calendar 01 Feb 16:55
eye 59
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Surxondaryoda yosh bolasini qiynagan otaga hukm o‘qildi

image

Termizda yosh bolasini urib-so‘kib, unga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan ota 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda Surxondaryo viloyati sudlari xabar berdi.

Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudida 1981 yilda tug‘ilgan, besh nafar farzandning otasi bo‘lgan A.E.ga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilib, hukm o‘qilgan.

Sudning qaroriga muvofiq, A.E. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (haqorat qilish) va 59-2-moddasi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, unga MJtKning 34-moddasiga (bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanish) asosan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq ijtimoiy tarmoqda ota yosh bolasini urib, unga shafqatsiz munosabatda bo‘layotgani aks etgan video tarqalgan edi. 

Shundan so‘ng, mazkur holat Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilib, voqea Termiz shahrida sodir bo‘lgani hamda zo‘ravon otaga nisbatan qonuniy qaror qabul qilinishi va bu haqida qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytildi.

Ma’lum qilinishicha, Termiz shahrining “Temiryo‘lchi” mahallasida yashovchi 42 yoshli erkak 2024 yil 28 yanvar kuni yashash uyida 4 yoshli o‘g‘lini qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilib, yengil tan jarohati yetkazgan. Bunga bolaning har kuni do‘konga olib borishini hamda turli xil shirinlik va o‘yinchoqlar olib berishini so‘ragani sabab qilib keltirilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:59
 
44
0
qalampir.uz

Jizzaxda o‘quvchiga qo‘l ko‘targan o‘qituvchi jazolandi

Jizzax viloyati Zomin tumanida o‘quvchiga tarsaki tushirgan o‘qituvchi jazolandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.  Bolalar ombudsmaniga kaltak yegan o‘quvchining onasidan murojaat kelib tushgan. Murojaatda ona 2023 yilning 26 dekabr kuni maktabda o‘qituvchi S.M  o‘g‘lining (7-sinf o‘quvchisi) yuz qismiga bir necha bor tarsaki urib, uni turli nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilganini bildirgan. Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta

11 Apr 13:59
 
49
0
qalampir.uz

Hayit namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2024 yil Ramazon hayiti (Iydul fitr) 10 aprel (shavvol oyining 1 kuni) chorshanba kuniga to‘g‘ri kelayotgani munosabati bilan hayit namozi vaqtlarini belgilab chiqdi. Shunga ko‘ra, 2024 yil 10 aprel kuni Ramazon hayiti namozi quyidagi vaqtlarda o‘qiladi: Andijon viloyati   06:00 Namangan viloyati   06:00 Farg‘ona viloyati   06:00 Toshkent viloyati   06:10  Toshkent shahri   06:10 Sirdaryo viloyati  

23 Apr 03:35
 
40
0
xs.uz

Prezidentlar Oʻzbekistonning Dushanbedagi elchixonasi yangi binosini tantanali ravishda ochdilar

Davlat rahbarlari ramziy tasmani kesib, Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonasi binosini ochib berdilar. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.Prezidentlar elchixona binosida diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.Elchixonada mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan ishlarni samarali tashkil etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon elchixona Faxriy m

23 Apr 03:35
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Tojikiston yetakchilari “Made in Uzbekistan” koʻrgazmasi bilan tanishdilar

Yetakchilar 'Made in Uzbekistan' brendi ostida tashkil etilgan pavilyon bilan tanishdilar. Unda mamlakatimiz avtomobilsozligining yuqori texnologik mahsulotlari, elektr va qishloq xoʻjaligi texnikasi, tayyor oziq-ovqat mahsulotlari, kimyo, toʻqimachilik, farmatsevtika va boshqa sanoat tarmoqlarining tovarlari namoyish etilgan.Davlat rahbarlari yetakchi korxonalar kooperatsiyasini kengaytirish, oʻzaro tajriba va texnologiyalar bilan almashish zarurligini taʼkidladilar.