Oliy Majlis Senati Raisi boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi amaliy tashrif bilan London shahrida boʻlib turibdi

Shu nuqtai nazardan tashrifning birinchi kuni Senat Raisi qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazdi.
Britaniyaning xotin-qizlar ishlari boʻyicha vaziri Mariya Kolfild bilan boʻlib oʻtgan muloqotda gender tenglikni taʼminlash va xotin-qizlarning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish borasida ikki mamlakat oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, oiladagi zoʻravonlikka qarshi kurashish, iqlim oʻzgarishining ayollar va qizlarning hayoti sifatiga taʼsirini kamaytirish yoʻnalishlariga eʼtibor qaratildi.
Ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, yangi ish oʻrinlari yaratish, xotin-qizlarning turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda 'STEM' dasturi orqali qizlar uchun sifatli, arzon taʼlim berish borasida oʻzaro tajriba almashish yuzasidan qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha fikr almashildi.
М.Колфилд Yangi Oʻzbekistonning xotin-qizlarning mamlakat hayotidagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy faolligini ragʻbatlantirish borasidagi saʼy-harakatlari strategik ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi. U soʻnggi yillarda ayollarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish va gender tenglikni taʼminlash borasida erishilgan natijalarni yuqori baholadi.
Uchrashuv yakunida ikki mamlakat tegishli vazirlik va idoralari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokara oʻtkazdi
Ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko'rib chiqildi.Davlat rahbarlari keyingi yillarda O'zbekiston bilan Xitoy o'rtasidagi do'stlik va barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari misli ko'rilmagan yuksak darajaga ko'tarilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.O'zbekiston Prezidentining 2024-yil yanvar oyida Xitoyga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilmoqda.Barcha darajalarda aloqalar va almashinuvlar sezilar
Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarga mamlakatni tark etish yoʻllari boʻyicha maʼlumot berdi
Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi hozirgi xavfsizlik vaziyati munosabati bilan Isroilni mustaqil ravishda tark etish istagida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolariga ochiq nazorat-oʻtkazish punktlari haqida maʼlumot berdi.Unga koʻra, Oʻzbekiston fuqarolari quyidagi nazorat-oʻtkazish punktlari orqali mamlakatni tark etishlari mumkin:Barcha koʻrsatilgan chegara punktlari hozirda odatiy tartibda (24 soat) faoliyat koʻrsatmoqda.Misr orqali:'Menaxem Begin'/'Taba' nazorat-oʻtkazish punkti (Ey
Bundan buyon xususiy oliygohlardagi pedagogik yoʻnalishlar davlat institutlari bilan bir xil boʻladi — Prezident.
Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida Avloniy malaka oshirish institutining 13 ta hududiy markazidagi yondashuvlarni ham, dasturlarni ham tubdan oʻzgartirish zarurligi taʼkidlandi.Masalan, Jizzax malaka oshirish markazidagi 60 nafar professor-oʻqituvchining barchasi AQSH, Buyuk Britaniya, Singapur, Germaniyani yetakchi oliygohlari dasturlari asosida qayta tayyorlanadi.Shu bilan birga, maktabdagi 17 ta fanni har biri boʻyicha alohida tayanch maktablari boʻladi.Har bir
Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
2025-yil 16-may kuni qabul qilingan 'Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida'gi qonunga (OʻRQ-1063-son) muvofiq, tadbirkorlik subyektlariga bir qator soliq imtiyozlari taqdim etildi. Ushbu oʻzgartirishlar pivo va tamaki mahsulotlari savdosi, parrandachilik sohasi hamda bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga tegishli.Qonunga koʻra, endilikda pivo va pivo ichimliklari, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlar bel