Oʻzbekistonlik oʻquvchilar Singapurda oʻtkazilgan xalqaro olimpiadada beshta medallarini qoʻlga kiritdi
'Dunyo' AA xabariga koʻra, 'Seamo X 2024' xalqaro olimpiadasida besh nafar vakilimiz Oʻzbekiston sovrindorlar qatoridan oʻrin egalladi.
Jumladan, Muhammad Olimboyev kumush, Asilbek Qahhorov, Mirodil Mirzavaliyev, Javohirbek Akramjonov, Jahongir Qilichev bronza medalini qoʻlga kiritdi.
'Seamo X 2024' ' bu Janubiy-Sharqiy Osiyo xalqaro matematika olimpiadasi boʻlib, unda dunyo boʻylab 1-11 sinf oʻquvchilari qatnashish huquqiga ega. Janubi-Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasiga Singapurning Terri Chev akademiyasi tomonidan asos solingan. Ushbu nufuzli xalqaro olimpiadada Avstraliya, AQSH, Singapur, Indoneziya, Yaponiya, Xitoy, Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlar oʻquvchilari faol ishtirok etib kelmoqda.
Mazkur xalqaro bilimlar bellashuvi milliy va xalqaro bosqichdan iborat. Milliy bosqich har yili oktyabr oyida oʻtkaziladi. Xalqaro bosqich esa milliy bosqichning natijalari eʼlon qilingandan soʻng har yili yanvar oyida tashkil etiladi.
Milliy bosqichda savollar ingliz, rus va oʻzbek tillarida, xalqaro bosqichda esa faqat ingliz tilida taqdim etiladi.
Prezident Paralimpiya chempionlari bilan telefon orqali muloqot qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Paralimpiya oʻyinlarida gʻalaba qozonib, terma jamoa hisobidagi oltin medallar sonini beshtaga yetkazgan yengil atletikachilar Elbek Sultonov, Yorqinbek Odilov va taekvondochi Asadbek Toshtemirov bilan telefon orqali suhbatlashdi.Davlat rahbari oʻzi va oʻzbek xalqi nomidan sportchilarni samimiy qutlab, bu zafarlar eng aziz, eng ulugʻ bayram ' Mustaqillik kuniga munosib sovgʻa boʻlganini taʼkidladi. Paralimpiyachilarning murosasiz bellashuvlarda koʻ
Fuqarolarni koʻpga “uxlatgan” “AIF” platformasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Bildirilishicha, bugun, 3-sentyabr kuni Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga bir guruh fuqarolar tomonidan qilingan murojaatga asosan, ijtimoiy tarmoqlardagi 'AIF' platformasining faoliyati oʻrganilgan. Oʻrganish jarayonida ushbu platforma ayni paytda oʻz faoliyatini nomaʼlum sababga koʻra toʻxtatganligi va murojaat qiluvchi shaxslarga juda koʻp miqdorda moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan.Shundan kelib chiqib, 3-sentyabr kuni mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati IIB huzuridagi T
Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga yetib bordi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog'istonga yetib bordi.Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Bugun O'zbekiston yetakchisi ikkinchi 'Markaziy Osiyo - Germaniya' sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.
Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekistondagi suv havzalarida tartib oʻrnatmoqchi
Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi qarori bilan mamlakatdagi suv havzalarida motorli (ichki yonuv dvigatelli) va elektromotorli suv transporti vositalaridan foydalanish tartibini yanada takomillashtirishiladi. Bu haqda 'Lex.uz' xabar berdi.Qayd etilishicha, 2025-yilning 1-mayidan boshlab tabiiy va sunʼiy suv havzalarida faqat tezlikni avtomatik pasaytirish uskunasi bilan jihozlangan (harakatlanish maksimal tezligi 40 kilometr/soatdan oshmaydigan motorli qayiqlar bundan mustasno), GPS uskunasi oʻr