calendar 23 Jan 17:58
eye 63
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Osiyo kubogi-2023: Bugun O‘zbekiston Avstraliyaga qarshi o‘ynaydi

image

Bugun, 23 yanvar kuni futbol bo‘yicha Osiyo kubogining 3-tur o‘yinlari davom ettiriladi. “B” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi guruh g‘olibligi uchun Avstraliyaga qarshi bahs olib boradi.

Oxirgi marta mazkur jamoalar 2019 yil BAAda o‘tkazilgan Osiyo kubogining pley-off bosqichida to‘qnash kelgandi. O‘shanda penaltilar seriyasida avstraliyaliklarning qo‘li baland kelgan. Bundan 13 yil avval aynan Qatar mezbonlik qilgan qit’a birinchiligida O‘zbekiston-Avstraliya o‘zaro kuch sinashgan va o‘shanda yashil qit’a vakillari O‘zbekiston terma jamoasini 6:0 hisobida mag‘lub etgan.

Umumiy hisobda jamoalar 4 marta to‘qnash kelgan, shulardan 3 tasida Avstraliyaning qo‘li baland kelgan, 1 ta bahsda esa durang qayd etilgan. To‘plar nisbati 9:0 Avstraliya foydasiga.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Avstraliya bahsi soat 16:30 da start oladi. Uchrashuvga “Al-Janub” stadioni mezbonlik qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 09:30
 
70
0
qalampir.uz

Mbappe Madridda mashina hayday olmaydi

Rasman “Real” futbolchisiga aylangan fransiyalik futbolchi Kilian Mbappe Madridda avtomobil haydash imkoniyatiga ega emas. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, 25 yoshda Mbappeda haydovchilik guvohnomasi yo‘q va futbolchining o‘zi ham avtomobil boshqarishga unchalik qiziqmaydi.  “Menda haydovchilik guvohnomasi kabi oddiy narsalar yo‘q. Qisqa vaqtda yaxshigina yutuqlarga erishdim, ixtiyorimda haydovchilar bor. Haydovchilik guvoh

11 Jul 15:12
 
40
0
xs.uz

Shaxmatda yangi “Magnus Karlsen” paydo boʻldi

Britaniyalik toʻqqiz yoshli Itan Pang shaxmatda aql bovar qilmaydigan marraga erishdi. U 2200 reyting toʻsigʻini bosib oʻtib, 'CM' unvonini qoʻlga kiritgan eng yosh oʻyinchiga aylandi. Bu haqda 'Chess.com' xabar berdi.'Westminster Under School' talabasi Itanning shaxmat olamidagi tez oʻsishi bor-yoʻgʻi uchta turnirda 334 reyting ochkosi toʻplaganligi bilan qoʻsha oldi. Itanning soʻnggi muvaffaqiyati iyun oyida EACU okrugi jamoasi chempionatida 3/4 ball toʻplash va 2493 reytingli IM

22 Jul 09:41
 
58
0
qalampir.uz

Avstraliya delegatsiyasi Olimpiada ochilishida hojatxonalar kam bo‘lishidan xavotirlanmoqda

Fransiyaning Parij shahrida 26 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimida sportchilarni tashish uchun foydalaniladigan qayiqlarda hojatxonaning yo‘qligi ehtimoli milliy terma jamoalarni tashvishga solmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. Parijda tarixda birinchi marta Olimpiadaning ochilish marosimi stadionda o‘tkazilmaydi. Maxsus qayiqlar Sena daryosi bo‘ylab Austerlits ko‘prigidan, keyin Notr-Dam sobori yonidan suzib o‘tadi va Eyfel m

15 Jul 12:02
 
89
0
qalampir.uz

Madrimov-Krouford jangining promo-roligi e’lon qilindi (video)

Joriy yilning 3 avgust kunida o‘zbekistonlik professional bokschi, Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA kamari sohibi Isroil Madrimov amerikalik mashhur charm qo‘lqop ustasi, P4P reytingi yetakchilaridan biri Terens Krouford bilan jang qiladi. Jang tashkilotchilari to‘qnashuvning promo-roligini e’lon qildi. Promo-rolikda Krouford va Madrimovning janggacha bo‘lgan davrgacha bosib o‘tgan og‘ir va mashaqqatli yo‘llari ifoda etilgan. Rolikda Madrimov va Krouford jang qilayotgan va