calendar 24 Jan 15:15
eye 60
comments 0
comments Manba: xs.uz

Samarqandda Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda elektrobuslar ishlab chiqariladi

image
Bugungi kunda Samarqand viloyatida 20 dan ortiq avtomobil sanoati korxonalari faoliyat koʻrsatib, mazkur korxonalarda oʻtgan 2023-yil mahalliylashtirish Dasturi asosida yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha 10 dan ortiq loyihalar amalga oshirildi.

Jomboy tumanidagi 'Uz Truck html5-dom-document-internal-entity1-amp-end Bus Motors' MCHJ shaklidagi qoʻshma korxona ham yirik ishlab chiqarish quvvatlaridan biri sanaladi. Bugungi kunda 250 nafarga yaqin fuqarolar mehnat qilayotgan korxonada yuk koʻtarish qobiliyati 11 tonnadan 41 tonnagacha yuk tashishga moʻljallangan oʻzi agʻdaruvchi avtomobillar, shatakchi avtomobil (avtopoyezd)lar, umumiy ogʻirligi 10 tonnadan 50 tonnagacha boʻlgan avtofurgonlar, maxsus ixtisoslashtirilgan texnikalar, shuningdek, shahar va shaharlararo avtobuslar ishlab chiqarilmoqda. Korxona yildan yilga jahonning nufuzli avtomobil kompaniyalari bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga quyib, ishlab chiqarishni kengaytirishga erishmoqda. Xususan, yaqin yillardan boshlab Xitoy Xalq Respublikasining 'SINOTRUK' kompaniyasi bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilib, hozirgi kunda korxonada 'SINOTRUK' brendi ostida 10 dan ortiq modellar ishlab chiqarilyapti.

Ayni paytda avtomobil zavodida 40 ga yaqin korxonalar bilan tuzilgan sanoat kooperatsiyasi evaziga 200 turdan ortiq butlovchi qism va detallarni mahalliylashtirishga erishildi. Mahalliylashtirish darajasi baʼzi ishlab chiqarilgan modellar boʻyicha 35 foizga yetkazilgan va ushbu koʻrsatgich oshib bormoqda. Bu yoʻnalishda yangi turdagi avtomobillarni ishlab chiqarish ham yoʻlga quyilyapti. Korxona kelgusida 'SINOTRUK' kompaniyasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirib, uni yana ham yuqori bosqichlarga olib chiqish maqsadida, yangi loyihalar ustida ish olib borayapti. Xususan, 2024-yildan boshlab bu yerda elektrobuslar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

' Qoʻshma korxonamiz bilan Xitoyning mazkur kompaniyasi oʻrtasidagi hamkorlik samaralari oʻlaroq bugungi kunda 'SINOTRUK' brendi ostida eng oxirgi rusumdagi 10 dan ortiq zamonaviy modellar ishlab chiqarilyapti, ' deydi 'Uz Truck html5-dom-document-internal-entity1-amp-end Bus Motors' qoʻshma korxonasi bosh direktorning ishlab chiqarish va kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Sherzod Hasanov. ' Joriy yildan boshlab ekologik toza hamda xavfsiz boʻlgan elektrobuslar ishlab chiqarishni ham boshlaymiz. Ularning uzunligi 8,7 hamda 12 metrdan iborat boʻladi.

Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan korxona ishchilarining asosiy qismini yoshlar tashkil etadi. Ular oʻqish davomida amaliyotni aynan ushbu korxonada oʻtashib, taʼlim muassasasi bilan hamkorlik natijasida ishga qabul qilinishgan. Bu yerda ularga xitoylik mutaxassislar ish oʻrgatishdi, ayni vaqtda esa barcha yumushlarni oʻzlari mustaqil bajarishmoqda.

Korxona yiliga 3 ming dona yuk avtomobillari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Texnikalarning 90 foizi ichki, 10 foizi tashqi bozorga yetkazib beriladi. Mahsulotlar Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afgʻoniston va MDH davlatlariga eksport qilinadi.

Oʻzbekiston bugun dunyoga chiqib bormoqda. Xususan, Xitoy Xalq Respublikasi bilan oʻrnatilgan munosabatlar koʻlami oʻzaro ishonch asosida tobora rivojlanib boryapti. Soʻnggi yillarda xitoylik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda mamlakatimizda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirilayotgani mamlakatlarimiz oʻrtasida savdo, investitsiya va iqtisodiy munosabatlarni jadal rivojlanishiga omil boʻlmoqda. Bu esa Oʻzbekiston taraqqiyoti va xalqimiz turmush farovonligi uchun mustahkam asos boʻlib xizmat qilyapti.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
43
0
qalampir.uz

Dollar kursi ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 40,76 so‘mga oshdi va 12 625,04 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa 10,21 so‘mga ko‘tarilib, 13 686,81 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa 1,73 so‘mga oshib, 146,11 so‘mni tashkil etdi.

29 Jul 13:48
 
74
0
qalampir.uz

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi. Bu haqda oliygoh matbuot xizmati xabar berdi. Bildirilishicha, universitet hamda Diplomatik akademiyaning Kuzatuv kengashi 2024/2-qarori bilan 2024-2025 o‘quv yili bakalavriat va magistraturada shartnoma asosida o‘qitish to‘lov-shartnoma yangilangan miqdori tasdiqlangan. Yangilangan to‘lov-shartnoma miqdori quyidagicha belgilandi: 1-bosqich talabalari uchun stipendiyasiz – 29 million 428 ming so

26 Aug 12:29
 
26
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi

'Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida'gi prezident farmoni eʼlon qilindi.Mamlakat Qurolli kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi alohida xizmatlari, milliy manfaatlarni himoya qilish, qonun ustuvorligi va tinchlikni taʼminlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi sharafli burchini bajarish chogʻida mardl

29 Jul 15:42
 
60
0
qalampir.uz

"Chorsu" bozorida 825 mln so‘mlik tilla o‘g‘irlagan qiz qamaldi

“Chorsu” bozorida tilla buyumlarni o‘g‘irlagan qiz 8 yilga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 9 mart kuni soat 21:00 larda “Chorsu” buyum bozorida sodir bo‘lgan. Surxondaryolik 25 yoshli M.S. do‘konining yerto‘lasi kirish eshigi qulfini o‘zi bilan olib kelgan bolgarka yordamida kesib ochib, omborxonada bo‘lgan temir seyfning ichida saqlab