calendar 25 Jan 10:26
eye 79
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Belgorodda qulagan samolyotda asirdagi ukrainaliklar bo‘lgani aytilmoqda

image

Rossiya Mudofaa vazirligi bortida Il-76 samolyotining Belgorodda qulashida Ukrainani aybladi. Bu haqda bugun, 24 yanvar kuni vazirlikning Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i, general-leytenant Igor Konashenkov bayonot berdi. 

Uning aytishicha, Ukraina kuchlari soat 11:15 da Chkalovskiy-Belgorod aerodromi yo‘nalishi bo‘yicha Ukraina harbiylarini almashish uchun olib ketayotgan Rossiya harbiy-transport samolyotini urib tushirgan.

“Samolyot Ukraina qurolli kuchlari tomonidan Xarkov viloyatining Lipsiy tumanidan zenit-raketa tizimi yordamida yo‘q qilingan. Rossiya Aerokosmik kuchlarining radar uskunalari ikkita Ukraina raketasi uchirilganini kuzatdi”, deydi Konashenkov.

Qayd etilishicha, samolyot bortida olti nafar ekipaj a’zosi, 65 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi va ularga hamrohlik qilayotgan uch nafar rossiyalik harbiy xizmatchi bo‘lgan. Samolyot ekipaji va barcha yo‘lovchilari halok bo‘lgan.

“Ukraina rahbariyati bugungi kunda Ukraina harbiy xizmatchilari almashish uchun Belgorod aerodromiga harbiy-transport samolyotlarida olib ketilishini juda yaxshi bilardi. Oldin erishilgan kelishuvga ko‘ra, bu voqea kunning ikkinchi yarmida Rossiya-Ukraina chegarasidagi Kolotilovka o‘tkazish punktida bo‘lib o‘tishi kerak edi”, deydi Rossiya Mudofa vazirligi voizi.

Konashenkov Ukrainani Rossiyaga ayb tirkash maqsadida o‘z harbiylarini yo‘q qilishda aybladi.

Biroq rasmiy Kiyev hozircha bu ayblovlarga javob bermadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
37
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

09 Mar 06:34
 
46
0
xs.uz

Ukraina birinchi marta Fransiya qiruvchi samolyotlarini jangga tashladi. Rossiya ularni “qoʻgʻirchoq” dedi

Ukraina harbiy-havo kuchlari Fransiya tomonidan yetkazib berilgan 'Mirage' qiruvchi samolyotlarini birinchi marta jangovar hududda qoʻlladi.Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi xabariga koʻra, harbiy samolyotlar energetika infratuzilmasi obyektlariga Rossiya hujumlarini qaytarish uchun ishlatilgan.'Shuningdek, jangovar harakatlarga AQSHda ishlab chiqarilgan 'F-16' va 'Mirage-2000' samolyotlari jalb qilingan', ' deya aniqlik kiritdi Bosh shtab.Bu 'Mirage' qiruvchi samolyotlar Ukrainaga yetkazil

09 Mar 06:34
 
56
0
xs.uz

Janubiy Koreya prezidenti ozodlikka chiqarildi

Janubiy Koreya sudi prezident Yun Sok Yolni hibsga olish orderini bekor qildi va uni qamoqdan ozod qilishga qaror qildi. Bu haqda mahalliy 'Chosun' gazetasi xabar berdi.Qaror siyosatchi yanvar oyi oʻrtalarida harbiy holat joriy etish haqidagi buyrugʻi bilan isyon koʻtarganlikda ayblanib hibsga olinganidan 40 kun oʻtib qabul qilindi. Koreya qonunchiligiga koʻra, agar hibsga olishning qonuniy asoslari oʻz kuchini yoʻqotsa, qamoqqa olish bekor qilinishi mumkin.Seul markaziy okrug sudi prokur

09 Mar 06:34
 
48
0
xs.uz

Yevropa mamlakatlariga AQSHdan qurol sotib olishni qisqartirish taklif qilindi

AQSHdan tayyor qurollarni sotib olish Vashingtonning noaniq pozitsiyasi tufayli Yevropa xavfsizligiga tahdid solmoqda. Bu fikrlarni Yevropaning 'Airbus' samolyotsozlik konserni mudofaa va kosmik boʻlimi rahbari Maykl Shellhorn aytib oʻtdi.Shellhorn taʼkidlashicha, Amerika tomoni har qanday vaqtda yetkazib berishni toʻxtata oladigan ishonchsiz hamkordir. Yevropa mudofaa-sanoat majmuasi silkinishga muhtoj, bu esa milliy mudofaa byudjetlari hajmini oshirishni va mintaqa davlatlari oʻrtasida ha