calendar 30 Jan 14:03
eye 85
comments 0
comments Manba: xs.uz

Birinchi Prezidentimiz yodga olindi

image
Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q. O'zbekistonning mustaqillikka erishishi va davlat qurilishida Birinchi Prezidentimizning ulkan xizmatlari borligini hurmat bilan yodga olamiz.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning e'tibori bilan uning xotirasi abadiylashtirildi, maqbarasi barpo etildi. Islom Karimov tavallud topgan 30 yanvar kunini nishonlash an'anaga aylandi.'



Fidoyilarini e'zozlagan xalq hamisha hurmatga sazovor. Xotira tadbiri buning yana bir ifodasi bo'ldi. Qur'on oyatlari o'qilib, duo qilindi. Birinchi Prezidentimizning O'zbekiston manfaati yo'lida qilgan ishlari, insoniy fazilatlari yodga olindi.



Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasida o'tgan marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, shahar jamoatchiligi ishtirok etdi.

Birinchi Prezidentimizning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo'yildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
47
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriya va Sloveniyaga boradi

19-22-may kunlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya va Sloveniya Respublikasiga rasmiy tashriflari bo'lib o'tadi.O'zbekiston yetakchisi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19-may kuni Budapeshtga keladi.Oliy darajadagi muzokaralar, Vengriya rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tadi.Kun tartibidan ikki mamlakat o'rtasidagi amaliy hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalala

18 Jun 21:55
 
175
0
xs.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokara oʻtkazdi

Ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko'rib chiqildi.Davlat rahbarlari keyingi yillarda O'zbekiston bilan Xitoy o'rtasidagi do'stlik va barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari misli ko'rilmagan yuksak darajaga ko'tarilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.O'zbekiston Prezidentining 2024-yil yanvar oyida Xitoyga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilmoqda.Barcha darajalarda aloqalar va almashinuvlar sezilar

18 Jun 21:55
 
178
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarga mamlakatni tark etish yoʻllari boʻyicha maʼlumot berdi

Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi hozirgi xavfsizlik vaziyati munosabati bilan Isroilni mustaqil ravishda tark etish istagida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolariga ochiq nazorat-oʻtkazish punktlari haqida maʼlumot berdi.Unga koʻra, Oʻzbekiston fuqarolari quyidagi nazorat-oʻtkazish punktlari orqali mamlakatni tark etishlari mumkin:Barcha koʻrsatilgan chegara punktlari hozirda odatiy tartibda (24 soat) faoliyat koʻrsatmoqda.Misr orqali:'Menaxem Begin'/'Taba' nazorat-oʻtkazish punkti (Ey

04 Jun 02:44
 
34
0
xs.uz

Fargʻonada fermer xoʻjaligi 1,8 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalandi

Fargʻona viloyati Yozyovon tumanida fermer xoʻjaligi tomonidan 1,8 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'HET' AJ Energosavdo filiali xodimlari tomonidan Yozyovon tumanida navbatdagi reyd tadbiri oʻtkazilgan. Unda 'A.A.F' fermer xoʻjaligi tomonidan ikkilamchi (kommutatsion) kuchlanish zanjirlarini qasddan uzib qoʻyib, hisoblagichdan tashqari elektr tarmogʻidan foydalanib kelinga