Qoraqalpogʻiston Respublikasida kanallarni betonlashtirish qizgʻin olib borilmoqda

' Mazkur kanalni betonlash ishlarini sifatli va loyihada koʻrsatilgan talablar asosida amalga oshirish uchun tajribali mutaxassislar va barcha zarur texnika va asbob-uskunalarni jalb qilganmiz, ' deydi 'Bunyodkor Janubiy SQB' MCHJ boshligʻi D. Yusupov. ' 'Shirin-jap' kanalini rekonstruksiya qilish hukumatimizning tegishli qarori asosida 2024-yil davlat dasturiga kiritilgan. Bugungi kungacha obyektda 2,8 kilometr uzunlikda 4458 metr kub tuproq qazilib, betonlash ishlariga tayyorlandi. Shu bilan birga 538 metr uzunlikda kanalda 279,0 metr kub betonlash ishlari amalga oshirildi. Obyektda 10 dona maxsus texnikalar hamda 80 nafardan ortiq ishchi-xodim faoliyat olib bormoqda.
Obyektda amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganishda ishtirok etgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazir B. Juzbayev 'Shirin-jap' kanalining betonlash ishlarini sugʻorish mavsumigacha yakunlash zarurligini taʼkidlab, 'Qoraqalpogʻistonsuvqurilishinvest' davlat muassasasi direktori I. Mambetov hamda 'Bunyodkor Janubiy SQB' MCHJ boshligʻi D. Yusupovlarga betonlash ishlarini jadallashtirish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.
Eʼtiborlisi, Qoraqalpogʻistonning shimoliy hududlarida hozirgi kungacha bu kabi tub qismigacha toʻliq betonlangan kanal yoʻq edi. Prezidentimizning yuqorida keltirilgan topshiriqlari asosida ilk bor Xoʻjayli tumanidagi 'Tashli jap' va 'Shirin jap' kanallarida 2024-yildan shu kabi betonlash ishlari boshlandi.
Kanallarni betonlash ishlarining suv yoʻqotishlarning kamaytirishdagi ahamiyatini birgina 'Shirin jap' kanali misolida oladigan boʻlsak, suvning tezligi oshishi hamda yerga singib ketishining oldi olinishi natijasida yiliga oʻrtacha 1,5 mln. metr kub suv iqtisod qilinib, 23 ta fermer xoʻjaligining 1 ming 670 gektar yer maydoni kafolatli suv bilan taʼminlanishiga erishiladi. Kanal 'Suyenli' magistral kanalidan suv olib, tumandagi 'Mustaqillik', 'Sarishungul' va 'Amudaryo' OFY hududidagi fermerlar va aholining tomorqa maydonlarini suv bilan taʼminlaydi.
Xoʻjayli tumanidagi 'Shirin jap' kanali 1993-yilda qurilib foydalanishga topshirilgan. Loyihaviy suv oʻtkazish qobiliyati sekundiga 1,5 metr kubni tashkil qiladi. Kanalning tubini loyqa bosib, koʻlami kichrayishi hisobiga suv oʻtkazish qobiliyati sekundiga 0,5 metr kubga pasaygan va foydali ish koeffitsiyenti 0,65 ga tushib qolgan edi. Rekonstruksiyadan soʻng kanalning foydali ish koeffitsiyenti 0,65 dan 0,90 ga koʻtarilishi kutilmoqda.
Gʻayrat Otajonov, 'Xalq soʻzi'.
Kadastr pasportlarini berish muddatlari oʻzgartirildi
Joriy yilning 27-may kuni Vazirlar Mahkamasining 'Oʻzbekiston Respublikasining 'Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida'gi Qonunini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida'gi 330-son qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Norma''xabar berdi.Hujjat bilan Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
Andijonda 6 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi
Andijon viloyati Shahrixon tumanida 6 ta mashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, voqea bugun, 3-iyun kuni soat 16:30 larda Shahrixon tumani 'Begbachcha' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro avtomobil yoʻlining 415 kilometrida sodir boʻlgan.Aniqlik kiritilishicha, 42 yoshli Q.S. 'Toshkent-Andijon' yoʻnalishi boʻyicha 'Hyundai' rusumli yuk mashinasini boshqarib ketayotib, rulda chalgʻib qolgan
Qasim-Jomart Toqayevdan Rejep Tayyip Erdogʻangacha: Xorijiy hamkorlardan Qurbon hayiti munosabati bilan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga samimiy qutlovlar kelmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga maʼnaviy hayotimizda muhim oʻrin egallagan, azaldan xalqimizga xos boʻlgan mehr-oqibat, bagʻrikenglik va saxovat kabi olijanob fazilatlarni oʻzida mujassam etgan muqaddas Qurbon hayiti ' Iyd al-Adho munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy tuzilmalar rahbarlaridan tabrik maktublari kelib tushmoqda.Xorijiy hamkorlar oʻz qutlovlarida Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqiga chuqu
Senat Raisi boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyati mahallalaridagi ijtimoiy masalalarni oʻrgandi
2025-yil 4-iyun kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy holat va aholi turmush darajasi, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.Ishchi guruh aʼzolari Konimex tumanidagi 'Navroʻz' mahallasini oʻrganish jarayonida mahallada 'mahalla yettiligi' tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, jumladan, ayollar bandligini taʼminla