 1 ming 800 AQSH dollari va 2,5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.Shu kabi yana bir holat Qumqoʻrgʻon tumanida aniqlangan. Qayd etilishicha, oʻzini goʻyoki Qumqoʻrgʻon tumani kadastr boʻlimi xodimi sifatida tanishtirgan fuqaro F.B. fuqaro