calendar 24 Jan 19:38
eye 68
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Makronning rafiqasi “qovun tushirdi"

image

Fransiyada o‘tkazilgan xayriya tadbirlaridan birida davlat rahbari Emmanuel Makronning rafiqasi Brijit Makron va mamlakat terma jamoasi ustozi Dide Desham ko‘rishib, turli mavzularda, jumladan futbol haqida suhbat qurdi. Ayniqsa ularning “Reyms” klubi a’zosi Dzyunya Ito haqidagi dialogi barchaning e’tiborini tortdi.

Tadbirda Makronning rafiqasi Deshamdan nega “Reyms” hujumchisi Dzyunya Itoni terma jamoaga chaqirmasligini so‘radi. Desham esa jilmayib: “Chunki u yapon”, deb javob qaytardi.

Shuningdek, o‘zaro suhbat vaqtida 70 yoshli Brijit Makron yaponiyalik futbolchi haqida bir qator iliq so‘zlarni aytib o‘tdi.

Qayd etish joiz, ma’lum bir mamlakat terma jamoasiga faqatgina o‘sha mamlakat fuqaroligiga ega bo‘lgan futbolchilarni jalb qilish mumkin. 

Ma’lumot uchun, 30 yoshli Dzyunya Ito joriy mavsum Fransiya chempionatida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

05 Jun 15:02
 
120
0
qalampir.uz

Abbosbek Fayzullayev O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisiga aylandi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayevning transfer narxi 6 million yevroga yetdi. Bu haqda “Transfermarkt” xabar berdi. Yanvar oyidan keyin Fayzullayevning transfer qiymati 5 million yevroga yetgandi. Aprel oyidan keyin uning qiymati 6 million yevroga ko‘tarildi va 20 yoshli futbolchi O‘zbekistnning eng qimmat futbolchisiga aylandi. Bu borada Fayzullayev 28 yoshli O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov

08 Jun 14:14
 
28
0
qalampir.uz

Yoshlarimiz Olimpiadaga yo‘llanma oldi. Bu davomiy bo‘lishi uchun mahallalarda futbolni rivojlantirish kerak – Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi Dilbog‘ mahallasida bo‘lib, aholi turmush sharoiti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Davlat rahbari mahalladagi qurilish va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Ma’lumki, O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Toshkent shahar futbol akademiyasi shu mahallada joylashgan. Zamonaviy majmuada yopiq va ochiq sport maydonlari, nazariy mashg‘ulot xonalari, yotoqxona, oshx

26 Jul 10:19
 
4
0
qalampir.uz

Parij-2024: Argentinalik futbolchining qimmatbaho narsalari o‘g‘irlandi

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Tiago Almadaning buyumlari futbol bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarining guruh bosqichining ochilish bosqichi oldidan o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Argentina olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Maskerano “TyC Sports”ga bergan intervyusida aytdi. “Tiago Almadaning buyumlari o‘g‘irlangan, uzuklar va soatlar mashg‘ulotdan so‘ng yo‘qolgan, ammo biz bu haqda qayergadir murojaat qilishni istamadik”, deydi Maskerano

05 Jun 17:15
 
33
0
qalampir.uz

Simeone Gvardiolaning “ishongan tog‘i”ni olib kelmoqchi

“Atletiko Madrid” klubi bu yilgi transfer siyosatiga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Klub rahbariyati ushbu yozda “Manchester Siti” forvardi argentinalik Xulian Alvaresga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.  “Atletiko Madrid” garchi moliyaviy jihatdan “Manchester Siti” bilan raqobat qilolmasa ham, “matraschilar” bosh murabbiyi Diyego Simeone futbolchiga “Manchester Siti” jamoasidagi