calendar 02 Feb 16:30
eye 63
comments 0
comments Manba: xs.uz

Isitilmaydigan issiqxonalar

image
Taʼbir joiz boʻlsa, bunday issiqxonalar oʻz gʻamini oʻzi yeydi, yaʼni kerakli issiqlikni oʻzi yigʻadi. Gap shundaki, ular sharqdan-gʻarbga ' kun botish tomonga 14 gradus burilgan sharoitda quriladi va shimol tomoni maxsus qalin isitish koʻrpalari bilan yopiladi.

' Maʼlumki, Oʻzbekistonda yilning 300 kuni kuyoshli. Bu tabiiy-iqlimiy sharoitimiz tufayli issiqxona xoʻjaligi yuritishdagi Xitoyning amalda sinalgan va yuqori natija berayotgan ayni texnologiyasi yurtimiz dehqonlari uchun ham juda qoʻl keladi, ' deydi Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligining Sirdaryo viloyati boʻlimi boshligʻi Akmal Qultoyev. ' Bunday issiqxonalarning qurilish shakli-shamoyili kun davomida quyosh energiyasini xuddi akkumulyator singari oʻz ichiga yigʻishga moslashtirilgan. Kun botishi bilan esa issiqxona tomi yigʻilgan issiqlikni saqlovchi maxsus koʻrpalar bilan yopiladi. Shunday qilib, kunduzi toʻplangan issiqlik hisobiga issiqxonadagi harorat moʻtadil ushlab turiladi. Ekin maydoni sahni yerning muzlash qatlamidan 40 santimetr pastda boʻlishida ham kerakli haroratni saqlash maqsadi bor. Isitilmaydigan issiqxonalar maydoni ixcham boʻlib, uncha katta boʻlmaydi va bu holat issiqlik toʻplash hamda uni saqlashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.



Aytish lozimki, hozirgi kunda viloyat boʻyicha Xitoy texnologiyasi asosidagi 38,3 gektar ana shunday issiqxonalar mavjud. Xususan, Sardoba tumanidagi 'Imkon qadri' MCHJ tomonidan tajriba tariqasida 2 sotixdan 4 ta ayni turdagi issiqxona qurilgan. Dastlabki natijalar yaxshi, ayni paytda ushbu issiqxonalarda turli koʻkatlar oʻstirilmoqda.

Hozirda Boyovut tumanida 80 gektar maydonda 5 sotixdan 1600 ta ayni turdagi issiqxonalarning qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu kam xarajatli oynavand dalalar foydalanish uchun Sirdaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan 'Ijtimoiy issiqxona loyihasi' doirasida aholining band boʻlmagan va ijtimoiy koʻmakka ehtiyojmand vakillariga beriladi.

Ahmadali SHERNAZAROV, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:53
 
30
0
xs.uz

270,3 million yoʻlovchi… Toshkent metropolitenidan foydalanish 57 foizga oshdi

2024-yilda Toshkent metropolitenida jami 270,3 million nafar yoʻlovchi tashildi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlumot berdi. Ushbu koʻrsatkich 2023-yil bilan solishtirilganda 98,3 million nafar yoki 57,2 foizga oshgani qayd etilgan.Metropolitenda yoʻlovchilar oqimi oxirgi yillarda izchil oʻsish tendensiyasini koʻrsatmoqda. Agar 2020-yilda faqat 38,8 million nafar yoʻlovchi tashilgan boʻlsa, 2021-yilda bu raqam 101,8 millionga yetdi. 2022-yilda esa 136,7 million yoʻlovchi xizmatdan foy

27 Jan 00:53
 
22
0
xs.uz

Firibgar qurilish obyektini “olib berish” uchun 7 ming soʻradi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan ushbu tadbirda aniqlanishicha, fuqaro A.A. tadbirkor M.X.ga Toshkent viloyati, Olmaliq shahridagi oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish ishlaridan qurilish obyektini olib berishi evaziga 7 ming AQSH dollari soʻragan.Xabar qilinishicha, fuqa

31 Jan 15:21
 
21
0
xs.uz

“Bolalar salomatligi” axborot tizimi ishga tushiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-yanvar kuni ijtimoiy yordamlarning manzilliligini oshirish, nogironligi boʻlganlarni parvarishlashning yangi tizimiga oid taqdimot bilan tanishdi.Bu haqda 13-dekabrda boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida topshiriq berilgan edi. Shunga muvofiq, jahon tajribasi va hayot talabini inobatga olgan holda, qator takliflar ishlab chiqildi.Jumladan, 'Ayollar daftari' va 'Yoshlar daftari' orqali ijtimoiy yordamlar 'Kambagʻal oilalar reyestri'ga kirgan oilalarga koʻ

27 Jan 00:53
 
33
0
xs.uz

Sizni iliq va quyoshli dam olish kunlari kutilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi 25-26-yanvarda Respublikamizda hukm suradigan ob-havo haqidagi maʼlumotni boʻlishdi.Markazning maʼlum qilishicha, dam olish kunlari sovuq havo massalari Respublikadan chekina boshlaydi. Havo harorati koʻtarilishi fonida butun mamlakat boʻylab quyoshli va iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda.Shanba kuni kechasi havo harorati 2 dan 7 darajagacha sovuq oraligʻida saqlanib, kunduzi 7-12 darajagacha iliq boʻladi. Yakshanba kuni esa kech