calendar 04 Feb 05:00
eye 74
comments 0
comments Manba: xs.uz

Spiker oʻrinbosari tekstil korxonasi faoliyati bilan tanishdi

image
Korxonada Germaniyaning 'Karl gross', 'Digel' kabi jahonga mashhur brendlari nomi ostida erkaklar va bolalar kostyum-shimlari ishlab chiqarilmoqda. Ayni vaqtda yirik loyihaning ishga tushirilgan birinchi bosqichi doirasida 500 kishi mehnat qilmoqda. Korxona loyihasining navbatdagi bosqichlari 2024-2025-yillar davomida toʻliq ishga tushiriladi.

Loyihaning umumiy qiymati 40 million AQSH dollarini tashkil etib, toʻliq ishga tushishi hisobiga 3 mingta yangi ish oʻrni yaratiladi. Loyihani amalga oshirish uchun Germaniya va Turkiya davlatlaridan zamonaviy asbob-uskunalar olib kelib oʻrnatilgan. Korxona yiliga bir million dona tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlib, yillik eksport hajmi 15 million dollarni tashkil etadi.

Spiker oʻrinbosari Aktam Xaitov Namangan shahar hokimi Anvarjon Otaxoʻjayev hamrohligida korxona ishchi- xodimlari bilan muloqotda boʻldi.

Uchrashuvda qayd etilganidek, davlatimiz rahbari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, aholi, ayniqsa, xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlardan asosiy maqsad xalqimizning rozi qilishdir.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

28 May 13:06
 
245
0
qalampir.uz

Mirziyoyev va Putin “G‘alaba bog‘i”ga bordi

O‘zbekiston-Rossiya sammiti doirasida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Toshkent shahridagi "G‘alaba bog‘i" yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Keng majmua bir nechta hududga bo‘lingan bo‘lib, har biri alohida mavzuga bag‘ishlangan – urush dahshatlari va askarlar qahramonligi, front ortidagi ishchilar matonati va fidoyiligi, qayg‘u va dard, shodlik va shukronalik. Bu yerga tashrif davom

18 Jul 15:56
 
46
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning tor doiradagi uchrashuvi'boʻlib oʻtdi.Uchrashuvda ikki mamlakat hamkorligining dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.Suhbat avvalida davlatimiz rahbari oliy martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, keyingi yillarda birgalikdagi saʼy-harakatlar tufayli uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan koʻp qirrali hamkorlikni tubdan kengaytirish uchun yaxshi zamin yaratilgan

03 Jul 16:01
 
36
0
qalampir.uz

Katta Farg‘ona kanalidan 33 yoshli erkakning jasadi topildi (video)

Katta Farg‘ona kanalidan 33 yoshli erkakning jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.        Bildirilishicha, joriy yilning 22 iyun kuni 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro T. O‘. Farg‘ona viloyati Samandarak hududidan oqib o‘tuvchi Farg‘ona kanaliga cho‘milish maqsadida tushib, qaytib chiqmagan.                Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 28

09 Jul 11:43
 
38
0
qalampir.uz

Samarqandda Nexia-2 Siyob kanaliga tushib ketdi (video)

Samarqand shahrida Nexia-2 rusumli avtomobil Siyob kanaliga tushib ketdi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 7 iyul kuni soat 13:30 lar atrofida Samarqand shahar A.Jomiy ko‘chasida Nexia-2 rusumli transport vositasi harakatlanib kelib, avtomashinada texnik nosozlik yuzaga kelganligi sababli rul boshqaruvini yo‘qotib yo‘lning o‘ng tomonidan oqib o‘tuvchi Siyob kanaliga tushib ketib YTH sodir bo