calendar 30 Jan 12:21
eye 73
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Talabalar dunyodagi eng kichik va eng tezkor robotni yasadi

image

AQSHning Vashington shtati universiteti talabalari hasharotga o‘xshash, tez harakatlanadigan ikkita mikrorobotni ixtiro qildi. Bu haqda “Techxplore” nashri xabar berdi.

Tadqiqotchilar ushbu robotga "Mini-bug" va "Water strider" deb nom bergan. Ular tez harakat qilishi va to‘liq ish qobiliyati bilan boshqa robotlardan ajralib turadi. Shuningdek, bu robotlardan  kelajakda  sun’iy changlatish, qidiruv-qutqaruv, atrof-muhit monitoringi, mikro ishlab chiqarish va  jarrohlikda foydalanish ko‘zda tutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Mini-bug"ning og‘irligi sakkiz mg ni tashkil qiladi, suv o‘rgimchagining og‘irligi esa 55 mg. Ikkalasi ham soniyada olti mm tezlikda harakatlana oladi.

Endilikda, tadqiqotchilar suv sathining tepasida ham, uning ostida ham harakatlana oladigan robotni ishlab chiqmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kaliforniyadagi Stenford universiteti talabalari oddiy materialdan 2 funksiyali yordamchi robotni ixtiro qilgandi.

Javohir Yo‘ldashov


Doʻstlaringiz bilan ulashing