calendar 31 Jan 21:11
eye 87
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Eron o‘zbekistonliklarga vizasiz rejim joriy etyapti

image

4 fevraldan Eron 28 davlat, jumladan Belarus, Qatar, Qirg‘iziston, Meksika, BAA, Saudiya Arabistoni, Serbiya, O‘zbekiston va Yaponiya bilan viza rejimini bir tomonlama bekor qilmoqda. Bu haqda IRNA agentligi mamlakat Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aliriza Bigdeliga tayanib xabar berdi. 

“Tashqi ishlar vazirligi 28 davlat uchun vizani bekor qilish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan farmon to‘g‘risida tegishli organlarni xabardor qildi”, deydi vazir o‘rinbosari. 

Uning urg‘ulashicha, qarorga ko‘ra, joriy yilning 4 fevralidan e’tiboran Eronga sayyohlik maqsadida kelayotgan 28 davlat fuqarolaridan viza talab qilinmaydi. 

U Hindiston bilan bog‘liq vaziyatni alohida qayd etib, uning fuqarolari chegarani havo orqali kesib o‘tgan taqdirdagina viza talab qilmasligini bildirgan. 

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning oktyabr oyida Samarqandda O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari vaziri Aziz Abduhakimov va Eron Turizm, madaniy meros va hunarmandchilik vaziri Ezatolla Zargamiy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi. Unda Zargamiy ikki davlat o‘rtasida vizasiz rejimni joriy etish taklifi bilan chiqqan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:22
 
20
0
xs.uz

“Mercedes-Benz”, “BMW”, “Volkswagen” yoki “Toyota”… Qaysi kompaniya 5-yildan beri eng koʻp avtomobil sotgan brend boʻlib turibdi?

'Toyota' avtomobillari savdosining pasayishi asosan Yaponiyada kuzatilgan. Bu yerda kompaniya sertifikatlash testlari bilan bogʻliq muammolar sababli jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan, ayniqsa 'Daihatsu' brendida. Yapon avtomobil gigantining eng yaqin raqibi boʻlgan 'Volkswagen Group' 2024-yilda 9 million dona avtomobil sotganini maʼlum qildi. Nemis ishlab chiqaruvchisi ham 2023-yilga nisbatan 2,3% pasayishni qayd etgan, bu esa asosan Xitoy bozoridagi 'narxlar urushi' va Germaniyada xarajat

31 Jan 15:22
 
21
0
xs.uz

Qurʼon kitobini yoqib eʼtirozlarga sabab boʻlgan shaxs ijtimoiy tarmoqdagi jonli efiri vaqtida otib ketildi

29-yanvar kuni tunda Shvetsiyaning Syodertelye shahri politsiyasiga hududdagi xonadonlardan birida oʻq uzilganligi yuzasidan favqulodda qoʻngʻiroq kelib tushgan. Bu haqida 'Blue News' nashri xabar berdi.Unga koʻra, politsiya xodimlari zudlik bilan voqea joyiga etib borishgan hamda koʻp qavatli bino xonadonlarining biridan 38 yoshli erkakning jasadini topishgan.Dastlabki tergov maʼlumotlariga koʻra, oʻldirilgan shaxs muntazam Qurʼon kitobini yoqish bilan shugʻullangan Salvan Momika ekan

31 Jan 15:22
 
23
0
xs.uz

Buyuk Britaniya 4 kunlik ish haftasiga oʻtishi mumkin

200 ta Buyuk Britaniya kompaniyasi oʻz xodimlarining amaldagi ish haqini saqlab qolgan holda 4 kunlik ish haftasiga oʻtishini maʼlum qildi. Bu haqda 'The Guardian' nashri xabar qildi.'4 Day Week Foundation'ning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, 5000 dan ortiq kishi faoliyat olib boradigan ushbu kompaniyalarning aksariyat qismini xayriya tashkilotlari, marketing va texnologiya firmalari tashkil etadi. Ular 5 kunlik modelni eski iqtisodiy davrdan qolgan va endi undan foydalanish kerak emas,'deb

31 Jan 15:22
 
34
0
xs.uz

“DeepSeek” AQSH moliya bozoriga 1 trillion dollarga tushdi

Xitoyning 'DeepSeek' nomli sunʼiy intellekt modelining ommaga taqdim etilishi va u tufayli kelib chiqqan vahimalar ortidan AQSH moliya bozori 1 trillion dollar atrofida mablagʻ yoʻqotdi.Bunga sabab Amerika kompaniyalarining 'OpenAI' kabi sunʼiy intellekt dasturlari uzoq vaqt hamda milliardlab dollar sarflab yaratilgan. Xitoycha chat-bot esa sanoqli oylarda, bor-yoʻgʻi 6 million dollar evaziga tayyor holatga keldi. Unda aniqlanayotgan ayrim kamchiliklarga qaramay, SI yaxshi natijalar koʻrs