Oʻzbekiston elektr energetikasi va yangi texnologiyalar sohasida xalqaro taʼlim muassasasi tashkil etiladi

'Oʻzenergoinjiniring' AJ va Xitoyning elektr energetikasida rejalashtirish va injiniring instituti (EPPEI) rejalashtirish, injiniring va maslahatlashuvlar sohasida birgalikda qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisida kelishib oldilar. Korxona faoliyatining asosiy yoʻnalishlari sifatida quyidagilar koʻzda tutilmoqda:
' Zamonaviy sharoitlarni, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini integratsiya qilishni inobatga olgan holda mamlakat elektr energetikasini rivojlantirish boʻyicha qisqa va uzoq muddatli rejalarni ishlab chiqish. Oʻzbekiston elektr energetikasini rivojlantirishning samarali va asoslangan rejalarini ishlab chiqish uchun Plexos, DigSILENT hisoblash tizimlari va boshqa shu kabi zamonaviy, xalqaro tan olingan uslublar va amaliyotlardan foydalaniladi.
' Xalqaro yondashuvlar va standartlarni qoʻllagan holda loyihaoldi, texnik va iqtisodiy injiniring oʻrganishlari, loyihalar konsepsiyalarini ishlab chiqish, bazaviy va yakuniy loyihalashtirish, loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish, adaptatsiyalash va boshqalar.
' Elektr energetikasi sohasi, shu jumladan, loyihalash, qurilish va foydalanish boʻyicha texnik maslahatlar berish, loyihalarni boshqarish boʻyicha maslahatlar berish, elektr energetikasi sohasida yangi texnologiyalarni qoʻllash masalalari boʻyicha muhandislik maslahatlari berish.
' Kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shu jumladan elektr energetikasi sohasi boʻyicha kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda mutaxassislar malakasini oshirish boʻyicha seminarlar, treninglar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish.
'
'Oʻzenergoinjiniring' AJ hamda Energy China International dastlabki investitsiya qiymati 30 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan Oʻzbekiston elektr energetikasi va yangi texnologiyalar sohasida xalqaro taʼlim muassasasini tashkil qilish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida kelishib oldilar.
Ushbu taʼlim muassasasi elektr energetikasining murakkab vazifalarini yecha olish va Oʻzbekiston elektr energetikasiga yangi texnologiyalarni joriy qilish qobiliyatiga ega boʻlgan xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlaydi. Buning uchun taʼlim muassasasiga xalqaro miqyosdagi professor-oʻqituvchilarni jalb qilish, taʼlim muassasasini zamonaviy, zarur texnikalar bilan jihozlash, shuningdek xalqaro akkreditatsiya olish rejalashtirilmoqda.
'Oʻzenergoinjiniring' AJ elektr energetikasi sohasida muhandislik tadqiqotlari, loyihalashtirish va maslahatlashuvlarga ixtisoslashgan Oʻzbekistondagi eng yirik loyiha instituti hisoblanadi. Korxona yaqinda xususiylashtirilgan, hozirgi kunda samaradorlik va vakolatlarni oshirish boʻyicha qator oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu oʻzgarishlar 'Oʻzenergoinjiniring' aksiyadorlik jamiyatini Markaziy Osiyodagi yetakchi injiniring korxonasiga aylantirishga qaratilgan. Xususan, ushbu oʻzgarishlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
' Korxonani boshqarish boʻyicha xalqaro boshqaruv tamoyillariga asoslangan samarali tashkiliy tuzilmani shakllantirish.
' Korxonani boshqarish hamda uning operatsion faoliyatiga zamonaviy raqamli axborot tizimlarini joriy qilish.
' Xalqaro ekspertiza va tajribaga ega boʻlgan professional mutaxassislarni jalb qilish.
' Xodimlarni yangi yondoshuvlar, yangi texnologiyalar va xalqaro standartlar boʻyicha oʻqitish.
Ikkinchi tomondan, 'Oʻzenergoinjiniring' aksiyadorlik jamiyatining xitoylik sheriklari injiniring va elektr energetikasi sohasida Xitoy va jahon miqyosida yirik ishtirokchilar hisoblanadi. Jumladan, EPPEI Xitoy va jahonda elektr energetikasi sohasidagi yetakchi institutlardan biri hisoblanadi. Institut elektr energetikasi sohasida 60-yillik tajribaga hamda turli sohalardagi, shu jumladan energotizimlar rivojini rejalashtirish, elektr stansiyalarini loyihalashtirish va qurish, shuningdek yangi texnologiyalarni tadqiq qilish va ishlab chiqish sohasida keng vakolatlarga ega. Energy China International jahondagi eng yirik energetika kompaniyalardan biri boʻlgan China Energy Engineering Group Corporation Limited kompaniyasining shoʻba korxonasi hisoblanadi. Kompaniya elektr stansiyalarini qurish va ekspluatatsiya qilish, elektr energetikasi uchun kadrlarni tayyorlash boʻyicha katta tajribaga ega.
Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Senatning uchinchi yalpi majlisida 'Voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga o'zgartirishlar kiritish haqida'gi Qonun ko'rib chiqildi. Bugun dunyoda yuzaga kelayotgan xavf-xatar va tahdidlar, yoshlar orasida turli yot g'oyalar tobora keng tarqalishiga sabab bo'lmoqda. Bu esa mamlakatimizda bunday holatlarni o'z vaqtida oldini' olish va ularga barham' berish b
Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining '2025-yilda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish yoʻlida bir qator yangi mexanizmlar joriy etiladi.2025-yilda aholini ish bilan taʼminlash dasturi doirasida 5,2 million aholini daromadli mehnat bilan taʼminlash rejalashtirilgan. Bu maqsadda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbu
Bayonnoma tuzilgan “BYD Song” avtomobilini olib ketayotgan YPX inspektori YTHga uchradi
30-yanvar kuni Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida yoʻl-transport hodisasi oqibatida 17 yoshli bola vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB.Taʼkidlanishicha, 20 yoshli fuqaro M.Gʻ. amakisiga tegishli 'BYD Song EV' avtomobilini tegishli hujjatlarsiz boshqargani aniqlanib unga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.Shundan soʻng YPX inspektori R.Q. mashinani jarima maydonchasiga olib ketayotganida 17 yoshli X.N. ustoziga tegishli 'Damas' avtomobilini haydovchilik guvohnomasiz boshqarib,
Andijonda fevral oyi “Zahiriddin Muhammad Bobur oyligi” deb eʼlon qilindi
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov viloyatda yashab ijod qilayotgan bir guruh ijodkorlar, maʼnaviyat maʼnaviyat va maʼrifat fidoyilari bilan uchrashdi. Unda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542'yilligini munosib nishonlash, shu bilan birga viloyatda maʼnaviyat, maʼrifat, ayniqsa, adabiyot sohasida keng koʻlamdagi ishlarni amalga oshirish yuzasidan fikrlar almashildi.' Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu bo