O‘sha kuni ham allamahalda mehmonga kelgan akasi Nodirning mashinasida sayr qilgisi kelib qoldi. Kamiga, qo‘shnisi Bahromni ham sherik qildi. Ikkovlon, o‘zlarining tili bilan aytganda, «toychoqning uchishiga mast bo‘lib», yarim tunda ko‘cha kezdi. Bu xurmacha qiliq ortidan «tayoq» nafaqat unga, balki ukasining aybini yashirishga uringan Nodirga ham tegdi.
– 2024-yil 7-yanvar kuni soat taxminan 22 larda xizmat hududim bo‘lgan «Rajabamin» MFYning «Chumchuqli» mahallasida tungi xizmat olib borayotgan vaqtimda yo‘l chetida turgan «Nexia-2» rusumli avtomashinasidagi yigitlarning harakatlari shubhali ko‘rindi. Shu sababli, ularning oldiga bordim, – deydi Samarqand tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori, leytenant Jahongir Toirov. – Haydovchidan shaxsini tasdiqlovchi hamda avtomashina hujjatlarini va nima maqsadda yurganligini so‘radim. U yonida hech qanday hujjatlari yo‘qligini, avtomashinani hujjatlarsiz boshqargani, o‘z ishlari bilan yurganligini ma’lum qildi. Shundan keyin avtomashinani «Chumchuqli» mahallasidagi jarima maydoniga joylashtirib, uning shaxsiga oydinlik kiritdim.
Ertasiga soat 15:00larda leytenant J. Toirov o‘ziga biriktirilgan hududda xizmat olib borayotgan vaqtida uning oldiga o‘zini Vohidjonning akasiman, deb tanishtirgan Nodir kelib, ukasiga nisbatan chora ko‘rmaslik, to‘plangan hujjatlarni YHXBga o‘tkazmaslik hamda avtomashinasini jarima maydonidan chiqarib berish evaziga bir million so‘m miqdoridagi pullarni pora sifatida taklif qiladi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida huquqbuzarlikka qo‘l urgan Nodir va’da qilgan pullarini berayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
– Sohada o‘rganadigan bilim va ko‘nikmalarim ko‘p, – deydi J. Toirov. – Xizmatda ustozlarim profilaktika inspektorlari kapitan Munis Alimamajonov, katta leytenant Mansur Homidovdan tizimning o‘ziga xos tomonlarini o‘zlashtirishga harakat qilaman. Otam, iste’fodagi katta serjant Damir Isroilov ham uzoq yillar ichki ishlar organlarida samarali mehnat qilgan. U egnimga ilk bor xizmat libosini kiyganimda, «Bu kiyimning mas’uliyatini anglab, fidoyilik, jonkuyarlik, sof vijdon va halollik bilan xizmat qilsang, u senga sharaf keltiradi. Bu mening senga ham otalik, ham shu sohada ishlagan bir inson sifatidagi maslahatim», degan. Niyatim shu sohada ibratli xizmat qilib, xalqimga, yurtimga munosib farzand bo‘lish, otam va ustozlarim ishonchini oqlash.
Oramizda yoshlik shijoatiga to‘la qalbida kasbiga muhabbati, sadoqati bilan nurli istiqbol sari dadil odimlayotgan leytenant Jahongir Toirov kabi xodimlar bor ekan, har bir noqonuniy harakatga huquqiy baho berilishiga ishonchimiz komil.
Gulnoza TURG‘UNBOYEVA,
o‘z muxbirimiz.
Samarqand viloyati.
Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi
7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash
VATANPARVARLIK RUHIDA
Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda
2025-yilda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan hindistonliklar soni deyarli 50 foizga oʻsdi
2025-yilning yanvar-fevral oylarida Hindistondan Oʻzbekistonga 10,3 ming nafar turist tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Taʼkidlanishicha, mazkur koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 3,3 ming nafarga yoki 47,4 foizga koʻpni tashkil etmoqda.Turistlar tashrifi turli maqsadlarga asoslangan boʻlib, ularning eng koʻp qismi sayohat qilish uchun kelgan. Xususan, 5 ming 310 nafar Hindiston fuqarosi Oʻzbekistonga turizm maqsadida tashrif buyurgan. Bu e
Dollar kursi yana koʻtarila boshladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'12,93 soʻmga'oshdi va'12 973,31 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'176,29 soʻmga'koʻtarilib,'14 329,02 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,73 soʻmga'tushdi va'151,19 soʻmni'tashkil qildi.