calendar 03 Feb 11:31
eye 97
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Samarqandda bozor raisi qamoqqa olindi

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Paxtachi tumanidagi bozorga rais etib tayinlangan shaxsning qamalganidan so‘ng onasi norozi bo‘lib qilgan videomurojaati tarqaldi. Holatga viloyat prokuraturasi munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, bozor raisi G.A. va V.N.lar ishchi xodimlarining 113 mln so‘mdan ortiq maoshlarini ularga to‘lab bermasdan, shtatlar jadvalida mavjud bo‘lmagan 8 nafar xodimlarga 13 mln 781 ming so‘m ish haqi tashlab berib, tasdiqlangan shtatlar jadvaliga nisbatan xodimlarga 24 mln 594 ming so‘mlik oylik ish haqlarini ortiqcha hisoblab, ushbu pul mablag‘larini talon-toroj qilishgan.

Bundan tashqari, tergovda viloyat bozorlar va savdo komplekslari uyushmasi tomonidan berilgan 68 mln 250 ming so‘mlik mahsulotlarni talon-toroj qilishgani aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan “Paxtachi dehqon bozori” MCHJ rahbari G.A. va jamiyatning bosh hisobchisi V.N.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 2 nafar gumonlanuvchiga nisbatan sudning ajrimi bilan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ushbu jinoyat ishi bo‘yicha Paxtachi tumani prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilib, jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tuman sudiga yuborilgan.Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha sud muhokamasi olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
63
0
xs.uz

Toshkentda noqonuniy elektron tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullangan shaxslarning faoliyati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahardagi boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'B.S.' MCHJga qarashli savdo shoxobchalarida hech qanday ruxsatnomalarsiz turli nomdagi tamaki va elektron tamaki mahsulotlari savdoga qoʻyilgani aniqlangan.Ushbu nuqtalardan umumiy qiymati qariyb 12 milliard soʻmlik mahsulotlar, jumladan, 56 mingdan ortiq elektron tamaki, 25 mingdan ziyod suyuqliklar, 10 mingdan ortiq tamaki chekish uskunalari va minglab kalyan vositalari daliliy

01 Jun 03:47
 
115
0
xs.uz

Buxoroda 20 va 16 nafardan bolalarni tashigan “Damas” haydovchilariga chora koʻrildi

Maʼlum qilinishicha, Jondor tumanida YPX xodimlari tomonidan 'Damas' rusumli avtomobil toʻxtatilib tekshirilganda, transport vositasida jami 20 nafar, boshqa bir holatda esa 16 nafar voyaga yetmagan bolalar va fuqarolarni olib ketilayotgani aniqlangan.'Qilgan ishimdan pushaymonman. Bolalarning xavfsizligi hamma narsadan muhimroq', deydi haydovchilardan biri.Yuqoridagi har ikkala holatda ham haydovchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralari qoʻllanilgan.Shuningdek, bu holatlarga

15 Jun 10:46
 
26
0
xs.uz

Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi

Bugun, 14-iyun kuni poytaxtimizdagi 'Xalqlar doʻstligi' sanʼat saroyida Toshkent davlat tibbiyot universitetining 'Bitiruvchi ' 2025' tantanali marosimi boʻlib oʻtdi. 'Xalq soʻzi' muxbiri mazkur tadbirning eng esda qolarli lahzalarni kamera obyektiviga muhrladi.Ushbu voqelik mamlakatimizdagi tibbiyot sohasini yangi avlod shifokorlari bilan toʻldirishga bagʻishlanganligi bilan ham muhim ahamiyatga ega.Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay

08 Jun 02:26
 
30
0
xs.uz

Togʻdan sel kelishi oqibatida “Qamchiq” dovonida yoʻlning bir qismi vaqtincha yopildi

'Qamchiq' dovoni hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining 137-kilometrida yogʻingarchilik natijasida togʻdan kelgan sel oqibatida tosh va shagʻal aralashmalari yoʻlni qoplagan. Oqibatda dovon yoʻlining bir qismi vaqtincha yopilgan, deb xabar bermoqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati.Qoʻshimcha qilinishicha, 'Qamchiq' dovoni hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining ushbu qismida ikki tomonlama harakat vaqtincha faqat 'Toshkent ' Vodiy' yoʻnalishida tashkil etilgan.'YPX xodiml