Sirdaryoda bolalarni bogʻchaga qamrab olish darajasi oshib bormoqda
' 2023-yilning yanvar oyi holatiga koʻra, Sirdaryo viloyatida 963 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat yuritgan boʻlsa, 2024-yil boshida ularning soni 1 097 taga yetdi, ' deydi Sirdaryo viloyati maktab va maktabgacha taʼlim boshqarmasi axborot xizmati rahbari Dilfuza Oʻroqboyeva. ' Bunda davlat va davlat-sheriklik asosidagi MTTlar jami 6 taga koʻpaygani holda oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni nisbatan ancha koʻp ' 128 taga oshdi. Shunday qilib, joriy yil yanvar oyida viloyatimiz boʻyicha 3-7 yoshdagi bolalarning MTTlardagi taʼlim-tarbiya bilan qamrab olinish darajasi 82,9 foizga yetdi.
Yil yakuniga qadar ushbu koʻrsatkichni 85 foizga yetkazish koʻzda tutilgan.
Ahmadali SHERNAZAROV, 'Xalq soʻzi'.
Oʻzbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisini oʻtkazdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Koʻksaroy qarorgohida tor doirada uchrashuv va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisini oʻtkazdilar.Oʻzbekiston bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.Davlatimiz rahbari Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining bu galgi davlat tashrifi tarixiy voqea ekanini aloh
Mamlakatimizda bola huquqlari himoyasi yanada mustahkamlanishi ta’minlanmoqda
Senatning 55-yalpi majlisida 'O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlari himoyasini yanada mustahkamlashga qaratilgan qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish to'g'risida'gi Qonun ko'rib chiqildi. ' Muhokama jarayonida ta'kidlanganidek, keyingi yillarda voyaga yetmagan bolalarni qonunga xilof diniy ta'lim olishga aynan ota-onalarning o'zi olib borishi holatlari ko'payib bormoqda.Huquq-tartibot organlari tomonidan olib borilgan o'rganishlar natijasiga ko'ra 2021-2023 yill
Qoraqalpogʻistondagi oʻtov Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
Turizm qoʻmitasi xabariga koʻra, 'Oq qush' majmuasida barpo etilgan dunyodagi eng katta diametrli qoraqalpoq xalqining milliy qora uyi (oʻtov) Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi. Mazkur oʻtovning diametri 40,5 metrdan iborat.22-avgust kuni ushbu majmuada Ginnes rekordlar kitobi sertifikatining tantanali topshirish marosimi oʻtkazildi.Tadbirda prezident maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Amanbay Orinbayev, davlat idoralari rah
Qarshidagi televizor zavodida yirik yongʻin sodir boʻldi
Maʼlum qilinishicha, kecha, 20-iyul kuni soat 18.00 larda Qarshi shahar FVBga 'ALP TEXNO SERVIS' xususiy korxonasiga qarashli ishlab chiqarish binosida yongʻin boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.Shunga koʻra, qutqaruv xizmatidan barcha zarur kuch-vositalar soat 18:10 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat taxminan 20:10 larda toʻliq oʻchirilgan.Yongʻin oqibatida MCHJ binosining taxminan 1 600 metr kvadrat maydoni yonib zarar koʻrgan. Oʻz vaqtida koʻrilgan choralar natij