calendar 30 Jan 18:02
eye 58
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qashqadaryoda yana bir bloger 5 yilga qamaldi

image

29 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Nishon tumani sudida Abdulhakim Abjalilovga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.  Bu haqda Qashqadaryo viloyati sudlari xabar berdi. 

Unga ko‘ra, Abdulhakim Abjalilov Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan. 

Shuningdek, ushbu jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash hamda ishda jabrlanuvchi bo‘lgan ikki kishining biriga 1 mln so‘m zararni undirish belgilangan.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Qashqadaryo viloyati sudiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, Abdulhakim Abjalilov 1974 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, blogerlik faoliyati bilan shug‘ullangan, “Achchiq haqiqat” MCHJ rahbari hamda shu nomdagi kanal admini bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bloger Olimjon Haydarovga sud hukmi o‘qilgandi.

Javohir Yo‘ldashov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 14:01
 
60
0
xs.uz

Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlari oshiriladi va bandligi taʼminlanadi

Qarorga koʻra, tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qoʻyilib, dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish uchun yoshlarga ijaraga beriladi hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha boʻlgan zanjirni qamrab oluvchi quyidagi yangi tizim joriy etiladi:60 ming gektar yer maydonini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn auksion savdolari 'E-auksion' elektron savdo platformasi orqali 'mahalla yettiligi'ning tavsiyasi bila

11 Apr 13:59
 
51
0
qalampir.uz

Qashqadaryoda zilzila bo‘ldi

Bugun, 10 aprel kuni soat 18:08 da Qashqadaryo viloyatida zilzila qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi. Zilzila epimarkazi Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida Toshkentdan 462 km janubiy-g‘arbda joylashgan. Zilzila koordinatalari: 38,75 gradus shimoliy kenglik; 64,9 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,8. Chuqurlik 15 km.  O‘zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi: Mirishkor tumanida 3 ball, 9 km. Eslatib o

10 May 13:32
 
26
0
qalampir.uz

O‘zbekistonda sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi

O‘zbekistonda sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidagi matbuot anjumanida ishtirok etayotgan QALAMPIR.UZ jurnalisti Mohinur Mamatova xabar berdi. Qayd etilishicha, sirtqi ta’lim shakli masofaviy ta’lim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan ta’lim shaklini joriy etish orqali bosqichma-bosqich tugatiladi.  Bundan tashqari, 2024/2025 o‘quv yilid

11 May 17:16
 
21
0
qalampir.uz

Qibrayda 733 mln so‘mlik elektrni talon-toroj qilgan mayning ferma aniqlandi

Toshkent viloyati Qibray tumanida 733,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi. Qibray tumani, “Taraqqiy” MFYdagi xonadonda yashovchi I.B. va boshqalar tijorat maqsadida kompyuter tizimi orqali telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda “Avalon” rusumli mayning kripto-aktivlari qurilmasini elektr tarmog