calendar 31 Jan 10:44
eye 77
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Kanada O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

image

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kanada elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Ostona shahrida) Alan Hemsondan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

“Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Alan Hemson janoblari bilan uchrashish va uning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilishdan mamnunmiz. Janob Hemsonning mintaqamiz bo‘yicha boy tajriba va bilimga egaligini qadrlaymiz. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi janob elchining O‘zbekiston-Kanada ikki tomonlama munosabatlarida foydalanilmagan ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarishga hissa qo‘shish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor”, deydi Baxtiyor Saidov.

Alan Hemson 2021-2024 yillarda O‘zbekistondagi elchi lavozimida akkreditatsiyadan o‘tgan (qarorgohi Moskva shahrida) Elison Meri Lekler o‘rniga tayinlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:21
 
22
0
xs.uz

Islom sivilizatsiyasining, islom taʼlimotining zamini – aslida ilm-fan, madaniyat, taʼlim va tarbiyadir – Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-yanvar kuni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.Bu majmua tariximizda ilgari boʻlmagan ulkan va noyob loyihadir. Bugungi kunda muhtasham bino qad rostlab, qurilish yakuniy bosqichga kirgan.Ushbu markaz Prezidentimizning 2017-yil 23-iyundagi qaroriga binoan boshlanib, 2018-yilgi Ramazon hayiti kuni davlatimiz rahbari uning poydevoriga tamal toshi qoʻygan edi.Bagʻoyat ulugʻvor markaz binosi uch q

31 Jan 15:20
 
26
0
xs.uz

Aholi murojaatlari ijobiy yechim topmoqda

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Shu kunlarda Andijon viloyatida respublika ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda. Ular tomonidan tanlab olingan mahallalarda 'Obod xonadon ' obod koʻcha ' obod mahalla' mezoni doirasidagi saʼy-harakatlarni shakllantirish, kambagʻallikni qisqartirish, aholi murojaatlarini oʻrganish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, islohotlar samaradorligini oshirishga koʻmaklashilmoqda.Baliqchi tumanidagi 'Ilgʻor' mahallasida yashovchi fuqarolarning elektr ener

31 Jan 15:21
 
26
0
xs.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev ulkan va noyob loyiha - Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 yanvar kuni O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.Bu majmua tariximizda ilgari bo'lmagan ulkan va noyob loyihadir. Bugungi kunda muhtasham bino qad rostlab, qurilish yakuniy bosqichga kirgan.Ushbu markaz Prezidentimizning 2017 yil 23 iyundagi qaroriga binoan boshlanib, 2018 yilgi Ramazon hayiti kuni davlatimiz rahbari' uning poydevoriga tamal toshi qo'ygan edi.Bag'oyat ulug'vor markaz binosi uch qavat

27 Jan 00:53
 
29
0
xs.uz

Mahalla institutining jamiyatdagi roli oshmoqda

Senatning uchinchi yalpi majlisida 'O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida'gi Qonun muhokama qilindi.Mamlakatimizda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirish, fuqarolar yig'inlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqlarini ro'yobga chiqarish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlas