calendar 23 Jan 19:39
eye 91
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Yaponiya Bosh vaziri hukmron partiya fraksiyasini tark etdi

image

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida siyosiy mablag‘ bilan bog‘liq mojaro tufayli hukmron Liberal-demokratik partiya (LDP) fraksiyasini tarqatib yuborish qarorini rasman ma’qulladi. Bu haqda "Kyodo" agentligi xabar berdi.

Joriy yilning 19 yanvar kuni Kisida “Men buni tekshiryapman. Agar uning amalga oshirilishi aholining siyosatga ishonchini tiklasa, biz bu variantni ko‘rib chiqishimiz kerak”, degan edi.

Ma’lumot o‘rnida, mamlakatda urf bo‘lgan siyosatchilarning ziyofat uyushtirishi orqali yig‘iladigan mablag‘ yuzasidan janjal kelib chiqqan. Bunday tadbirlarga, asosan, ishbilarmonlar chipta sotib oladi. Har bir fraksiya an’anaviy tarzda bunday chiptalar soni bo‘yicha kvota o‘rnatadi hamda bir chipta 20 ming yen (taxminan 136 dollar) turadi. Kvotadan ortiq mablag‘ LDP qonun chiqaruvchilariga o‘tkazilishi lozim, ammo moliyaviy hisobotda aks ettirilmay, maxfiy fond sifatida ham ishlatilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning dekabr oyi boshlarida siyosiy xayriyalar bilan bog‘liq qonunlarning buzilishiga aloqador mojaro Bosh vazir Fumio Kisidaning Yaponiyaning hukmron Liberal-demokratik partiyasi (LDP) fraksiyasi rahbari lavozimidan iste’foga chiqishiga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. 

Shuningdek, mojarolar fonida Yaponiya Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi bo‘lgan Matsuno  va Iqtisodiyot va sanoat vaziri Yasutosi Nisimura lavozimini tark etgan, deputat Yositaka Ikeda hibsga olingan edi.

Hozirda Yaponiya prokuraturasi siyosiy ehsonlarni yig‘ishdagi qonunbuzarliklar bilan bog‘liq katta janjal fonida tergov olib bormoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jun 10:46
 
35
0
xs.uz

“Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi

Ushbu hafta Hindistonda 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadoboddan Londonga uchish uchun samoga koʻtarilgan, ammo 5 daqiqa oʻtib havo kemasi halokatga uchradi. Bortda 242 kishi bor edi.Dastlab dahshatli aviahalokatda qutqaruvchilar tiriklarni topishga umid qilishmagan. Shunga qaramasdan, 40 yoshli Vishvashkumar Ramesh bu fojiada tirik qolgan bortdagi yagona inson ekani maʼlum boʻldi.U akasi Ajaykumar Ramesh bilan uchayotgan edi. Ular bort oshxonasining qarama-qarshi tomonidagi favqulod

08 Jun 02:27
 
38
0
xs.uz

Tramp va Mask omma oldida janjallashdi

AQSH prezidenti Donald Tramp oʻzining sobiq doʻsti va ittifoqchisi, milliarder Ilon Maskni birinchi marta oshkora tanqid qildi. U tadbirkordan hafsalasi pir boʻlganini aytdi va Maskning 'Tesla' va 'SpaceX' kompaniyalariga davlat subsidiyalarini toʻlashni toʻxtatishni taklif qildi. Bunga javoban Mask uning yordamisiz respublikachi hech qachon prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozona olmasligini aytdi va Trampni voyaga yetmaganlarni zoʻrlashga aloqadorlikda aybladi. Sobiq doʻstlar oʻrtasi

04 Jun 02:45
 
136
0
xs.uz

Misrdan Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi

Misr hukumati tomonidan Oʻzbekistonga insonparvarlik yordami sifatida gepatit Chtml5-dom-document-internal-entity2-39-endga qarshi dori vositasining 2025-yildagi ilk partiyasi yetkazildi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, ushbu insonparvarlik loyihasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekistonda C gepatitini 100 foiz davolash boʻyicha tashabbusi ijrosi doirasida amalga oshirilgan.Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonasi va Misr Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbar

08 Jun 02:27
 
27
0
xs.uz

Tramp 12 davlat fuqarolarini AQSHga kirishini taqiqladi. Ular qaysi davlatlar?

AQSH prezidenti Donald Tramp 12 davlat fuqarolarini AQSHga kirishini toʻliq va yana yetti davlat, jumladan Turkmaniston fuqarolarini qisman taqiqladi.Respublikachi bunday taqiqni oʻzining birinchi prezidentlik muddati davrida ham kiritgan edi, ammo hozir roʻyxatga KXDR va Suriya kiritilmagan.Oq uy saytida chop etilgan press-relizga koʻra, Afgʻoniston, Myanma, Chad, Kongo Respublikasi, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Gaiti, Eron, Liviya, Somali, Sudan va Yaman fuqarolariga toʻliq taqiq qoʻyi