calendar 25 Jan 17:04
eye 62
comments 0
comments Manba: xs.uz

Jinoyatchilikni jilovlash yoʻlida hali koʻp ishlashimiz kerak — polkovnik Mirjamol Miralimov

image
' Viloyatda oʻtgan yil davomida bu kabi giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurash yoʻnalishida 324 ta holat aniqlandi, ' deydi viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Sh. Jalolov. ' Xodimlarimiz tomonidan jami 63 kilogramm 368 gramm miqdorida giyohvandlik vositalari olindi.

Giyohvand kimsa bu botqoqqa tushganida insoniylik qiyofasini yoʻqotadi. Oʻzini boshqara olmaydi. Aql-idrokdan mahrum boʻladi. Oqibatda jinoyatga qoʻl uradi. Shu boisdan ham aholi, xususan, yoshlar oʻrtasida profilaktik tadbirlar oʻtkazish, oʻzimiz yashab turgan mahallani jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirishga hissa qoʻshishimiz muhimdir.

' Viloyatdagi 544 ta mahalla fuqarolar yigʻinining 153 tasi yashil, 235 tasi sariq, 156 ta mahalla esa qizil toifaga ajratilgan, ' deydi viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Mirjamol Miralimov 2023-yil yakunlariga bagʻishlab oʻtkazilgan matbuot anjumanida. ' Ortda qolgan 12 oy yakuniga koʻra, 11 ta mahallada kriminogen vaziyat barqarorlashib, ular 'sariq' toifaga oʻtkazildi. Lekin hali jinoyatchilikni jilovlash yoʻlida koʻp ish qilishimiz kerak.

Anjumanda 2023-yilda viloyat boʻyicha 5339 ta jinoyat qayd etilgani, ularning 64,8 foizi oldi olinishi mumkin boʻlgan jinoyatlardan iborat ekani ham shundan dalolat beradi.

Ommaviy axborot vositalari xodimlari, jamoatchilik kengashi aʼzolari, boshqarma masʼullari ishtirok etgan tadbirda har bir jinoyat turi borasidagi ahvol atroflicha tahlil qilindi. Viloyat hududida kriminogen vaziyat va jinoyatchilik ahvolini barqarorlashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida axborot berildi. Oʻz navbatida jurnalist va blogerlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Istam IBROHIMOV, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Jul 15:12
 
137
0
xs.uz

Avtomobillar uchun “ekostiker” berish muddati 2025-yilning 1-martiga qoldirildi

Hukumatning avvalroq qabul qilingan'qarorida'bu muddat 2024-yil 1-iyun deb koʻrsatilgandi.'Ekologik transport' tizimi doirasida, barcha toifadagi avtomototransport vositalarining atmosfera havosiga zararli taʼsiri boʻyicha normativlarga mosligi'nazorat qilinadi.Transport vositalari ekologiyaga zarari darajasidan kelib chiqib 'qizil', 'sariq' va 'yashil' toifalarga boʻlinadi, xuddi shunday, shaharlardagi hududlar ham uchta toifaga ajratilib, atrof-muhitga zarari yuqori avtomobillarning muayya

26 Jul 10:20
 
30
0
qalampir.uz

Tataristonda mast o‘zbekistonlik plyajda cho‘milaman deb cho‘kib ketdi

Tataristonda mast o‘zbekistonlik erkak shahar plyajining taqiqlangan hududida cho‘milib, cho‘kib ketdi. Bu haqda “Tatarstan24” xabar berdi. Qayd etilishicha, hodisa Nijnekamsk shahrining “Kama” plyajida sodir bo‘lgan. 7 iyuldan boshlab plyajdagi suv sifatsiz deb topilgani uchun u yopilgan, biroq taqiqlarga qaramay erkak suvga sho‘ng‘igan va qaytib chiqmagan. “Erkakning jasadini qidirish davom etmoqda. G‘avvoslar o‘zbekistonlikni taxminan 8 me

23 Jul 09:43
 
56
0
xs.uz

22 yoshli “Pablo Eskobar” qoʻlga tushdi. U Toshkentda 1 milliard soʻmlik sintetik narkotikni sotmoqchi boʻlgan

Toshkent tumanida oʻtkazilgan reydlar davomida 2002-yilda tugʻilgan fuqaroning mashinasidan taxminiy narxi 1 milliard soʻm boʻlgan 1,4 kilogramm mefedron sintetik giyohvand moddasi topilgan. Qayd etilishicha, 22 yoshli fuqaro ushbu moddalarni sotish maqsadida saqlab kelgan.IIBB matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, 15-iyul kuni IIB va DXX xodimlari fuqaro A.T.ning 'Tracker' avtomashinasida vazni 1 kilogramm 433 gramm boʻlgan mefedron sintetik giyohvandlik vositasini aniqlab, ayblanuvchini

16 Jul 21:39
 
113
0
xs.uz

Turizm sohasida oliy taʼlim toʻrt yillikdan uch yillikka oʻtkaziladi

Qayd etilishicha, shu yil 3-iyun kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishi hamda tadbirkorlar bilan muloqotda berilgan topshiriqlar va bildirilgan takliflar asosida soha rivojiga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.Xususan, xorijiy turistlarni yurtimizga jalb qilish uchun turizm tashkilotlarini aylanma mablagʻ bilan taʼminlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan 50 million dollar qiymatida alohida kredit liniyasi ochilmoqda. Bu kreditlar milliy valyutada